Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

O
‘yin vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri hisoblanadi. O‘yin 
jarayonida shaxs qizg
‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta hajmini o‘zlashtiradi, madaniy boylik – ishga 
doir o
‘yinlar, sport o‘yinlari, aktyorlarning o‘yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O‘yin bolalarning 
qiziquvchanligini qondirish, ularning ma'naviy dunyosi va ma'lum bilimlari, o
‘zaro til topish ko‘nikmalari va shu kabilarni 
shakllantirishda muhim ijtimoiy rol o
‘ynaydi. 


Hozirgi zamonda o
‘yin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va boshqa fanlarda keng 
foydalanilmoqda. Bu yerda murakkab jarayonlar kechishining har xil variantlari, ilmiy va amaliy muammolarning 
yechimlari ko
‘rib chiqiladigan maxsus o‘yin modellari va o‘yin ssenariylari tobora ko‘proq qabul qilinmoqda. Hozirgi 
zamon falsafiy va ilmiy tafakkurining bir qancha nufuzli yo
‘nalishlari o‘yinni mustaqil o‘rganish sohasi sifatida ilgari 
surmoqdalar. Germenevtika (Gadamer), falsafiy antropologiya shunday fanlar jumlasidan. Masalan, Xaydegger o
‘yinni 
madaniyat shakllanishining umumiy tamoyili, har qanday davrda kishilik jamiyatining negizi deb hisoblaydi. Gadamer 
fikriga ko
‘ra, o‘yin – san'at asarlarining mavjudlik usuli, mazkur asarlarning mavjudligi esa, o‘z navbatida, haqiqatni 
aniqlashning muhim usulidir.
Mifologik bilim insoniyat tarixining dastlabki bosqichida muhim rol o
‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, u borliqning fantastik in'ikosi hisoblanadi.
Mifologiya doirasida tabiat, koinot va odamlar, ular 
mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So
‘nggi vaqtda 
(ayniqsa strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur 
– bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz o‘yini emas, balki ajdodlar 
tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o
‘ziga xos tarzda modellashtirish 
ekanligi aniqlandi. 
Mifologik tafakkurga uning emotsiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish ob'ekti va sub'ektini, predmet va belgini, 
narsa va so
‘zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) va mohiyatini aniq farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy hodisalarni, 
shuningdek butun dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va yaralishi haqidagi hikoyalarga bog
‘langan (germetizm).
Ayrim hozirgi tadqiqotchilarning fikricha, bizning davrimizda mifologik bilishning ahamiyati pasayayotgani yo
‘q. 
Masalan, P.Feyerabend dunyo yutuqlari madaniyatga asos solgani, ratsionalistlar esa faqat uni doim yaxshi tomonga 
o
‘zgartirishganiga ishonchi komil.
Mif 
– ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va tushuntirishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, «asos» va tamoyillarni farqlamaydi. Voqyealar o
‘xshashligi yoki ketma-
ketligini sabab va oqibat bog
‘lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqyealar, chunonchi: inson o‘limi va 
uning mangu barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat yutuqlari (masalan, olovning 
o
‘g‘irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning 
xulosalari keng va ko
‘p ma'noli tus kasb etadi. Ko‘p sonlilik tamoyilini, aks ettirish, muayyanlik va antromorflik (ya'ni inson 
xususiyatlarini tabiat ob'ektlariga o
‘tkazish), obraz va ob'ektni tenglashtirish kabilar mifologik bilishning o‘ziga xos 
xususiyatlaridir. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat, dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
Shaklan mif muayyan voqyeani tabiatda yoki muayyan xalqlar tarixida bo
‘lib o‘tgandek ifodalovchi rivoyatdir. 
Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga keltiradigan va boshqaradigan, ierarxik tuzilishga ega bo
‘lgan yagona va 
yaxlit kosmos haqidagi tasavvur shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega deb tasavvur qilingan. Bu 
tasavvurlar kosmosning o
‘zgarishlarida tabiat hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va olov stixiyalari 
podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan. 
Miflarda qat'iy rioya qilish lozim bo
‘lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. Garchi mifologiyaning amaliy 
tavsiyalari isbotlanmagan va qoida sifatida belgilangan bo
‘lsa-da, ular odamlarning juda ko‘p avlodlari tajribasini 
umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling