Billing tizimini ishlash texnologiyasi va iqtisodiyotda qo’llash salmog’i
Billing tizimi bo’yicha prezidentimizning qarori
Download 18.61 Kb.
|
2 5330134210533397813
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Billing tizimi bo’yicha prezidentimizning qarori
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yana-da oshirish maqsadida: Quyidagilar raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yana-da rivojlantirishning qoʻshimcha vazifalari etib belgilansin: 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga koʻpaytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy- xoʻjalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish; 2020-2021 yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni koʻzda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini taʼminlash; 2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat maʼlumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish; dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish; taʼlim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, taʼlim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga oʻqitish markazlarini ochish. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik): raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi; raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari hamda normativ- huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan oʻtkazadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyasini joriy etish boʻyicha vakolatlar saqlab qolinsin. Vazirlik huzurida quyidagilar: a) “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: elektron hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni taʼminlash; davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish; davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish; elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish; b) “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining taʼsirini baholash; ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yoʻnalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻrganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish. Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida: agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga masʼul boʻlgan vazir oʻrinbosari lavozimi kiritilsin; Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinsin. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vazir oʻrinbosari lavozimini kiritish va boshqarmalarni tashkil qilish Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari tomonidan ommaviy moliyalashtirish (kraudfanding) va opsion- shartnomalarni tuzish tartibini belgilash boʻyicha taklif kiritsin. “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi Yagona integrator bilan birgalikda 2020-yil 1-oktyabrga qadar aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan, xabardor qilish xarakteridagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan Elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimini ishlab chiqsin. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida mahalliy tadbirkorlik subyektlariga yana-da qulayliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga egalik qilish, uni yuritish va boshqarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin. Agentlik bir oy muddatda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimining unga tegishli barcha mol-mulk va asbob-uskunalari bilan birgalikda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga belgilangan tartibda topshirilishini taʼminlasin. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni faqat pochta aloqa obyektlari tarmogʻi orqali yetkazib berish tartibini belgilasin. Vazirlik 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta aloqasi obyektlari tarmogʻi orqali yoʻllanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, maʼlumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimini joriy etsin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–3549-son qarori 4-bandi, shuningdek, qarorga 2-4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. Vazirlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV Xulosa Dunyoda billing tizimiga bo’lgan ehtiyoj katta xususan bizning mamlakatimizda ham bu tizimning o’rni shubxasiz beqiyosdir. Nimaga deganda billing tizimi to’lov bilan bog’liq jarayonlarning muvafaqqiyatli o’tkazilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari bu tizim kommunal xizmatlarning hisobini yuritadi.Qolaversa, billing tizimi hisob-kitob markazlari bilan o’zaro hisob-kitoblarni ta’minlaydi.Hozirda bu tizim mamlakatimizda ishlamoqda. Foydalanilgan adabiyotlar «TBilling» – telefoniya xizmatlari yagona billing tizimidan foydalanishning axborot modeli; Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimi; O‘zbekiston uchun yagona billing; Download 18.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling