Farg'ona davlat universiteti sirtqi bo’lim
Download 61.92 Kb.
|
Pulning nominallik nazariyalari 23
MD G’ P q f (Q,r).
Lekin MD keyingi tadkikotlarda MDt va MDaga bo’linadi. Shuning uchun: Pulga umumiy talab egri chizigini aks ettirish uchun Q ning kandaydir darajasini belgilab, MD va r boglikligini ko’rsatish mumkin, va aksincha r darajasini belgilab, MD(Q) bogliklikni chizish mumkin. Q - tovar bozori kategoriyasi, r esa - fakat pul bozori kategoriyasi. Shuning uchun MD(r) egri chizik chiziladi. Uning grafigi 1. rasmda keltirilgan. Grafik Qq1700 mlrd.so’m, MDt q 500 mlrd.so’m, deb kabul kilinib chizilgan. Pulga minimal talab MDt ga teng va u r ning eng yukori stavkalarida, MDa q 0 bo’lganda, sodir bo’ladi. Lekin o’rtacha r da MDa mikdori sezilarli, masalan, grafik bo’yicha: r q 8%, MDa q 100 mlrd.so’m. Agar, Q ning mikdori o’zgarsa, butun egri chizik siljiydi: ya’ni, oshsa egri chizik o’ngga, kamaysa chapga xarakat kiladi. Xar bir Q va r ga ma’lum MD mikdori mos. Shuning uchun, ma’lum sharoitlarda MS MD dan fark kilishi mumkin, xulosa chikarishimiz mumkin. Xulosalar 1. Pulning iqtisodiyotda o’z vazifalarini bajarish jarayonida to’xtovsiz harakatda bo’lishi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida qo’ldan qo’lga o’tib, aylanib turishi pul muomalasi deyiladi. 2. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: milliy pul birligi; naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. 3. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Bularning hammasi birgalikda pul agregati deb yuritiladi. 4. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi, pul birligining aylanish tezligi va kreditning rivojlanishi kabi omillarga bog’liq bo’ladi. 5. Makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri inflyatsiya hisoblanib, u pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida qog’oz pul birliklarining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda turli tovar narxlarining o’sishida ifodalanadi. 6. Kelib chiqish sabablariga ko’ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasi farqlanadi. Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotdagi barcha mavjud resurslar to’liq foydalanilgan sharoitda ishlab chiqarish sohasi ortiqcha talabni qondira olmasligi natijasida kelib chiqadi. Taklif inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishi natijasida kelib chiqadi. Shuningdek, o’sish sur’atiga ko’ra inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya; bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya kabi turlari farqlanadi. Download 61.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling