Bilm-60 Tursunova E’zoza reja: Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha


Download 0.99 Mb.
Sana11.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
#104894
Bog'liq
tursunova ezoza pkb

  • BILM-60 Tursunova E’zoza

REJA:

  • Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha.
  • Pul nazariyalarining kelib chiqishi, turlari va namoyondalari. Pulning metallik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi va uning manbalari.Pulning miqdoriy nazariyasi, monetarizm.
  • Pulga keynsian, nokeynsian va boshqa qarashlar. Pul nazariyasining yangicha talqin qilinishi.

Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha.

  • Pul nazariyalari pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo‘lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pultovar munosabatlari xo‘jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi.
  • Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosabat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo‘lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.

Pulning metallik nazariyasi.

  • Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
  • Pulning metallilik nazariyasi merkantalizm g`oyalariga asoslanadi.
  • Merkantalizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.

Pulning metallik nazariyasi.

    • Merkantalistlar 2 yirik guruhga bo`linadi:
  • 1. Ilk merkantalistlar. 2. So`nggi merkantalistlar.
  • Ilk merkantalistlar - aktiv pul balansi degan g`oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi.
  • Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi tushiniladi.

Pulning metallik nazariyasi.

  • T.Men birinchi bo`lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:
    • Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda tovarlarni import qilish mumkin.
    • Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.

Pulning metallik nazariyasi.

  • Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko`paytiradi. Tomas Men birinchi bo`lib umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan.
  • So’nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
  • Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko`rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega.

Ilk metallik nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:

Pulning metallik nazariyasi.

  • I-Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar.
  • 1. Oltin tanga standarti
  • 2. Oltin quyma standarti
  • 3. Oltin deviz standarti

Pulning metallik nazariyasi.

  • 1929-1933 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi, xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.

Pulning nominallik nazariyasi

  • Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo`lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ‘’Pulning davlat nazariyasi’’ nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning Tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgn nominali bilan belgilanadi.

Pulning nominallik nazariyasi

  • Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quidagi xulosaga keldi.
    • Pulni davlat yaratadi;
    • Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir;
    • Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;
    • Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;

Pulning nominallik nazariyasi

  • Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori u aytadiki qog`oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g`alabasidir.
  • Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo`ladi.
  • 1. Pul barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
  • 2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)
  • 3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o`lchovi.

Pulning nominallik nazariyasi

  • Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy valyutaning oltin asosiga aytiladi.
  • Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog`oz pullar muomalasini afzal ekanligini e`tirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi.

Pulning nominallik nazariyasi

  • Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo‘yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar edi.
  • Nominalistlar pulning qiymat o‘lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yubordilar. J. Styuart pulni teng bo‘lgan bo‘laklardan iborat masshtab sifatida aniqladi. Shu bilan birga, agar buning asosida masofa mavjud bo‘lsa, geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin. Agar u qandaydir og‘irlikka ega bo‘lsa, mahsulot og‘irligini o‘lchash mumkin. Shu kabi pul ham qiymat o‘lchovi funktsiyasini bajarishi uchun tovar bilan qandaydir jinsdoshlikka ega bo‘lishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.

Pulning miqdoriylik nazariyasi

  • Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o`zgarishiga sabab bo`luvchi asosiy omildir.
  • XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko`plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo`ldi. Shu bog`liqlikni birinchi bo`lib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi.

Pulning miqdoriylik nazariyasi

  • Miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o`lchov funksiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo`lmaydilar deganlaridadir.
  • Marksning fikriga ko`ra muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo`ladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog`liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi.

Pulning miqdoriylik nazariyasi

  • Miqdoriy nazariyani matematik yo‘l bilan isbotlamoqchi bo‘lgan I. Fisher pulning «sotib olish quvvatiga» ta’sir etuvchi olti omilni ko‘rsatdi:
  • M–muomaladagi naqd pul massasi;
  • V–pulning aylanish tezligi;
  • R–o‘rta (tortilgan) baho;
  • Q–tovarlar miqdori;
  • MI–bank depozitlari yig‘indisi;
  • VI–depozitchek muomalasi tezligi.
  • Tovarlar uchun to‘langan pul yig‘indisi, tovarlar yig‘indisining tovarlar bahosiga ko‘paytmasiga teng:
  • MV = RQ
  • Bu tenglamani Fisher «almashinuv tenglamasi» deb atadi. Yuqoridagi formula asosida muomaladagi pul massasini topish mumkin.
  • RQ
  • M= _____
  • V

Pulning miqdoriylik nazariyasi

  • Monetaristlar iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib, pul massasini yiliga o‘rtacha 3% oshirishni tavsiya etishadi.
  • Ammo monetaristlar keyingi paytlarda iqtisodiyotda yuz bergan o‘zgarishlarni inobatga olib, pul massasini doimiy ravishda va bir me’yorda olib borishni ma’qul deb bildilar. Bu me’yor shundayki, pul miqdorining o‘sishi mehnat unumdorligining o‘sishi sur’atiga nisbatan 12% yuqori bo‘lishi kerak. Buning bir me’yorda o‘sib borishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va davriy tebranishlarni cheklashga imkon beradi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling