Bino va inshootlar qurilishi
-amaliy mashg’ulot. Bino va konstruktsiyalarni tashxis turlari
Download 1.84 Mb.
|
БИР қўлланма
10-amaliy mashg’ulot. Bino va konstruktsiyalarni tashxis turlari.
Texnikaviy tashxis konstruktsiya tizimlarini, shu jumladan bino, inshootlar va ularning elementlarini o’rganuvchi, ishdan chiqish va shikastlarning paydo bo’lish sabablarini aniqlovchi, ularni izlash va baholash usullarini ishlab chiquvchi va nihoyat ekspluatatsiya qilinayotgan obektning holati haqida to’liq axborot beruvchi ilmiy fandir. Ilm sifatida tashxislashning bosh vazifasi obektlarning texnik holati haqida axborot olishning usul va vositalarini ishlab chiqishdan iborat. Texnikaviy tashxisning pirovard maqsadi bino va inshootlarning, shu jumladan, ularning ayrim element va konstruktsiyalarining texnik holati ekspluatatsiyaga yaroqliligi, qaerda va qanday me’yordan og’ishlar mavjudligi haqida axborotlarni o’zida aks ettirib, asoslangan xulosa tayyorlash hisoblanadi. Bino va inshootlar ekspluatatsiya qilinishida tashxis markaziy o’rinni yegallaydi. U binolarni parvarish etish bo’yicha samarali tadbirlarni holis baholash, remont va rekonstruktsiya qilish zaruriyatini va hajmini aniqlash imkonini beradi. Uning ahamiyati qurilish jamg’armasining muttasil o’sib borishi va to’ldirilishi munosabati bilan oshib boraveradi. Bino va inshootlar shikastlarining ko’rmona (vizual) va ko’rmona —sababli tashxislash usullari mavjud. Bu usullardan qaysi birini qo’llash maqsadga muvofiqligini muayyan sharoit, talab va ehtiyojlar kabi boshqa omillar asosida malakali mutaxassis tomonidan aniqlanadi. Texnikaviy tashxislashni amalga oshirishda ularning ekspluatatsiyaviy sifatini belgilab beruvchi me’yoriy yoki loyiha hujjatlariga asoslanish hamda tegishli asbob-uskunalarni bilish va ular bilan ishlay olish malakasiga ega bo’lish lozim. Har bir ko’riladigan obekt ekspluatatsion sifatning asosiy va ikkinchi darajali parametrlariga ega. Bino va inshootlarning ekspluatatsiyaga yaroqliligiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi parametrlarning umumiylaridan bir nechtasini olish mumkin: -binolar va ularning konstruktsiyalarini mustahkamligi va ustuvorligi; -issiqdan himoya hossalari; -germetiklik; -tovush izolatsiyasi; -havo muhitining holati; -yoritilganlik; -konstruktsiya materialining namligi. Bunday parametrlarning ro’yxati va ularning har bir turdagi binolar uchun me’yoriy yoki hisobiy qiymati, vazifasiga, konstruktsiya materialiga va boshqa omillarga ko’ra loyihada berilishi kerak. Bu parametrlaming umumiy ro’yxati va ularni nazorat qilish vositasi (16,17) da keltirilgan. Mavsumiy ko’riklarda remont ishlarining tavsifi, joyi va hajmi aniqlanadi. Bajarilgan ishlarni qabul qilishda asboblar bilan buzulmas usullarni qo’llab tekshirish muhim ahamiyat kasb etadi Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling