Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'laumot


Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'laumot


Download 1.39 Mb.
bet2/4
Sana12.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1190567
1   2   3   4
Bog'liq
Sarvinoz Xisob tushuntirish matni

Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'laumot
Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan turar-joy binosini loyihalashda, Jizzax shahri tabiiy iqlim sharoiti xisobga olindi. Unga koʻra, yanvarning o’rtacha temperaturasi 1,5 , minimum temperatura -35 , iyulning o’rtacha temperaturasi 28.5 , maksimum temperaturasi -46 .
Noyabrdan martgacha tez-tez esib turadigan “Jizzax shamoli” tezligi 20-25m/sek. Yerning zilzila paytida hosil bo‘ladigan silkinish darajasi SBM shkalasi bo‘yicha QMQ 2.01.03-19 ga asosan 7 ballga teng.

Oylar bo'yicha xarakteristika

Tomonlar orentatsiyasi

oylar

xarakteristika

Sh

Sh.Sh

Sh

J.Sh.

J

J.G‘.

G‘

Sh.G‘

Yanvar

Shamol qaytarilishi, %

11

4

3

2

2

14

50

14

Shamol tezligi, m/s

2.2

1.8

2.2

1.9

1.7

5

5.5

2.8

iyul

Shamol qaytarilishi, %

33

12

2

0

1

4

24

24

Shamol tezligi, m/s

2.6

2.6

1.8

-

0.7

4.3

5

3.4




Binoning bosh rejasi
Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan ikki qavatli ko’p xonadonli turar-joy binosini bosh rejasi qurilish me’yorlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, shahar markaziga yaqin hududga qurish uchun mo‘ljallangan.
Binoning bosh rejasini ishlab chiqishda binoning funksional xususiyatlaridan, binoning xizmat ko‘rsatish soxasi uchun yordamchi binolar va inshootlar bilan bir maydonda joylashtirilishidan kelib chiqiladi, yoki binoni xizmat ko‘rsatuvchi binolarga yaqin qilib joylashtirish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.
Bosh rejada atrof-muhitni himoya qilish, sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilish maqsadida qurilish maydonini bir va ko‘p yillik daraxtlar, butalar va gullar bilan ko‘kalamzorlashtirish nazarda tutilgan, ularni sug‘orish uchun tomchilatib sug’orish tizimi loyihalangan. Bulardan tashqari bino va inshootlarni bir-biri bilan funksional jarayoni olib borish uchun asfalt yo‘llari va yo‘lkalar bilan bog‘lash bosh rejada keltirilgan.

Binoning xajviy –rejaviy yechimlari
Jizzax shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan ikki qavatli ko‘p xonadonli turar-joy binosini xajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyihalash talablari asosida olib borilgan boʻlib, qurilish qoida va me’yorlariga to‘liq javob beradi.
Bino rejada to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning gabarit o‘lchamlari 15.6-35.5 metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-8) o‘qlar orasida 35.5 metr bo‘lsa, uning eni (A-D) o‘qlar orasida 15,6 metrni tashkil etadi, bino ikki qavatli bo‘lib, qavatlari balandligi 3,0 metrga teng bo‘lib, umumiy balandligi 9.9 metrni tashkil etadi. Binoga kirish asosan binoning oldi tomoni orqali amalga oshiriladi. Binoda quyidagi xonalar nazarda tutilgan: Zal, mehmonxona, bolalar yotoqxonasi, yotoqxona, oshxona, hojatxona.
Binoda issiq va sovuq suv tizimi mavjud. Ta'minot zamonaviy texnologiyalar asosida bajariladi. Barcha xonalar kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari binoga alohida transformator o'rnatilgan bo'lib, mukammal elektr uzaatish tizimi qo'llanilgan.
Loyihalash jarayonida binoning mustahkamligi va ustuvorligi inobatga olingan. Bino joylashgan hudud alohida o'rganib chiqilgan. Gruntlar zichlangan, kotlovanlar kovlanib temirbeton monolit poydevorlar quyilib, kolonnalarga mustahkam ulangan.
Binoga kirishda monolit betondan zinapoya qilinga

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling