Bino va inshootlar qurilishi
-amaliy mashg’ulot. Binoni fizik yemirilishini aniqlash va ularni xaqqoniy yemirilishi
Download 1.84 Mb.
|
БИР қўлланма
9-amaliy mashg’ulot. Binoni fizik yemirilishini aniqlash va ularni xaqqoniy yemirilishi
Bino va inshootlarning hisobiy xizmat muddatlari maxsus me’yoriy hujjatlar asosida aniqlanadi. Turar - joy binolari uchun oltita ka’itallik guruhi belgilangan: I – o’rta ka’ital bo’lgan tosh-g’isht binolar: ‘oydevorlar tosh va betondan, devorlar tosh-g’isht va yirik bloklardan, orayo’malar-temirbetondan tiklanadi; II - oddiy tosh - g’isht binolar: ‘oydevor tosh va betondan, devorlar tosh-g’isht, yirik bloklar va yirik ‘anellardan, orayo’malar temirbetondan yoki aralash (yog’och va temirbetondan), shuningdek, metall to’sinlar ustiga tosh-g’ishtdan ravoqli qilib tiklanadi; III – tosh - g’ishtdan yengilashtirilgan qilib quriluvchi binolar: ‘oydevorlar tosh va betondan, devorlar-g’ishtdan yengillashtirib terilgan, shlakobloklardan, chig’anoqsimon toshlardan, orayo’malar – yog’och, temirbeton yoki metall to’sinlar ustiga tosh-g’ishtdan ravoqli qilib tiklanadi; IV - yog’och binolar: ‘oydevorlar – tosh terimidan, devorlar - yog’ochdan, bruslardan, g’isht va yog’ochdan aralash, xom g’ishtdan, orayo’malar – yog’ochdan tiklanadi; V – yig’ma - shit (qalqon)li, sinchli, xom g’isht ‘axsa, samonli loydan, quriluvchi binolar: ‘oydevorlar yog’och stullar yoki tosh ustunlar ko’rinishida, devorlar sinchli, ‘axsa, xom g’isht, orayo’malar yog’ochdan tiklanadi; VI – sinchli - qamishli va boshqa turlardagi yengillashtirilgan binolar. Turar - joy binolarining o’rtacha xizmat muddatlari 10 – jadval bo’yicha qabul qilinadi. Jadval 10. Ka’itallik guruhiga ko’ra turar – joy binolarining o’rtacha hisobiy xizmat muddatlari
SHaharlardagi mavjud binolarning ko’pchiligi uchun II va III guruh xarakterli hisoblanadi, I guruhga asosan yirik blokli binolar kiradi. Bizning shahar va qishloqlarimizda IV - VI guruhlarga mansub binolar ham ko’’roq uchraydi. Jamoat binolari uchun 9 ta ka’itallik guruhi belgilangan: I - sinchli(temirbeton yoki metall sinchli, yoki sinchli tosh-g’isht materiallar bilan to’ldirilgan); II - yuqori ko’itallikka ega binolar, devorlari donador toshlar va g’ishtdan tiklangan yoki yirik blokli: ustun va tayanchlari-temirbeton yoki g’ishtdan, orayo’malari – temirbeton yoki metall to’sinlar ustiga g’isht-tosh ravoqli qilib qurilgan; III - devorlari donador tosh va g’ishtlardan yoki yirik blokli: ustun va tayanchlari-temirbeton yoki g’ishtdan, orayo’malari-temirbeton yoki metall to’sinlar ustiga tosh - g’ishtdan ravoqli qilib tiklangan; IV va V -devorlari tosh-g’ishtdan yengillashtirilgan qilib tiklangan: ustun va tayanchlari – temirbeton yoki g’ishtdan, orayo’malari - yog’ochdan; VI-IX- yog’och va boshqa turlardagi yengil konstruktsilardan tiklangan. Jamoat binolarining o’rtacha hisobiy xizmat muddatlari 11 – jadval bo’yicha qabul qilinadi. Jadval 11. Ka’itallik guruhiga ko’ra jamoat binolarining o’rtacha hisobiy xizmat muddatlari
Omaviy tarzda quriladigan jamoot binolari III - IV guruhlarga, noyob binolar esa I - II guruhlarga mansub bo’ladi. Binolarning har bir turdagi konstruktiv elementlari uchun ham o’rtacha xizmat muddatlari belgilangan. Bunda binoning almashtirilmaydigan konstruktsiyalarining xizmat muddatlari ushbu binoning xizmat muddatiga teng bo’lishi zarur. Qaralayotgan binoning xizmat muddatlarini aniqlashda uning vazifasi, me’moriy – konstruktiv yechimlari, konstruktsiya va elementlarining turlari, materiallari, binoning qavatlari soni va boshqa ko’’lab omillar e’tiborga olinadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling