Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Ilmiy bilim. Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta'riflar ekanlar, uni muayyan 
tadqiqotlar sohasi bilan bog
‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma'naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga solish 
uchun zarur.
Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o
‘ziga xos 
xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang
‘ich holatdagi ob'ektning) tegishli mahsulotlarga (pirovard holatdagi 
ob'ektga) aylanish jarayonini oldindan ko
‘ra bilishni o‘z oldiga pirovard maqsad qilib qo‘yadi. Bu o‘zgarish har doim 
ob'ektlarning o
‘zgarish va rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi, faoliyat shu qonunlarga muvofiq bo‘lgan taqdirdagina 
muvaffaqiyatli bo
‘lishi mumkin. Shu sababli fanning asosiy vazifasi ob'ektlarning o‘zgarish va rivojlanish qonunlarini 
aniqlashdan iborat.
Tabiatning o
‘zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy fanlar va texnika fanlari bajaradi. Ijtimoiy 
ob'ektlarning o
‘zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar o‘rganadi. Hamonki faoliyat jarayonida har xil ob'ektlar – tabiat 
predmetlari, inson (va uning ongi holatlari), jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari sifatida amal qiluvchi belgilar 
ko
‘rinishidagi ob'ektlar va hokazolar o‘zgarishi mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari bo‘lishi 
mumkin.
Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo
‘lgan ob'ektlarni o‘rganish va ularni faoliyat va rivojlanishning 
ob'ektiv qonunlariga bo
‘ysunuvchi ob'ektlar sifatida tadqiq qilishga qarab mo‘ljal olishi ilmiy bilimning birinchi eng muhim 
xususiyati hisoblanadi.
Ilmiy bilim o
‘zining ayni shu xususiyati bilan inson bilish faliyatining boshqa shakllaridan ajralib turadi. Masalan, 
borliqni badiiy o
‘zlashtirish jarayonida inson faoliyatiga jalb qilingan ob'ektlar sub'ektiv omillardan ajratilmaydi, balki 
ularga o
‘ziga xos tarzda bog‘lanadi. Ob'ektiv dunyo predmetlarining san'atdagi har qanday in'ikosi ayni vaqtda insonning 
predmetga munosabatini aks ettiradi. Badiiy obraz 
– bu ob'ektning shunday bir in'ikosiki, unda inson shaxsi, uning 
qadriyatlarga munosabati aks etadi, bu xossalar aks ettirilayotgan borliq tavsifidan o
‘rin oladi. Bu mushtaraklikni istisno 
etish 
– badiiy obrazni buzish demakdir. Fanda esa, bilim yaratayotgan shaxs hayot faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari, 
uning mushohadalari yaratilayotgan bilim tarkibiga bevosita kirmaydi (Nyuton qonunlari Nyutonga nima yoqqani va 
yoqmaganligi haqida xulosa chiqarish imkonini bermaydi, vaholanki, masalan, Rembrandt mo
‘yqalamiga mansub 
portretlarda Rembrandt esse, uning dunyoqarashi va o
‘zi tasvirlayotgan ijtimoiy hodisalarga shaxsiy munosabati o‘z 
ifodasini topadi; buyuk musavvir tomonidan yaratilgan portret doim uning avtoportreti sifatida ham amal qiladi).
Ilmiy bilim borliqni moddiy va ob'ektiv o
‘rganishga qarab mo‘ljal oladi. Biroq bu olimning shaxsiy xususiyatlari, 
uning qadriyatlarini belgilashda, ilmiy ijodida rol o
‘ynamaydi va uning natijalariga ta'sir ko‘rsatmaydi, degan ma'noni 
anglatmaydi. Ilmiy bilim nafaqat o
‘rganilayotgan ob'ektning o‘ziga xos xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatga 
ega bo
‘lgan ko‘p sonli omillar bilan ham belgilanadi.
Ilmiy bilimning tarixiy rivojlanishi madaniyatning o
‘zgarishi ilmiy bilimni bayon etish andozalari, fanda borliqqa 
yondashish usullari va tafakkur uslublarining o
‘zgarishiga bog‘liq. Bu andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, 
uning har xil hodisalari ta'sirida shakllanadi. Bu ta'sirni ilmiy bilimning rivojlanish jarayoniga har xil ijtimoiy-madaniy 
omillarning qo
‘shilishi sifatida tavsiflash mumkin. Biroq har qanday bilish jarayonida ob'ektiv va sub'ektiv narsalar va 
hodisalarning aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma'naviy faoliyatining boshqa shakllariga bog
‘lab o‘rganish zarurligi 
fan bilan bu shakllar (kundalik bilish, badiiy tafakkur va sh.k.) o
‘rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi. Ilmiy 
bilimning ob'ektivligi va moddiyligi bunday farqning birinchi va eng muhim xususiyati hisoblanadi.
Fan inson faoliyatida faqat uning moddiy tuzilishini farqlaydi va hamma narsani shu tuzilish nuqtai nazaridan 
ko
‘rib chiqadi. Qadimgi afsonada podsho Midas nimaga qo‘l tekkizmasin, hammasi oltinga aylanganidek, fan ham nimaga 
murojaat etmasin, hamma narsa uning uchun ob'ektiv qonunlarga ko
‘ra yashaydigan, faoliyat ko‘rsatadigan va 
rivojlanadigan predmetdir.
Fan nafaqat hozirgi amaliyot jarayonida o
‘zgartiriladigan, balki kelajakda amalda ommaviy o‘zlashtirish 
predmetiga aylanishi mumkin bo
‘lgan ob'ektlarni o‘rganishga qarab mo‘ljal olishi ilmiy bilimning ikkinchi o‘ziga xos 
xususiyati hisoblanadi. Bu xususiyat ilmiy va odatdagi, stixiyali-empirik bilimni farqlash va fanning tabiatini tavsiflovchi 
ayrim tushunchalarni ta'riflash imkonini beradi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling