Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo’lim
Download 61.92 Kb.
|
Pulning nominallik nazariyalari 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pulning nominallik nazariyalari Reja: Kirish Pulning nazariyalari
- Pulning nazariyalari
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM “IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) “MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASh” FANIDAN MUSTAQIL ISHI Mavzu:Pulning nominallik nazariyasi Bajardi: _____ guruh talabasi ___________________ Qabul qildi: ___._________________ Farg’ona - 2023 Pulning nominallik nazariyalari Reja: Kirish Pulning nazariyalari Pulning nominalistik nazariyasi Pulning miqdoriy nazariyasi va uning evolyutsiyasi Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar Pulning nazariyalari Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar ta’limo-tida yuzaga kelgan bo’lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga tarkibini buzish (tanganing og’irlik miqdorini kamaytirish)ni ko’r-ko’rona madh etuvchilar bo’lganlar. Emirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki nominali muhimdir deb da’vo qilib chiqdilar. Nominalizm XVII-XVIII asrlarda pul muomalasi to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar bilan to’lgan davrda shakllandi. Xuddi shu to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalar (qog’oz pullar emas) ilk nomi-nalizm asosida yotar edi. Xuddi metallizm nazariyasi singari ilk burjua nominalizm vakillari ham Angliyadan chiqdi. Bular episkop, faylasuf-idealist J.Berkli (1683-1753y.) va iqtisodchi J.Styuart (1712-1780 y.) lardir. Nominalistlar quyidagicha xulosaga keldilar: pulni davlat bunyodga keltiradi; pulning qiymati uning ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Yangi paydo bo’lgan bu nazariya nominalizm deb atala boshlandi. Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo’yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar edi. J. Berkli, pul aslini olganda marka, uning qanday materialdan yasalganligining va nimani aks ettirishining qanaqa ahamiyati bor, degan g’oyani oldinga surdi. U mehnat qiymat nazariyasini va pulning tovarlik tabiatini rad etdi. Pulning umumiy qiymat ekvivalenti sifatida ob’ektiv ravishda paydo bo’lish mohiyatini tushunmay, nominalistlar uning qiymati davlatning sub’ektiv xohishi va irodasiga bog’liqligini ilgari surdilar. Nominalistlar pulning qiymat o’lchovini va baholar massh-tabini aralashtirib yubordilar. J. Styuart pulni teng bo’lgan bo’lak-lardan iborat masshtab sifatida aniqladi. Shu bilan birga, agar buning asosida masofa mavjud bo’lsa, geografik masshtabni tushu-nish va ishlatish mumkin. Agar u qandaydir og’irlikka ega bo’lsa, mahsulot og’irligini o’lchash mumkin. Shu kabi pul ham qiymat o’lchovi funktsiyasini bajarishi uchun tovar bilan qandaydir jins-doshlikka ega bo’lishi kerakligini qayd qilib o’tdi. Nominalizmning keyingi rivojlanishi (asosan Germaniyada) XIX asrning oxiri va XX asrning boshiga to’g’ri keladi. Bu davr nominalistlarning asosiy namoyandalaridan biri G.Knap (1842-1926 y.) edi. G.Knap o’zining «Davlat pul nazariyasi» (1905) asarida aytishicha, pulning davlat tomonidan belgilanadigan sotib olish qobiliyati mavjud. Shu sababli ham, pul davlat tomonidan yarati-ladi. Bu nazariyani esa davlat pul nazariyasi deb ataydi. Knap va uning izdoshlari oldingi nominalistlardan farqli o’laroq o’z nazariyalarini to’la qimmatga ega bo’lmagan tangalarga emas, balki qog’oz pullarga asoslagan edilar. Knapp pul massasini tahlil qilishda davlat xazina biletlari va almashinadigan tangalarnigina e’tiborga oldi. Kredit pullari (veksel, chek, banknota)ni alohida tushuncha deb qarab, ularni o’z tadqiqotlaridan doirasidan chiqarib tashlaydi. Bu ularning katta xatosi edi. Nominalistlarning asosiy kamchiligi shundaki, ular pulning mohiyatini uning huquqiy asosidan izladilar. XX asr boshigacha pullarning iqtisodiy nazariyasida quyidagicha ikki masala: 1) pullarning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi va 2) pullarning qiymati va xarid qilish kuchi haqidagi masalalar markaziy o’rin egallab kelgan. Birinchi masala bo’yicha siyosiy iqtisodda ikkita yo’nalish – pullarning metallistik va nominalistik nazariyalari amal qilgan. Download 61.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling