Bino va inshootlar qurilishi


Texnologik tavsifi bo’yicha


Download 1.84 Mb.
bet20/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

Texnologik tavsifi bo’yicha:

  • mustahkamlik ko’rsatkichlarining yomonlashishi natijasida;

  • cheklangan qiymatlardan ortiq deformatsiyalar hosil bo’lishi natijasida;

  • ekspluatatsiya tavsiflarining buzilishi natijasida.

  1. Vujudga kelish sabablari bo’yicha:

  • konstruktsiyalarning xususiy nuqsonlari oqibatida yuzaga keluvchi ichki yaroqsizlanishlar;

  • tashqi ta’sirlar ostida yuz beruvchi yaroqsizlanishlar (yuklarning ortib ketishi, yuklanish sxemasining o’zgarishi va sh.k.).

  1. Vujudga kelish tezligi bo’yicha:

  1. Yaroqsizlanishlarning qamrovi-miqyosi bo’yicha:

  • me’yoriy ko’rsatkichlardan kichik miqdorlarda farq qiluvchi ahamiyatsiz yaroqsizlanishlar;

  • to’liq – butkul yaroqsizlanishlar.

  1. Foydalanish (ekspluatatsiya) davridagi yaroqsizlanishlar:

  • qurilish davridagi yaroqsizlanishlar;

  • bevosita foydalanish (ekspluatatsiya) davridagi yaroqsizlanishlar;

  • emirilish oqibatida yuz beruvchi yaroqsizlanishlar.

Olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda chegaraviy mezonlar tariqasida boshlang’ich ishonchlilik koeffitsienti R(o) va xizmat muddatining oxiridagi ishonchlilik koeffitsienti R(t) qabul qilingan ( 8 - jadval).
Jadval 8.
Konstruktsiyalarning ishonchlilik koeffitsientlari

Konstruktsiyalar

R(o)

R(t)

Ekspluatatsiya tavsiflariga ko’ra yuk ko’taruvchi va to’siq elementlar

0,95

0,85

Yaroqsizlanishi to’satdan buzilishga olib kelmaydigan statik noaniq tizimlarning elementlari

0,99

0,95

Sekin-asta yaroqsizlanuvchi yuk ko’taruvchi elementlar

0,999

0,99

To’satdan yaroqsizlanuvchi konstruktsiyalar

0,9999

0,999

Keltirilgan koeffitsientlar natijalarining oqibatlari bo’yicha tasniflangan: 0,999 - insonlar hayoti uchun xavfli; 0,95 - katta miqdordagi iqtisodiy talafotlar; 0,9 - uncha katta bo’lmagan talafotlar.


Foydalanilayotgan bino-inshootlar konstruktsiyalari avariyalarinining oldini olish maqsadida asosiy turlardagi sabablarni qamrab oluvchi quyidagi tasniflash taklif etilgan:
1) zamin va poydevorlarning deformatsiyalanishi bilan bog’liq bo’lgan avariyalar: qurilish maydonining noqulay grunt sharoitlari; binolarning yaqinida olib boriluvchi qurilish ishlarining noto’g’ri bajarilishi;
2) konstruktiv - texnologik avariyalar: yuklarning ortib ketishi; mexanik xarakterdagi shikastlanishlar; yemirilish;
3) tabiiy ofatlar oqibatida sodir bo’luvchi avariyalar: zilzilalar; suv toshqinlari; kuchli shamol va bo’ronlar;
4) texnogen xarakteridagi avariyalar: yong’inlar; portlashlar; qoniqarsiz tashkil etilgan ekspluatatsiya.
Amalda ko’p hollarda avariyalar bir necha omillar natijasida sodir bo’ladi, biroq, ushbu shaklda bo’lsada profilaktika ishlarining tashkil etilishi va bajarilishi o’zining ijobiy samarasini ko’rsatishi shubhasizdir.
Quyida bino-inshootlarda, ularning asosiy yuk ko’taruvchi konstruktsiyalarida hosil bo’luvchi nuqsonlar, latlar, yoriqlar va deformatsiyalarning xarakterli misollari keltirilgan (4 - 13 - rasmlar).

7 - rasm. Bino va inshootlarning deformatsiyalanish sxemalari

8 - rasm. Bino - inshootlar asosining nuqsonlari tufayli
ularning deformatsiyalanishi va buzilishi



9- rasm. G’isht ustunning buzilish bosqichlari: a - 1-bosqich - dastlabki yoriqlar;


b - yoriqlarning kengayib xavfli ko’rinishga kelishi; v - ustunning buzilishi

Bino-inshootlarning konstruktiv elementlaridagi nuqsonlarga qarab ularning texnik holatini 9-jadvalda keltirilgan shkala bo’yicha aniqlash tavsiya etiladi.


Jadval 9.


Binolarning jismoniy yemirilishini aniqlash shkalasi

Jismoniy yemirilish, %

Texnik holatining baholanishi

Texnik holatining umumiy tavsifi


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling