Binar munosabatlar
Download 390 Kb.
|
MUNOSABAT TUSHUNCHASI(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
BINAR MUNOSABATLAR. EKVIVALENTLIK MUNOSABATLAR. TARTIBLANGAN TO`PLAMLAR. Reja: Munosabat tushunchasi. Graflar. Munosabatlarning berilish usullari. Munosabatlarning xossalari. Ekvivalentlik munosabati. To’plamlarni juft-jufti bilan sinflarga ajratish. Tartib munosabati. Binar munosabatlar va funksiyalar, tartib munosabat turlari Ekvivalеntlik munosabati va unga misollar. Tayanch iboralar: binar munosabat, Dekart ko‘paytmaning qism to‘plami, graf, sirtmoq, tartiblangan juftliklar, refleksivlik, simmetriklik, antisimmetrik, tranzitivlik. 1. Binar munosabat tushunchasi. Graflar. Ma’lumki, to‘plam tushunchasi matematika fanining asosiy tusunchalaridan biri bo‘lib, bu fan taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Natural sonlar to‘plamini o‘rganish boshlang‘ich sinflardanoq boshlanadi. Bu ish sonlar orasidagi turli-tuman o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganish bilan amalga oshiriladi. Masalan, 10 soni 7 sonidan katta (ortiq), 8 soni 5 sonidan 3 ta ko‘p, 6 soni 5 sonidan keyin keladi. Natural sonlar to‘plami elementlari orasida yana ko‘plab munosabatlarni o‘rganish mumkin. To‘g‘ri chiziqlar to‘plamida “parallel bo‘lishlik”, “perpendikulyar bo‘lishlik”, “o‘zaro kesishish” va h.k. Endi ixtiyoriy X to‘plam elementlari orasidagi munosabat tushunchasini keltiramiz. Ta’rif. X to‘plam elementlari orasidagi munosabat yoki X to‘plamda munosabat deb, Dekart ko‘paytmasining har qanday qism to‘plamiga aytiladi. Munosabat. R, S, Q va hokazo harflar bilan belgilanadi. Misol. X={3,4,5,6,8} sonlar to‘plamini qaraylik. Bu to‘plamda quyidagi munosabatlar mavjud: 1. R: “x son y sondan katta”, ya’ni 8>6, 8>5, 8>4, 8>3, 6>5, 6>4, 6>3, 5>4, 5>3, 4>3. Bu munosabat quyidagi juftliklar to‘plami bilan aniqlanadi: {(8,6), (8,7), (8,6), (8,5), (8,4), (8,3), (6,5), (6,4), (6,3), (5,4), (5,3), (4,3)}. Ko‘rinib turibdiki, bu juftliklar Dekart ko‘paytmasining qism to‘plami bo‘ladi. Buni to‘plam ma’nosida deb yozish mumkin. Endi X to‘plamda S: “Ikki marta kichik” munosabatni qaraymiz. Bu munosabat quyidagi juftliklar to‘plamidan iborat bo‘ladi: {(3,6), (4,8)}. Bu yerda ham bo‘ladi. X to‘plamda Q: “1 ta ko‘p” munosabatni ham qarash mumkin. Bu munosabat quyidagi juftliklar to‘plamidan iborat bo‘ladi: {(4,5), (3,4), (6,5)}. Ravshanki, Yuqorida qaralgan R, S, Q munosabatlarning har biri ham Dekart ko‘paytmaning qism to‘plamlaridan iborat. X to‘plamdagi munosabatni ko‘rgazmali tasvirlash uchun nuqtalar strelkalar yordamida tutashtiriladi va chizma hosil qilinadi. Bunday chizma graf deb ataladi. Masalan, X={3,4,5,6,8} to‘plamda qaralgan R, S va Q munosabatlarning graflarini 1-, 2-, 3-chizmada tasvirlaymiz. 1-chizma 2-chizma 3-chizma X={2,4,6,8,12} to‘plamda P: “x soni y sonining bo‘luvchisi” degan munosabatni qaraymiz va grafini chizamiz. X to‘plam elementlarini nuqtalar bilan tasvirlab, x dan y ga strelkalar chiqaramiz. Masalan, 2 dan 4 ga strelka chiqaramiz, chunki 2 soni 4 ning bo‘luvchisi. Lekin har bir son o‘zi o‘zining bo‘luvchisi. Shuning uchun har bir x nuqtadan chiqqan strelka yana o‘ziga qaytadi. Grafda boshi va oxiri ustma-ust tushgan strelkalar sirtmoqlar deyiladi (4-chizma). 4-chizma 5-chizma X to‘plam to‘g‘ri chiziqlar to‘plamidan iborat bo‘lsin. Bu to‘plamda parallellik munosabatini qaraymiz (5-chizma). Ko‘rinib turibdiki, a ∕ ∕ b, c ∕ ∕ e, b ∕ ∕ a, e ∕ ∕ c, a ∕ ∕ a, b ∕ ∕ b, c ∕ ∕ c, e ∕ ∕ e, d ∕ ∕ d. Bu munosabatning grafini G={(a,b), (b,a), (c,e), (e,c), (a,a), (b,b), (c,c), (e,e), (d,d)} to‘plamdan iborat. Uning grafi 6-chizmadagidek bo‘ladi. 6-chizma Download 390 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling