Bino va inshootlar qurilishi
Download 191.76 Kb.
|
nosirov jarayon payasnitel
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir qavatli sanoat binosini temir-beton sinchini montaj qilish texnologiyasi ”. Bajardi: 1-19 BIQ guruh talabasi Nosirov M Raxbar: O’ktamov B
- Bir qavatli sanoat binosining o,oo sath rejasi…………………………… 4
- Yuk ushlash va montaj moslamalarini tanlash 6
- Montaj ishlarini bajaruvchi kranni tanlash…………………………….. 8
- Kranning yig`ma temir-beton stakansimon poydevorlar, poydevor osti to`sini, ustunlarni loyihadagi o`rniga o`rnatishda (montaj) harakatlanish sxemasi……………………………………………………..
- Kranning yig`ma temir-beton kran osti to`sini,ferma osti fermasi, fermalar va tom yopma plitalarini loyihadagi o`rniga o`rnatishda (montaj) harakatlanish sxemasi…………………………………………..
- Berilgan topshiriqga asosan qo’llaniladigan yig’ma konstruksiya
- Yuk ushlash va montaj moslamalarini tanlash.
- Mehnat sarfi va ish xaqi kalkulyatsiya jadvali
- Montaj ishlarini bajaruvchi kranni tanlash.
- Montaj uslublari va konstruksiyalarni loyiha joyiga o’rnatish usullarini tanlash.
- Montaj ishlarini xavfsiz bajarishga oid tadbirlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI QURILISH FAKULTETI “BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI” KAFEDRASI “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanidan KURS ISHI Mavzu: “Bir qavatli sanoat binosini temir-beton sinchini montaj qilish texnologiyasi”. Bajardi: 1-19 BIQ guruh talabasi Nosirov M Raxbar: O’ktamov B Taqrizchi: I.N.Abdullayev Kafedra mudiri: SH.A.Umarov Farg‘ona-2022yil. M U N D A R I J A
KIRISH O`zbekiston so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor bermoqda. Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari,qabul qilingan davlat dasturilari,ular ijrosini ta’minlash,tarmoqda islohatlar samaradorligini oshirish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida bunyodkorlik ko‘lamlari tobora sohasida kengayib bormoqda. O`zbekiston so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor bermoqda.Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari,qabul qilingan davlat dasturilari,ular ijrosini ta’minlash,tarmoqda islohatlar samaradorligini oshirish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida bunyodkorlik ko‘lamlari tobora sohasida kengayib bormoqda. Qurilish tuzilmalarini montaj qilish usullarini tanlash, ishlatiladigan yuk ko‘taradigan montaj uskunalariga qurilish maydoniga keltirilgan yig‘ma temirbeton elementlarininig yiriklashtirilganlik darajasiga, elementlarning va bloklarning loyixada ko‘rsatilgan joyiga o‘rnatish ketma-ketligi tartibiga, prolyotga nisbatan montajchi kranning xarakat yo‘nalishiga tuzilmalarni tayanch nuqtasiga yo‘naltirishga va uni o‘rnatish usullariga bog‘liq bo‘ladi. Bir qavatli sanoat binolarining yig‘ma temir-beton tuzilmalarini montaj qilishda asosan yuk ko‘taruvchi kranlardan foydalaniladi. Bu «kran»li montaj qilish uchuli deb nomlanadi. Yig‘ma temir-beton tuzilmalar yoki yiriklashtirilgan bloklar transport vositalaridan kranlar yordamida ko‘tarib olinib, loyixada ko‘rsatilgan joyiga o‘rnatiladi va vaqtinchalik xamda doimiy bog‘lovchilar yordamida maxkamlab qo‘yiladi. Bir qavatli sanoat binolarining tuzilmalarini montaj qilishda ko‘proq o‘zi yurar va avtomobil kranlaridan foydalaniladi. Bu turdagi kranlarning turli sharoitlarda ishlay olishi, xarakatchanligi va katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga egalik xususiyatlari ularning keng miqyoslarda ishlatish imkonini beradi. Qurilish-montaj ishlari sifatini yanada oshirish, qurilish sohasidagi nazorat qiluvchi inspeksiyalar ro‘lini kuchaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-son Farmoniga muvofiq: 1. Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasining 2020-yilning 1-aprelidan boshlab qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash obyektlari (keyingi o‘rinlarda — obyektlar) uchun xavf-xatarlar toifalari va obyektlarning funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. O`zbekiston so‘ngi yillarda barcha sohalar kabi qurilish sohasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor bermoqda.Tizimni yanada takomillashtirishga qaratilgan hukumat va davlat rahbarining farmon hamda qarorlari,qabul qilingan davlat dasturilari,ular ijrosini ta’minlash,tarmoqda islohatlar samaradorligini oshirish bo`yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida bunyodkorlik ko‘lamlari tobora sohasida kengayib bormoqda. Qurilish sohasidagi yangi davrning boshlanishi,tizimdagi muomolarni aniqlash tan olish va ochish ularni yechish oson kechgani yo‘q. 2017-2019 yillar va 2020-yilning shu kuniga qadar qurilish sohasini tartibga soluvchi jami 40 ga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi; 2017-yil 4 ta ,2018-yil13 ta 2019-yilda 10 ta va 2020-yilda esa 10 dan ortiq.ushbu qaror va farmonlar tizimi yillar davomida saqlanib qolgan muamolarni tubdan isloh qilishga qaratilgan. O`zbekiston Respublikasi prizdentining 2017-yil 1-mayida PQ-2936-son O`zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida qaror qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish to`g`risidagi PQ-3646-sonli qarori qabul qilindi.Ushbu qarorda ,,shaharsozlik hujjatlari ekspertiziasi” davlat unitar korxonasin tashkil etish ko`zda tutilgan. Xozirgi davrda montaj ishlari eng ilg‘or va xal qiluvchi jarayondir. Xalq xo‘jaligini rivojlantirish sanoat korxonalarini qurish axamiyati katta va shu maqsadda ko‘plab binolar barpo etilmoqda sanoat binolari montaj ishlari tasarruf qilish juda qiyin, chunki ular ko‘plab yirik, yig‘ma temir-beton va metall tuzilmalardan tashkil topadi. Bir qavatli sanoat binolarining yig‘ma temir-beton tuzilmalarini montaj qilishda asosan yuk ko‘taruvchi kranlardan foydalaniladi. Bu «kran»li montaj qilish uchuli deb nomlanadi. Yig‘ma temir-beton tuzilmalar yoki yiriklashtirilgan bloklar transport vositalaridan kranlar yordamida ko‘tarib olinib, loyixada ko‘rsatilgan joyiga o‘rnatiladi va vaqtinchalik xamda doimiy bog‘lovchilar yordamida maxkamlab qo‘yiladi. Bir qavatli sanoat binolarining tuzilmalarini montaj qilishda ko‘proq o‘zi yurar va avtomobil kranlaridan foydalaniladi. Bu turdagi kranlarning turli sharoitlarda ishlay olishi, xarakatchanligi va katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga egalik xususiyatlari ularning keng miqyoslarda ishlatish imkonini beradi. Berilgan topshiriqga asosan qo’llaniladigan yig’ma konstruksiya Bir qavatli sanoat binolarini tuzilmalarini o‘zi yurar kranlar yordamida o‘rnatiladi. Odatga ko‘ra, kranlar proletni o‘rtasiga joylashtiriladi (bundan tashqi devor panellarini montaj qilish mustasno). Poydevor bloklarini, ustunlarni, kran osti balkalarini, stropila tuzilmalarini o‘rnatish vaqtida o‘zi yurar kranlarning xarakat sxemasi prolyotlarning kengligiga va tuzilmalarning og‘irligiga bog‘liqbo‘ladi. Agar prolyotning kengligi 18 m gacha bo‘lib tuzilmalar uncha katta og‘irlikka ega bo‘lmasa, kran prolyotning o‘rtasidan yurib ikkala tomondagi elementlarni montaj qilib ketaveradi. Prolyotning kengligi 18 m va undan katta bo‘lib, tuzilmalarning og‘irligi xam katta bo‘lsa, bu xolda kran prolyotning chekkasidan yurib tuzilmalarni montaj qiladi 6 m li tom yopmalari plitasining montaj qilish xam kranni prolyotning o‘rtasiga o‘rnatib bo‘ylama xarakat asosida tashkil etiladi rasm b,v ko‘ndalang xarakatda esa xar bir yacheykada montaj qilinadi. So‘nggi xolda kranning nayzasini uzunligiga bo‘lgan talab ancha kamayadi). Ustunlarni o‘rnatishdan oldin poydevorlar asboblar yordamida tekshiriladi (ularning rejada joylashishi, balandlik bo‘yicha o‘rni), zarur bo‘lgan xollarda esa stakanning ostiga qorishma quyiladi. Engil ustunlar (og‘irligi 8 tonnagacha bo‘lgan) montaj qilingunga qadar poydevorlarga yaqin joylarga o‘rnatishga qulay qilib kranradiusi atrofida oldindan yotqizib chiqiladi, og‘ir ustunlar esa soatma-soat bo‘yicha tuzilgan grafik asosida tashib keltiriladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport vositalaridan olib montaj qilinadi. Ustunlarning rejada o‘rnatilishini to‘g‘ri, noto‘g‘riligini ustunlarga va poydevorlarga chizilgan maxsus chiziqlarni moslash orqali tekshiriladi, tikligini esa teodalit yoki shovunlar orqali aniqlanadi. Tayanch yuzalarini otmetkasini esa nivelir yordamida tekshiriladi. Baland bo‘lmagan (12 m gacha) ustunlarni vaqtinchalik maxkamlash konduktorlar yoki ponalar yordamida bajariladi. Ponalar ustunning kengligi 400 mm gacha bo‘lsa I tadan, 400 mm dan katta bo‘lsa xar bir tomoniga 2 tadan qoqiladi. Uzun ustunlar (12m dan ortiq) yuqorida aytilgan maxkamlash usullaridan tashqari sim arqonlar yordamida xam ma’lab qo‘yiladi. Ustunlarni ko‘tarishdan oldin ularga montaj supachalari, shotilar yoki belbog‘lar (xomutq) osib qo‘yilgan bo‘lishi zarur. Kran osti to‘sini (podkranovoy balka) ni aloxida mustaqil potok sifatida bajariladi. Ustun va poydevor orasidagi chokka qo‘yilgan beton qorishmasi 70% loyixada ko‘rsatilgan musta’kamlikka erishgandan so‘ng kran osti to‘sinini montaj qilishga ruxsat beriladi. Bu tuzilmani transport vositasidan tushilmasdan, to‘g‘ridanto‘g‘ri loyixada ko‘rsatilgan o‘rniga montaj qilish tavsiya etiladi. To‘sinlarni, ustunlarga o‘rnatish chizilgan o‘q chiziqlari bo‘yicha bajariladi va ankerli boltlar yordamida vaqtinchalik ma’lanadi. Doimiy maxkamlash esa montaj zaxvatkasi yoki temperatura bloklari chegarisida geodezik asboblar yordamida to‘sinlarni xolati to‘g‘riligi tekshirilgandan so‘ng, to‘sinlardagi bog‘lovchi elementlarni ustunlardagi maxkamlovchi elementlariga payvandlab biriktiriladi. 1.2 rasm 18,24,30 mli prolyotlarda, ustunlarning qadami 6-12 m bo‘lgan sharoitlarda kran osti to‘sinlarini montaj qilish sxemasi ko‘rsatilgan. Stropila osti va stropilali fermalar, to‘sinlar montaji ustun va poydevor choklariga qo‘yilgan beton qorishmasining mustaxkamligi 70% tashkil etilgandan so‘ng boshlanadi. Montaj tom yopmalari bilan birgalikda bir potokda olib boriladi. Agar binoda fonar bo‘lsa fonar tuzilmalarini montaj xam shu potokda qo‘shib olib boriladi. Stropila fermalar, yopma plitalarni bo‘ylama yoki ko‘ndalang usul montaj qilishmumkin. Birinchi xolda montaj qiluvchi kran montaj qilinayotgan yacheykadan tashqarida bo‘ladi, yopma plitani oldin montaj qilingan (to‘sin, ferma) tuzilma ustidan oshirib o‘tib montaj qiladi. Kranning ilgagini ilish nuqtasi yopma plitasining uzunligini yarmida bo‘ladi (1.3-rasm). Ko‘ndalang usulda kran montaj qilinayotgan yacheykai ichida turib yopma plitasini montaj qiladi. Bunda kranning ilgagini ilish nuqtasi yopma plitasining enini yarmida bo‘ladi. Bu hol yopma plitalarni montaj qilishda ancha yegil kranlarni ishlatish imkonini beradi. Yopma plitalarni ko‘ndalang usulda montaj qilish fonarsiz, kransiz, ferma va ustunlarning qadami 12 m bo‘lgan binolarni montaj qilishda tavsiya etiladi. Ferma va balkalarni transport vositalaridan olib to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyixadagi o‘rniga montaj qilish maqullanadi. Yopma plitasining uzunligi 12 m bo‘lsa, uni xam transport vositasidan olib, omborga tushirmay montaj qilinadi. Uzunligi 6 m li plitalar esa montaj qiluvchi kran xarakat zonasi terib chiqiladi, to‘sin va fermalarni ko‘ndalang yuzalariga chizilgan o‘q chiziqlarini ustunlarga chizilgan xuddi shunday chiziqlar bilan o‘zaro moslashtirib o‘rnatiladi. Shundan so‘ng tuzilmalardagi maxkamlovchi elementlarni payvandlab biriktiriladi. Ferma va to‘sinlarni vaqtinchalik maxkamlash inventarp metall rasporkalar orqali bajariladi. Rasporkani bir uchi yerda, montaj qilinayotgan to‘sin yoki fermaga maxkamlanadi, ikkinchi uchiga arqon bog‘lanib, montaj qilingan yopma ustida turgan yetkazib beriladi. Montaj qilinayotgan tuzilmani ko‘tarish bilan birgalikda yuqoridagi montajchi rasporkani yuqoriga ko‘tarib oladi va uni oldin montaj qilingan ferma yoki balkaga maxkamlab qo‘yadi. Eng birinchi o‘rnatilayotgan balka yoki ferma xamma vaqt sim arqonlar bilan tortib maxkalanadi. Rasporka va sim arqonlar yopma plitalardan tashqari montaj qilinib maxkamlanishi mobaynida yechib olinadi. Balka va fermalarni montaj qilish davrida loyixada ko‘rsatilgan bog‘lovchi yoki rasporkalarni xam o‘rnatib ketiladi. Agar binoda fonar bo‘lsa, uning elementlarini to‘sin yoki ferma o‘rnatib bo‘lingandan so‘ng montaj qilinadi. Yuqorida bajariladigan ishlar xajmini kamaytirish maqsadida fonar tuzilmalarini fermaga yoki to‘singa pastda montaj qilib ularning xammasini yaxlit element sifatida montaj qilish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Tashqi devor panellarini montaj qilish binoning sinchi ma’lum bir qismida yoki butun bino bo‘yicha montaj qilib bo‘lingandan so‘ng aloxida mustaqil potok asosida olib boriladi. Odatda tashqi devor panellari ikki ustun oralig‘ida pastdan yuqorigacha montaj qilinadi. O‘rnatilgan sokol panelini to‘g‘riligini geodezik asboblar yordamida tekshiriladi. Yuqoridan panellarni esa shovunlar, «shaytonlar» yordamida nazorat qilib boriladi.
Yuk ushlash va montaj moslamalarini tanlash. Yuk ushlash moslamalari hisoblangan stroplar, traversalar va konstruktsiyalarni vaqtinchalik mahkamlashda qo’llaniladigan ponasimon tiqin, konduktor, tortqi, tirgaklar tegishli qo’llanmalar (5,6) asosida yoki ilovadagi 1-jadvaldan tanlanadi. Strop, traversa va boshqa moslamalar montaj qilinadigan har bir konstruktsiya uchun tanlanadi. Traversalar uzun o’lchamli va og’ir konstruktsiyalarni montaj qilishda qo’llaniladi. O’lchamlari bir-biriga yaqin bo’lgan konstruktsiyalarni bitta turdagi strop yordamida montaj qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. U yoki bu turdagi moslamani tanlashda moslama konstruksiyasining oddiyligi va masofadan boshqarish imkoniyatini e’tiborga olish kerak. Qabul qilingan yuk ushlash va montaj moslamalari jadval ko’rinishiga keltiriladi.
Mehnat sarfi va ish xaqi kalkulyatsiya jadvali
Montaj ishlarini bajaruvchi kranni tanlash. Texnik faktorlarga (binoning o‘lchamlari, elementning og‘irligi, gabarati, yig‘ma elementlarni binoning qaysi qismida joylashganligi) ko‘ra kranning quyidagi parametlari aniqlanadi: yuk ko‘tarishi; strela qaysi masofada joylashgan elementlarni montaj qila olishi (kranning, yuk ko‘tarish yelkasi); ilgakni ko‘tarish balandligi. Yuqoridagilarni aniqlagach turli xil kranlarning texnik xarakteristikalari berilgan adabiyotlardan, spravochniklardan zarur bo‘lgan kranni texnik parametrlari bir-biriga yaqin yoki kamroq farqlanadigan ikki variantda tanlab olamiz. O‘ziyurar kranlar bir qavatli sanoat binolarini tuzilmalarini montaj qilishda ko‘proq foydalaniladi. Ularning texnik parametrlari quyidagi formula bilan aniqlanadi. Kranning yuk ko‘tarish balandligi quyidagicha aniqlanadi. 1.patok h + hz + he + hs +hn 0+0.8+14.7+2=16.5 m; 1.patok h + hz + he + hs +hn 12.6+0.8+3.5+4=20.9 m bu yerda: h - montaj qilinayotgan elementning tayanchini kran turgan yuzadan balandligi; hz – montaj qilinayotgan elementni o‘rniga qo‘yish vaqtida mo‘ljalash uchun zarur bo‘lgan balandlik, 0,5:0,8 m chamasida olinadi; he - montaj qilinayotgan elementning balandligi (qalinligi); hs - elementlarni ko‘tarishda foydalaniladigan moslamalarning balandligi; hn - polispastaning uzunligi. Kran ilmog`ining zaruriy qulochi quyidagicha aniqlanadi Lu = b+b1= 12+12=24 m Bu yerda b – kranning aylanish o`qidan binogacha bo`lgan masofa m b1 -montaj qilinayotgan bino kengligi m Minorasi aylanadigan va muvozanatlovchi yuki asta joylashgan kranlar uchun L1=b1+b2+r=12+12+1.15=25.15 m Bu yerda b2 – aylanuvchi platforma bilan bino orasidagi masofa (1 metr) r-aylanuvchi platforma radiusi Kranning yuk ko‘tarish qobiliyati esa quyidagi formula orqali topiladi. Bu yerda: Qel - binoning eng og‘ir elementi; Qmos - eng og‘ir elementini montaj qilish uchun zarur bo‘lgan moslamaning og‘irligi. Montaj uslublari va konstruksiyalarni loyiha joyiga o’rnatish usullarini tanlash. Bir qavatli sanoat binosining konstruksiyalari odatda bir necha ixtisoslashgan texnologik potoklar tarzida montaj qilinadi. Odatda ustunlar alohida potokda montaj qilinadi, chunki ular poydevor stakaniga o’rnatilib poydevor va ustun choki beton qorishmasi bilan yaxlitlanadi. CHokda betonning mustaxkamligi loyiha musta’kamligining kamida 70% ini egallagandan so’ng ustunlarni boshqa konstruktiv elementlar bilan yuklashga ruxsat etiladi. Ikkinchi potokda kran osti to’sinlari, stropila osti va stropila fermalari, to’sinlar va tom yopma plitalari kompleks uslubda montaj qilinadi. Ish hajmi katta bo’lganda va montaj kranining yuk ko’taruvchanligidan samarali foydalanish maqsadida kran osti to’sinlari va stropila osti fermalari alohida potokda montaj qilinishi mumkin. SHuningdek devor panellari ham alohida potokda montaj qilinadi. Bir qavatli sanoat binolarining konstruksiyalari zanjirli yoki pnevmog’ildirakli o’ziyurar strelali kranlar yordamida o’rnatiladi. Texnik imkoniyatlari yetarli bo’lgan hollarda avtomobil kranlaridan ham foydalaniladi. Montaj krani har bir potok uchun alohida tanlanishi yoki binoning barcha konstruksiyalari bitta kran yordamida ketma-ket montaj qilinishi mumkin. Bino poydevori, poydevor to’sini, ustun, kran osti to’sini va stropila osti to’sinini o’rnatishda o’zi yurar kranlarning harakatlanish sxemasi bino oraliq(prolyot)larining kengligi va montaj qilinadigan elementlarning massasiga bog’lik ravishda tanlanadi. Prolyot 18 m gacha va montaj qilinadigan elementlar massasi uncha katta bo’lmagan hollarda montaj krani prolyot o’rtasidan bir marta o’tishda ikki yonida joylashgan konstruksiyalarni montaj qilishi mumkin. Prolyot kengligi 18 m dan ortiq va elementlar massasi katta bo’lgan ‘ollarda montaj kranini prolyot chetidan harakatlantirish tavsiya etiladi. Kran osti to’sini, ferma va tom yopma plitalarini bitta potokda kompleks uslubda montaj qilishda kran prolyot o’rtasidan harakatlanadi. Bunda dastlab kran osti to’sini, so’ngra ferma, undan so’ng tom yo’ma plitalari montaj qilinadi va tortqilar bilan vaqtinchalik ma’kamlanadi, so’ngra tom yopma plitalari montaj qilinadi. Uzunligi 12m bo’lgan tom yopma plitalarini montaj qilishda kran harakatini bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda tashkil qilish mumkin . Ko’ndalang yo’nalishdagi harakat kran strelasining zaruriy qulochini kamaytirish imkonini beradi. Devor panellari montaji bino karkasi montaj qilib bo’lingandan so’ng alohida potokda montaj qilinadi. Ko’p qavatli turar-joy va sanoat binolari konstruktsiyalarini montaj qilishda minorali kranlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ayrim hollarda chorpoyali va o’ziyurar strelali kranlardan ham foydalanish mumkin. Kengligi 18 m gacha bo’lgan ko’p qavatli binolar montajida minorali kranlar binoning bir tomoniga, kengligi 24 - 48 m bo’lganda binoning har ikki tomoniga o’rnatilishi mumkin. Montaj ishlarini xavfsiz bajarishga oid tadbirlar. Konstruktsiyalar montajini bajarish loyixasida me’nat sharoiti xavfsizligini taominlash uchun quyidagi tadbirlar ishlab chiqilishi kerak: 1) Montaj zonalarining o’rab olinishi; 2) Ishlarni 2 va 3 smenali qilib tashkil etilganda ish o’rinlarini yoritishni ko’zda tutish 3) Binoning montaj qilingan qismini va aloxida konstruktsiyalar turg’unligini taominlovchi montaj ketma-ketligini ishlab chiqish; 4) Yuk ko’taruvchanligi ko’tariluvchi elementlar massasiga mos keladigan va elementlarni xavsiz ko’tarishni taominlaydigan yuk ushlash moslamalarini tanlash; 5) Montajchilar ishlashi uchun zarur bo’lgan so’ri va narvonlarni tanlash; 6) Konstruktsiyalarni vaqtinchalik ma’kamlash vositalarini tanlash; 7) Konstruktsiyalarni taxlash usullarini ishlab chiqish. Download 191.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling