Bimetalizm va uning turlari Reja


Download 1.08 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1065041
Bog'liq
Sultanov N.Pul va banklar. Bimetalizm va uning turlari

Bimetalizm va uning turlari Reja: 1.Kirish 2.Bimetalizm haqida tushuncha 3.Bimetalizm shakllari 4.Bimetalizm kamchiliklari 5.Monomentalizm va uning ko’rinishlari 6.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq,ya’ni pul: umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan

Bimetalizm. Bimetallizm — qiymat oʻlchovi (qonunlashtirilgan umumiy ekvivalent) vazifasini 2 nodir metall — oltin va kumush bajaradigan pul tizimi hamda shu ikki metalldan zarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi.19-asrlarda Gʻarbiy Yevropada keng tarqalgan edi. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklaridagi pul tizimi bimetalizmdan ham murakkabroq boʻlib, muomalada 2 emas, balki 3 metall: oltin ("tilla"), kumush ("tanga") va mis ("pul") yurgan. Ularning qiymatlari oʻrtasidagi nisbat iktisodiy va siyosiy sabablar tufayli doimo oʻzgarib turgan. Bu esa tovar-pul munosabatlarini juda qiyinlashtirgan.


Bimetalizmning
Oltin
Ikki

Bimetalizmning kamchiligi

  • Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Evropaning qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan. Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.

Monomentalizm


Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiyekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 1847- 1875yy.da mavjud bo’lgan. Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda.
Qiymat
Qiymat
Oltin
Oltin

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited. 2015. 695 pages.
  • AbdullayevaSh.Z. vab. “Pulvabanklar” Darslik. T.: - “IQTISOD-MOLIYA”, 2019y. – 628b.
  • Деньги, кредит, банки. Экспресс-курс : учеб. пособие / под ред. О. И. Лаврушина. – 3-е изд., перераб. и доп. – М. : КНОРУС, 2016.- 544 с.
  • Деньги, кредит, банки : учеб. / под ред. Г. Н. Белоглазовой. – М.: Высшее образование, 2018.- 245с.
  • Кузнецова, Е.И. Деньги, кредит, банки: Учебное пособие / Е.И. Кузнецова. - М.: ЮНИТИ, 2019. - 567 c.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling