Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kundalik amaliy bilim.
Bilim shakllari - Inson o
‘zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida o‘zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma'naviy (ideal) usul; uning doirasida sub'ekt va ob'ektning bilishga doir munosabatlari ular o ‘rtasidagi ko‘p sonli munosabatlarning biridir. O‘z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o ‘zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o ‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir-biriga o‘xshamaydi va har bir biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bilish, ma'naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat paydo bo ‘lgan davrdan va jamiyat bilan birga muayyan rivojlanish bosqichlaridan o ‘tib kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang- barang va o ‘zaro bog‘langan ijtimoiy-madaniy shakllarda amalga oshiriladi. Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron- bir shaklga, hatto so ‘zning o‘z ma'nosidagi bilishni to‘liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog‘lash mumkin emas. Shu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha – ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o ‘z xulosalarini chiqara olmaydi. Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdek odamlarning o ‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to ‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi . Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo ‘lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, ma'lumotlar, qoidalar va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog ‘lom fikr, e'tiqodlar, belgi- alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an'analar, rivoyatlar, o ‘gitlar va hokazolarda ifodalangan ko ‘rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Kundalik bilim – bu har xil faoliyat shakllari – jumladan ishlab chiqarish faoliyati, estetik faoliyat, siyosiy faoliyat va hokazolarning ta'sirida shakllanadigan turmush bilan bog ‘liq tushunchalar majmui avlodlar to‘plagan jamoa kollektiv tajribasi mahsuli hisoblanadi. Shaxsiy darajada kundalik bilim muayyan shaxsning emotsional kechinmalari va o ‘z hayot tajribasini anglab yetishi bilan bog ‘liq. Inson dunyoni nafaqat ilmiy o‘rganish, balki o‘z hayoti, kundalik amaliyotida o‘zlashtirish jarayonida ham tushunib yetadi. Bunday o ‘zlashtirishning universalligini hozirgi zamon nemis faylasufi Gadamer «dunyoni sinash» deb nomlagan. Kundalik bilim zamirida odamlar faoliyatining rang-barang shakllari yotadi. Bu faoliyat turlari urf-odatlar, rasm- rusumlar, bayramlar, marosimlar, jamoa harakatlari (o ‘yin, raqs va h.k.), axloqiy qoidalar va taqiqlar bilan tartibga solinadi. Ular odamlarni jamoaviy ijtimoiy, madaniy tajribaga jalb etish vositalari bo ‘lib xizmat qiladi, odamlarning tabiatga va bir- biriga munosabatini tartibga soladi, yangi bilimlarning shakllanishiga xizmat qiladigan boshlang ‘ich bilim sifatida amal qiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling