Bino va inshootlar qurilishi


Download 1.84 Mb.
bet21/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

Ta’mirlashning tiklanish narxiga nisbatan ulushi, %

0 - 20

Yaxshi

SHikastlanish va buzilish alomatlari yo’q.Joriy ta’mirlash natijasida bartaraf etiluvchi ayrim mayda nuqsonlar mavjud bo’lib, ular konstruktsiyani ishlatishga ta’sir qilmaydi.Faqat nisbatan yuqori yemirilishlar bor uchastkalardagina kapital ta’mirlash zarur bo’ladi.

0 -11

21 - 40

Qoniqarli

Binoning konstruktiv elementlari asosan foydalanishga yaroqli bo’lib, tabiiy jismoniy yemirilish tufayli vujudga kelgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun kapital ta’mirlash talab etiladi

12 - 36

41 - 60

Qoniqarsiz

Asosiy konstruktiv elementlarning nuqsonlari va jismoniy yemirilishi jiddiy bo’lganligi sababli, mukammal kapital ta’mirlash talab etiladi

38 -90

61 - 80

Nuragan

Asosiy yuk ko’taruvchi elementlar - avariya holatida, to’siq konstruktsiyalar esa - buzila boshlagan. Binoning keyingi davrda ishlashi juda katta konstruktiv tadbirlar va sarf-xarajatlar evaziga tiklanishi mumkin

93 - 120

81 - 100

Yaroqsiz

Konstruktiv elementlar buzilgan holatda. 100% yemirilishda konstruktiv elementlar qoldiqlari yo’q

-

Bino va inshootlarni tekshirish va sinashdan ko’zda tutilgan eng asosiy masalalardan biri ularning haqiqiy texnik holatini aniqlash va kelgusida foydalanishga yaroqliligi imkoniyatlarini bashorat qilishdir. Ushbu muammo qaralayotgan tizimning ishonchliligini baholash bilan bog’liqdir.


Xavfli, yo’l qo’yib bo’lmaydigan nuqsonlari, latlari va shikastlanishlari borligi aniqlangan konstruktiv elementlarning texnik holatini me’yoriy talablarga javob beradigan holatga keltirish uchun ularni kuchaytirish va almashtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Hozirda mavjud usullar yordamida bino-inshootlarning texnik holatini birmuncha muvaffaqiyat bilan talablarga javob beradigan darajaga keltirish imkoniyati bor. Quyida konstruktiv elementlarni kuchaytirishning keng tarqalgan usul va yo’llari keltirilgan.
Metall konstruktsiyalarni kuchaytirishda po’lat, beton, temirbeton, shu jumladan fibrobeton, vaqtincha kuchaytirish uchun esa yog’och qo’llaniladi.
Po’lat konstruktsiyalar quyidagicha kuchaytiriladi: qo’shimcha konstruktsiya va elementlar kiritish yo’li bilan; qo’shimcha robitalar qo’yish yo’li bilan - qobirg’alar, diafragmalar, tortqilar va xovonlar ko’rinishidagi; elementlarning ko’ndalang kesim yuzasini oshirish orqali; birikish tugunlarini kuchaytirish vositasida; fazoviy bikrligini oshirish natijasida. Bundan tashqari, «maxsus tadbirlar» turkumiga kiruvchi quyidagi usullar ham qo’llanilishi mumkin: hisobga olinmagan mustahkamlik zahiralarini aniqlash, konstruktsiya va elementlarga ta’sir etuvchi yuklarning qiymati va qo’yilish sxemasini o’zgartirish va sh. k.
Temirbeton konstruktsiyalarni kuchaytirishda quyidagi usullar keng tarqalgan: poydevorlar va ustunlar uchun - temirbeton gardish (xalqa) tiklash yo’li bilan; torkret betonlash usuli - devorlar va b. konstruktsiyalar uchun; konstruktsiya kesimini oshirish yo’li bilan; metall tortqilar va qoplamalar vositasida; qo’shimcha armatura sinchlari va to’rlarini o’rnatish va betonlash orqali.
Tosh - g’isht konstruktsiyalarni kuchaytirishda armaturalangan suvoq hosil qilish, yangi g’ishtin qoplama tiklash, temirbeton qoplama yordamida kuchaytirish, po’lat gardishlar, kamarlar va tortqilar vositasida kuchaytirish kabi usullar keng qo’llaniladi.
Nuqsonli konstruktsiyalarni kuchaytirishda qo’llaniluvchi materiallarga oshirilgan talablar qo’yiladi, ular QMQ va standartlarda belgilangan ko’rsatkichlarga va xossalarga ega bo’lishi zarur.
Konstruktsiyalarni kuchaytirish ishlari texnik tekshirish ishlari natijasida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyanomalar, rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash loyihalarida belgilab qo’yilgan qoidalar, ishlarni bajarish tartiblari, sxemalari va yechimlari asosida bajarilishi kerak.



Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling