Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Falsafiy bilim. Falsafa san'at va din kabi, bilish vazifalarini yechish bilangina kifoyalanmaydi. Uning bosh 
vazifasi san'at va din bilan uyg
‘un holda– insonning dunyoda ma'naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iborat. Falsafiy 
bilish ayni shu maqsadga bo
‘ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning universal o‘zaro 
aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy tasavvurni shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga 
bog
‘lab o‘rganadi. Me'yorlar va ideallar, ilmiy bilimlar va san'at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot 
mazmunini anglash yo
‘lidagi izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy mushohada yuritish shaklini belgilaydi. 
Falsafa jamiyat ongi, jamiyat madaniyatining nazariy ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur tarzi, qadriyatlar, ideallar, 
falsafiy muammolar va ularni ko
‘rib chiqish xususiyatini belgilaydigan madaniyat bilan uzviy bog‘liqdir. Falsafa umuman 
dunyoga va madaniyat sub'ekti sifatidagi insonga murojaat etadi. Falsafiy bilim donishmandlik sifatida tavsiflanadi. 
Donishmandlik 
– dunyoni va insonning undagi o‘rnini yaxlit tushunish andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun muhim 
bo
‘lgan haqiqatlarning tagiga yetish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimdan foydalanadi. Kant falsafa inson aqlining boshqa 
bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi eng so
‘nggi maqsadlarini anglab yetishni tushunishga, bu bilimlarning inson uchun 
ahamiyatini aniqlashga yordam beradi deb hisoblagan. Falsafa inson faoliyatini yo
‘lga soluvchi tamoyillar, yondashuvlar, 
qadriyatlar va ideallar tizimini, uning dunyoga va o
‘z-o‘ziga munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak 
holdagi obrazini yaratib, falsafa muqarrar tarzda qadriyatlar dunyosiga murojaat etadi. Etika, estetika, aksiologiya 
– falsafiy 
bilimning qadriyatlar dunyosini o
‘rganuvchi maxsus sohalardir. Falsafa san'atda o‘zining yorqin va ishonarli ifodasini 
topishi bejiz emas. Ko
‘pgina faylasuflar uning metaforalarga boy obrazli tilidan o‘z g‘oyalarini ifodalash uchun foydalanadi.
Din kabi, falsafiy bilimning ham bosh maqsadi 
– insonni kundalik tashvishlar sohasidan olib chiqish, unda yuksak 
ideallarga qiziqish uyg
‘otish, uning hayotiga chin mazmun baxsh etish, eng zamonaviy qadriyatlar sari yo‘l ochishdir. Biroq 
din 
– ommaviy ong bo‘lsa, falsafa – nafaqat iste'dod, balki kasbiy bilim va ko‘nikmalarni ham talab qiluvchi elitar ongdir.
Falsafiy bilimda ikki asos 
– ilmiy-texnikaviy va nazariy-ma'naviy asoslarning uyg‘unlashishi uning ongning 
betakror shakli sifatidagi o
‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Bu falsafa tarixida – tarixan vaqtda bir-biri bilan tasodifiy emas, 
balki muqarrar tarzda bog
‘langan falsafiy ta'limotlarning g‘oyaviy mazmunini meros qilib olish, rivojlantirish jarayonida 
ayniqsa bo
‘rtib ko‘rinadi. Bu ta'limotlarning barchasi – yaxlit bir butunning qismlari, xolos. Oqilonalikning boshqa 
sohalarida (masalan, fanda)gi kabi, falsafada ham yangi bilim o
‘zining avvalgi darajasidan voz kechmaydi, balki uni 
o
‘zining ayrim ko‘rinishi sifatida o‘z tarkibida qoldiradi. Gegel tafakkur tarixida biz taraqqiyotni, mavhum (nomukammal, 
biryoqlama) bilimdan yanada aniqroq (mukammal, serqirra) bilim sari muttasil yuksalishini kuzatamiz, deb ta'kidlagan edi. 
Falsafiy ta'limotlarning ketma-ketligi ham g
‘oya mantiqiy ta'riflarining ketma-ketligi bilan asosan bir xil, ya'ni bilish tarixi 
anglab yetilayotgan predmetning ob'ektiv mantig
‘iga mos keladi.
Biroq falsafiy bilimning ma'naviy (qadriyatlar va mo
‘ljallar) qismi yuksalish qonuniga ham, hokimiyat va vaqtga 
ham bo
‘ysunmaydi. U tarixiga «yuksak», «tuban» mezonlari bilan yondashish mumkin bo‘lmagan san'atga yaqinroq. Nyuton 
ta'biri bilan aytganda, olimlar o
‘z o‘tmishdoshlarining «elkalari»da turadi: ular o‘z ijodi bilan bir umumiy ishni davom 
ettiradi, rivojlantiradi. San'atkorlar esa bu safga kirmaydi. Zero, ularning har biri 
– alohida dunyo, alohida olam (lekin bu 
davrlar va avlodlarning badiiy tajribasida vorisiylikni istisno etmaydi). Buyuk san'atkor o
‘z davrining buyuk ifodachisi 
bo
‘lib, ayni shu ma'noda uning ijodi odamlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Biroq falsafiy bilimning nazariy qismi, ya'ni uning ichki mantiqi ancha murakkabdir. Bu falsafiy g
‘oyaning 
serma'noliligi, u rivojlantirilishi, har xil, hatto qarama-qarshi yo
‘nalishlarda davom ettirilishi mumkinligi bilan izohlanadi. 
Masalan, Lokk (XVII asr ingliz faylasufi) falsafasidan uning izdoshlari (idealist Berkli va fransuz ma'rifatchi materialistlari 
Didro, Golbax) bir-birini mutlaqo istisno etuvchi xulosalar: Berkli 
– sub'ektiv-idealistik, fransuz mutafakkirlari – esa 
ma'rifatchilik bilan bog
‘liq xulosalar chiqarganlar. Kant, va Gegelning falsafiy g‘oyalari hozirgi zamon tafakkuriga asos 


soldi. Biroq har bir kantchi, gegelchining o
‘z Kanti, o‘z Gegeli bor, ularning har biri o‘z o‘tmishdoshlarini o‘zicha talqin 
qiladi. Boz ustiga, biron-bir yirik faylasuf o
‘z g‘oyalarini bitta yagona manbadan olmagan. Kant Leybnits va Yumga
Forobiy Aristotel va Platonga tayangan va hokazo. Bularning barchasi yangi falsafiy bilimning vujudga kelishiga asos 
bo
‘ladi. Shakllangan bu yangi falsafiy bilimda esa ijodiy tanqid muhim rol o‘ynaydi.
Har qanday bilim singari, falsafiy bilim ham haqiqat va ishtiboh birligidir. Biroq gnoseologiyada bu tushunchalar 
alohida mazmun kasb etadi. Bu mazmun ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-ma'naviy xususiyatga ega bo
‘lib, u muqarrar tarzda 
nafaqat bizning tafakkurimizni, balki unga bog
‘liq bo‘lgan, unga asoslangan bizning harakatlarimizni ham baholashni o‘z 
ichiga oladi. Biroq, insonning oliy maqsadlari 
– uning universal, jismoniy, aqliy va ma'naviy kuchlarini rivojlantirishga mos 
keladigan harakat (qilmish, qaror, niyat)gina haqiqiydir. Haqiqat, chin hayot kabi, insonning yuqorida zikr etilgan kuchlari 
va ijodiy qobiliyatini cheklamaydigan, toraytirmaydigan, balki ularni kengaytiradigan va rivojlantiradigan tamoyillar va 
qadriyatlarga rioya qilish demakdir. O
‘z navbatida, ishtiboh ham oddiy sub'ektiv mantiqiy xato, yanglishish yoki 
dushmanlarning kirdikorlari mahsuli emas, balki tarix yanglishuvining muqarrar natijasidir. Masalan, kommunistlarning 
barcha yo
‘llar bizning asrimizga, jamiyatni erkinlik, tenglik va birdamlikka yetaklaydi, degan umid va ishonchlarini xatoga 
yo
‘yish mumkin, chunki ularning birontasi ham o‘z tasdig‘ini topmadi. Biroq xatolar zamirida teran mazmun yotadi. 
Axloqiy imperativ (ideal, orzu) borliq emas, biroq u mazkur borliqning darakchisi. Jamiyatda axloqiy tushunchalar, 
qadriyatlarga munosabatning o
‘zgarishi insoniyat millionlab kishilar hayotida olamshumul o‘zgarishlar yuz berishi arafasida 
turganining eng aniq ko
‘rsatkichidir. Zotan, g‘oyalar yo‘q joydan paydo bo‘lmaydi, osmondan tushmaydi. Ilmiy bilim 
ma'nolar, maqsadlar, qadriyatlar va insonning qiziqishlariga befarq bo
‘lsa, falsafiy bilim insonning dunyodagi o‘rni va roli 
haqidagi bilimdir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling