Bino va inshootlar qurilishi


-amaliy mashg’ulot. Binonig shikastlanishini aniqlash


Download 1.84 Mb.
bet19/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

8-amaliy mashg’ulot. Binonig shikastlanishini aniqlash
Bino va inshootlar o’zining mustahkamligi, bikrligi, uzoqqa chidamliligi, pishiqligi va shu kabi ko’rsatkichlari bo’yicha turlicha tavsifga ega bo’ladi. Kapitalligi yuqori, o’ta mustahkam, mahobatli, ko’rkam, qulaylik darajasi baland, arxitektura elementlariga boy bo’lgan bino va inshootlarning ekspluatatsiya ishonchliligini saqlab turish uchun ularga foydalanish davrida katta hajmdagi texnik parvarish ko’rsatilishi talab etiladi. An’anaviy me’morchilik usullari bo’yicha tiklangan binolar o’zining yuqori boshlang’ich mustahkamligi va pishiqligi bilan ajralib turadi. Bunday binolarni rekonstruktsiya qilish va saqlab turish iqtisodiy va me’morchilik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. SHuning bilan birgalikda, ularni rekonstruktsiyalashda zamonaviy qulaylik vositalarini uyg’unlashtirib joriy etib borish zarur bo’ladi.
Binolardagi qo’llanilgan konstruktsiyalarning xizmat muddatlari bir-biridan farq qiluvchi bo’lib, hatto bir bino miqyosida ham ularning qiymatlari turlichadir. SHu sababli, konstruktsiyalarning amaliy xizmat muddatlari shartli miqdordir. Ko’plab zamonaviy binolarning xizmat muddatlari hozircha taqribiy tayinlangan, chunki ularning hatto birinchi avlodi ham o’zining hisobiy xizmat muddatini o’tab bo’lgani yo’q. Masalan, yirik paneli yig’ma temirbeton konstruktsiyalardan tiklangan binolarning xizmat muddati 120-150 yilni tashkil etishi mo’ljallangan bo’lib, bu ularning kafolatli xizmat muddati bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, qulay ish sharoitlarida temirbetonning mustahkamligi oshadi, natijada binolarning haqiqiy ishlash muddati me’yoriy qiymatlaridan ham ko’proq bo’lishi mumkin.
Qurilish amaliyotining ko’rsatishicha, foydalanish davrida bino-inshootlarning, ularning konstruktsiya va qismlarining muttasil jismoniy va ma’naviy yemirilishi yuz beradi, ekspluatatsiya ishonchliligi pasayadi va bu holat har qanday vaziyatda ham davom etaveradi; tizimli ravishda parvarishlash (texnik xizmat ko’rsatish) natijasida yemirilishlarni sekinlashtirishga, uning avj olib ketishiga yo’l qo’ymaslikka erishiladi; vaqti-vaqti bilan amalga oshiriluvchi rekonstruktsiyalash va modernizatsiyalashlar ma’naviy eskirishlarni “neytrallashtirish”, nuqsonlarni bartaraf etish orqali ularning ekspluatatsiya ishonchliligini tiklash imkonini beradi.
Statistikaning ko’rsatishicha, bino va inshootlardagi yaroqsizlanish va avariyalarning ko’prog’i ahamiyatsiz sabablar oqibatida yuzaga kelar ekan: nazorat hisoblarining bajarilmaganligi (ayniqsa bir necha kishidan iborat guruh tomonidan bajarilgan loyihalash ishlarida tugunlarning tekshirilmasligi); elementlarni tayyorlashda ishchilar tomonidan yo’l qo’yiluvchi befarqliklar oqibatida; montajchilar tomonidan konstruktsiyalarni yig’ishda yo’l qo’yiluvchi sifatsizliklar; xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan yo’l qo’yiluvchi xatoliklar va ularning malakasining pastligi va sh.k.
Odatda, avariyalarning sabablari tahlil qilinganda ularning texnik jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi, vaholanki, ko’p hollarda avariyalar sub’ektiv omillar mahsuli ekanligi ma’lumdir, ya’ni foydalanuvchilar, loyihachilar va quruvchilar yo’l qo’ygan xatolar natijasida sodir bo’luvchi yaroqsizlanishlar ham amaliyotda tez-tez uchrab turishi aniqlangan va buni nazarda tutish zarurdir. Bunda konstruktsiyalarda yuzaga keluvchi nuqsonlarni baholashda avariyalar sabablarini ularning xavflilik darajasi bo’yicha tasniflash zarurdir.
Ko’plab avariyalar tahlil qilinganda, ularning kelib chiqishiga katta xatolar emas, balki e’tiborsizlik oqibatida yo’l qo’yilgan arzimas kamchiliklar sabab bo’lganligi aniqlangan. Ehtimolli xatolarni quyidagi tarzda tasniflash taklif etilgan:
1) tasodifiy xatolar;
2) tizimli (sistematik) xatolar;
3) yanglishish natijasidagi xatolar (xodimlarning malakasi pastligi natijasida yo’l qo’yilgan, ularning tez-tez almashtirilishi natijasida sodir bo’luvchi, inshootlarning murakkabligi sababli yuzaga keluvchi va b.);
4) befarqlik va mas’uliyatsizlik natijasida sodir bo’luvchi;
5) noma’lum yoki o’rganilmagan omillar natijasida hosil bo’luvchi.
Tajribalardan aniqlanishicha, 3 - guruhdagi xatolar oqibatida eng ko’p - 35% avariya va yaroqsizlanishlar sodir bo’lishi kuzatilar ekan. Bundan tashqari, aksariyat hollarda avariyalar faqat bitta xato oqibatida yuzaga kelishi, juda kam hollardagina ikki yoki undan ko’p xato sabab bo’lishi aniqlangan.
Quyida keltirilgan 7 - jadvalda bir necha Yevropa mamlakatlarida binolarning tashqi devorlarining shikastlanish sabablari foiz miqdorida ko’rsatilgan.

Jadval 7.


Binolarning tashqi devorlarining shikastlanish sabablari

Mamlakat

Xatolar

Materiallarning noto’g’ri tanlanishi natijasidagi shikastlanishlar

To’liq(butkul) buzilish

loyihada yo’l qo’yilgan



texnologik



foydalanish davrida yuzaga kelgan





Germaniya



40,1

29,3

9

14,5

7,1

Belьgiya



49

22

9

15

5

Daniya



36,6

22,2

8,7

25

7,5

Ruminiya



37,8

20,4

10,6

23,1

8,1

Yugoslaviya



34

24,2

12,2

21,6

8

Jadvaldagi raqamlardan ko’rinib turibdiki, ushbu mamlakatlarda deformatsiyalangan binolarning butkul buzilishining salmog’i katta ekan. Avariyalarning eng asosiy -bosh sabablaridan biri bo’lib loyihalashda yo’l qo’yilgan xatolar sanaladi. Yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarning yaroqsizlanishlarining vaqt davomida paydo bo’lishi va konstruktsiyalar turlari bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha ekanligi aniqlangan:


a) paydo bo’lish vaqtiga ko’ra:
- qurilish davrida - 48%;
- qurilishi tugallangan, ammo foydalanishga topshirilmagan davrda -20%;
- foydalanish davrida ja’mi 29%, shu jumladan - 1 yilgacha -12%, 15 yilgacha - 7%, 15 yildan ko’proq - 10%;
- kapital ta’mirlashdan so’ng - 3%;
b) konstruktsiyalar turlari bo’yicha:
- temirbeton konstruktsiyalar - 17%;
- yog’och konstruktsiyalar - 7%;
- po’lat konstruktsiyalar - 6%;
- g’ishtin konstruktsiyalar - 18%;
- turli konstruktsiyalarning majmuasi - 40%;
- teplofizik va akustik - 9%;
- boshqa turdagi konstruktsiyalar -3%.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qurilish davrida barcha yaroqsizlanishlarning qariyb yarmi sodir bo’lar ekan va bu holga alohida e’tibor qaratilishi zarurdir. Konstruktiv nuqsonlarning qaytariluvchanligi bo’yicha tekshirilgan binolar bo’yicha ma’lumotlar quyidagicha ekanligi aniqlangan:

  • devorlar va pardevorlarning qo’shni konstruktsiyalarga birikish joylaridagi yoriqlari - 58%;

  • yopmalar va orayopmalardagi yo’l qo’yib bo’lmaydigan salqiliklar - 33%;

  • yuk ko’taruvchi konstruktsiyalardagi (devorlar, ustunlar, to’sinlar, yopma va orayopmalar) yoriqlar - 21%;

  • suvoq va qoplamalarning qatlamlanishi va ko’chishi - 15%.

Nuqsonlarning xavflilik darajasi bo’yicha taqsimlanishi quyidagicha bo’lishi aniqlangan:

  • yashash va ishlash sharoitlari va qulayliklarga ta’sir etuvchi - 78%;

  • binolarning va xonalarning tashqi ko’rinishiga ta’sir etuvchi - 13%;

  • bino va inshootlarning xavfsizligiga ta’sir etuvchi - 9%.

Bino-inshootlarning konstruktiv elementlarida hosil bo’luvchi nuqsonlarni quyidagi tarzda tasniflash taklif etilgan.


  1. Download 1.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling