Billing tizimini ishlash texnologiyasi va iqtisodiyotda qo’llash salmog’i
Download 18.61 Kb.
|
2 5330134210533397813
O’zbekistonda billing tizimi
Bugungi kunda mamlakatda iste’molchi va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar orasidagi munosabat “iste’molchi – alohida kommunal xizmat” prinsipiga asoslangan bo‘lib, uy-joy kommunal xizmatlarining mavjud billing tizimlarini integratsiyalashda quyidagi muammolar yuzaga keladi: - aksariyat billing tizimlari zamonaviy talablarga to‘liq javob bermaydi; - uy-joy kommunal xizmatlarining mavjud billing tizimlarida iste’molchilarning yagona identifikatorining yo‘qligi ma’lumotlarning nomutanosibligi yuzaga keltiradi va mavjud ma’lumotlar bazalarini birlashtirishda to‘sqinlik qiladi. (Misol uchun, «Hududiyelektrtarmoqlari» AJning billing tizimidagi Axmedov Bekzod «Hududgazta’minot» AJ bazasida Begzod Ahmedov sifatida qayd qilingan); - kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning billing tizimlari turli platformalar asosiga shakllantirilgan; - billing tizimlarida takroriy ma’lumotlar mavjud; - kommunal korxonalarning mavjud ma’lumotlar bazalari va tegishli vazirlik va idoralar tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvi to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan; - tahlil va prognozlash imkoniyati mavjud emas. Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini yaratish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh yagona tizimni tashkil qiluvchi asosiy vazifalarni shakllantirdi: - iste’molchilarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish; - iste’molchilarga kommunal xizmat ko‘rsatuvchilarning amaldagi tariflariga muvofiq hisobvaraqlardagi mablag‘larni nazorat qilish imkoniyatini yaratish- kommunal xizmatlarning iste’mol holatini tahlil qilish, tizimli va shaffof monitoringni yo‘lga qo‘yish; - davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; - O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab kommunal sohadagi barcha ishtirokchilarni yagona axborot makoniga birlashtirish; - iste’mol rejimini optimallashtirish uchun ko‘p ta’rifli buxgalteriya hisobini yuritish; - kommunal to‘lovlardan tashqari, soliq, jarima va boshqa turdagi to‘lovlar ijrosi bo‘yicha kredit ma’lumotlar tizimini yuritish orqali iste’molchilarning to‘lov qobiliyatini kompleks tahlil qilish. Loyihaning dastlabki 50 kunida ishchi guruh jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va binoning kadastr raqamini iste’molchi identifikatorlari sifatida belgilash bo‘yicha dastlabki texnik ishlarni yakunladi va ma’lumotlarni kiritish ishlarini boshladi. Keyingi 50 kun ichida ma’lumotlar kiritish tugallandi va kadastr ma’lumotlarining dolzarbligi tekshirildi. Umuman olganda, quyidagi ishlar amalga oshirildi: - Kommunal xizmatlarning ma’lumotlar bazasidagi 20 milliondan ortiq iste’molchilarning ma’lumotlari qayta ishlandi; - Barcha kommunal xizmatlarning hisob-kitob tizimlarida ma’lumotlarni tozalash ishlari olib borildi. Shuningdek, JShShIR yagona identifikator sifatida 5 milliondan ortiq iste’molchilarning shaxsiy hisob raqamlariga bog‘landi. - Foydalanuvchilarning kadastr ma’lumotlarini kommunal xizmatlarning talablariga binoan taqdim etish amaliyoti joriy qilindi. Kadastr raqamlarining abonentlarning shaxsiy hisob raqamlariga ulash kommunal xizmatlarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, doimiy ravishda amalga oshirilishi kelishildi. - Billing tizimlari boshqaruvchilari ma’lumotlarni muntazam ravishda tozalash, shuningdek ma’lumotlar bazalarini yangilash va iste’molchilar ma’lumotlarini yagona identifikatorga yetkazish zarurligi to‘g‘risida xabardor qilindi. Shuni ta’kidlash kerakki, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini JShShIR va kadastr raqamlari bilan bog‘lash mavjud ma’lumotlarni yo‘qotmasdan, yagona billing tizimiga o‘tishga yordam beradi. Kommunal to‘lovlarning yagona billing tizimini joriy etish kommunal xizmatlar iste’molchilariga shaxsiy hisob-kitoblar holati bo‘yicha ishonchli ma’lumot olish, shuningdek, JShShIRni Payme, Apelsin, Click kabi to‘lov tizimlariga kiritish orqali ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Bu har bir kommunal korxonaga qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etish zaruriyatini bartaraf etadi va kommunal to‘lovlarni to‘lash vaqtini qisqartiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.03.2021 yildagi farmoniga muvofiq barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda JShShIRning fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator sifatida belgilanishi bu yo‘nalishdagi harakatlarning dolzarbligini yanada oshiradi. Suv ta’minotida yangi billing tizimi joriy etiladi Prezidentning 2020 yil 10 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan ham raqamlashtirish, suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasiga zamonaviy innovasion tizimlarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda jamiyati “O‘zsuvta’minot” axborot xizmati ma’lum qildi. Mazkur strategiya doirasida 2020 yil transport, qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi va boshqa sohalarni raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ustuvor loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini raqamlashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi. Barchamizga ma’lumki, suv ta’minoti tizimini raqamlashtirish katta e’tibor talab qiladi. Bu borada innovatsion yondashuv ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois “O‘zsuvta’minot” AJ tizimini yangilash va yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlari allaqachon boshlab yuborildi. Jumladan, “O‘zsuvta’minot” AJ va “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda sohaga yangi “billing” tizimini tatbiq etish rejalashtirildi. Billing tizimini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad: suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida yagona axborot hisobi tizimini yaratish, iste’molchilarning shaffof va maqsadli hisobini ta’minlash, debitorlik va hisob fakturalarini hisobga olishni maqsad qilib qo‘yish, qarzdorlik shakllanishining oldini olishdir. Bundan tashqari: - suv iste’moli hisob-kitoblarining shaffofligini ta’minlash; - aholi va suv ta’minoti inspektorlari uchun mobil ilova (shaxsiy kabinet, ichimlik suvi uchun to‘lov, murojaatlarni tizim orqali yuborish); - hisobotlarni kerakli ko‘rinishda olish imkoniyati; - shaxsiy kabinetga kirish bo‘yicha muammolarni bartaraf etish; - abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va boshqaruv xarajatlarini kamaytirish. Yangi “billing” tizimi doirasida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha funksiyalar ishlab chiqildi. Yangi billing tizimining nima afzalliklari bor? Misol uchun, aholi, yuridik shaxs va inspektorlar uchun mobil ilova ishlab chiqildi. Ushbu ilova orqali abonentlar o‘zlarining joriy balansini bilib turishlari va ichimlik suvi hamda kanalizasiya xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron shaklda amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, my.gov.uz dasturlari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni maqbullashtirish imkoniyati ham mavjud. Yangi billing tizimining texnik topshiriqlarini ishlab chiqish jarayonida rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda, “O‘zsuvta’minot” AJning uzsuv_chat rasmiy guruhida suv ta’minotidagi muammolarni aniqlash va hal qilish borasida aholi fikri ham o‘rganilib, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazildi. Eslatib o‘tamiz, Respublika bo‘yicha yangi billing tizimining to‘liq ishga tushirilishi 2021 yil 1 sentyabrdan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridayoq O‘zbekiston Respublkasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Biz yaqin yillar davomida aloqa va telekommunikatsiya rivoji bo‘yicha jahon standartlari darajasiga ko‘tarilishimiz lozim. Rivojlangan kommunikatsiya tizimi bo‘lmasa, O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmaydi. Biz buni aniq his qilishimiz lozim”, — deya ta’kidlagan edi. Shunga ko‘ra, mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni jahon standartlari darajasiga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlandi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi (AK) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga muvofiq «O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va uning vazifalari belgilab berildi. Shuningdek, mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur me’yoriy hujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda «O‘zbektelekom» AK filiallari uchun korporativ dasturiy ta’minot (ya’ni «TBilling» tizimi) ishlab chiqildi. «O‘zbektelekom» AK «Billing Telekom» filialida faoliyat ko‘rsatayotgan «TBilling» — telefoniya xizmatlari yagona billing tizimining asosiy maqsadi zamonaviy ishonchli va xavfsiz ma’lumotlar axborot bazasini yaratish, axborot resurslari va xizmatlari bozorini rivojlantirish, kompaniya bo‘linmalarida axborot almashishning elektron shakliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash, xizmat ko‘rsatishning yagona korporativ tizimini yuritish, aholiga ko‘rsatilayotgan telefoniya xizmatlari uchun to‘lovlarni real vaqtlarda ko‘rish, abonentlarga to‘lov uchun hisob-varaqalarini chiqarishdan iborat. Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi: 1) Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalar. 2) Axborot xizmatlari. 3) Moliyaviy xizmat ko‘rsatish. Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalarga — xizmatlarni aniqlash — qo‘ng‘iroqlar haqida batafsil ma’lumot olish, kommutatsion uskuna orqali olingan trafikdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ishlov berish, iste’molni baholash — iste’mol haqidagi hisob-kitob xususiyatlarini aniqlash, abonentlar uchun to‘lovlarni shakllantirish, tuzatishlar, to‘lov varaqalarini taqdim etish, yetkazib berish yoki abonentlarni to‘lov varaqalari bilan tanishtirishni ta’minlash, abonentlarning shaxsiy hisob-raqamlarini boshqarish kabi vazifalar kiradi. Axborot xizmatlari esa — abonentlar haqidagi operativ ma’lumotlarni qo‘llab- quvvatlash, shaxsiy hisob-kitob haqidagi ma’lumotlarni abonentlarga taqdim etish, abonentlarga xabar berish, abonentlar holati va xizmatlarini boshqarishdan iboratdir. Moliyaviy xizmat ko‘rsatish — bu to‘lovlarni qayta ishlash, abonentlarning debitorlik qarzlarini undirish va jarayonlarni boshqarishdan iborat. «TBilling» telefoniya yagona billing tizimining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: «O‘zbektelekom» AK filiallari va korxonalari abonentlarining yagona ma’lumotlar bazasini yuritish; Yagona me’yoriy-ma’lumotlar bazasini yuritish; Kommutatsiya qurilmalari orqali ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, ya’ni mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi bo‘yicha abonentlarning talablariga binoan so‘ralgan hisob- kitob davri uchun to‘lov varaqalarini shakllantirish va ularni abonentlarga taqdim etish; Markazlashtirilgan holda abonentlarga barcha xizmatlar (abonent to‘lovi, davriy to‘lov, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, axborot- ma’lumotnomalarini va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish) bo‘yicha to‘lov hujjatlarini shakllantirish va taqdim etish; Barcha hisob va to‘lovlar bo‘yicha abonentlarga ma’lumot berish; Tahliliy, statistik va moliyaviy hisobotlarni tezkor shakllantirish hamda filial va korxonalarga yetkazish; Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish, ma’lumotlar bazasini himoyalashning yuqori darajali uslublaridan foydalanish; «O‘zbektelekom» AK tarmog‘iga kirish imkoniyati bo‘lgan respublikamizning istalgan hududidagi telekomunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish. Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling