Bino va inshootlar qurilishi


Download 1.84 Mb.
bet12/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

Orayopmalarni tekshirish.
Orayopmalarni tekshirishda ularning xili, materiali va konstruktsiyasi, remont qilinishi kerak bo’lgan qismlarning holati devorga birikkan yerlarida oqmalari, yo muzlashlarning borligi, nuqsonlari (solqilik, zirillash, ustun suvog’ining holati, devor va o’rtadevor bilan birikuv joylarida darzlar) aniqlanadi. Orayopmaning konstruktiv sxemasini topish, temir-beton konstruktsiyadagi armaturani va uning joylanishini aniqlash uchun ISM va ferroskop asboblari qo’llaniladi. Orayopmaning solqiligini progibomer yoki nivelir bilan aniqlanadi.
Bino orayopmalarini tekshirish ayniqsa katta diqqat-e’tiborni talab kiladi, chunki bino rekonstruktsiyasini belgilash yoki rekonstruktsiya tavsifini tasniflashda ular eng muxim elementlardan biri xisoblanadi.
Yogoch ishlatilgan an’anaviy turdagi orayopmalar konstruktsiyalarining urtacha xisobdagi xizmat muddati 60-80 yilga teng. SHuning uchun eski binolarni kapital ta’mirlash paytida ular almashtirilishi kerak. Bu masalani xal kilishda umuman orayopmalarning eskirish darajasi va tavsifini aniklash, shuningdek nuksonlarning mavjudligi, katta-kichikligi va joylashuvini belgilash ishlari katta e’tiborni talab kiladi. Bunda orayopmalar konstruktiv elementlari tarkibining murakkabligi va kup katlamliligi tufayli ularni tekshirish jarayoni, boshka konstruktiv elementlarning tekshirish jarayoniga karaganda, ancha mexnatni talab kiladi.
Avval, yukorida aytib utilganidek, orayopmalar konstruktsiyalari tarkibiy kismlarining kuz bilan kuzatish mumkin bulgan fazodagi geometrik ulchamlari va joylashish xususiyatlari xamda ulardagi nuksonlar belgilab olinadi. Tekshirishlar shift va pol yuzalaridagi solkilarni aniklashdan boshlanadi. Sung ular chegaraviy yul kuyilgan me’yorlar bilan solishtiriladi.
Bu me’yorlar kuyidagicha:

18-amaliy mashg’ulot. Smeta hujjatlarini rasmiylashtirish 68

Agar solkilar me’yoriy chegaralardan oshib ketgan bulsa, bu xolda kapital ta’mirlashni olib borishda solkilarni bartaraf etishga karatilgan tadbirlar kuzda tutilishi kerak.
Orayopmalarni kuzatib kurib chikish paytida shiftlardagi darzlar va pollardagi nuksonlar aniklanib, rejada belgilanadi. Orayopmalarni tashkil kilgan elementlardagi nuksonlarning sabablari kuyidagilardan iborat bulishi mumkin: notekis chukish, notekis yuklanish, materiallarning kirishishi va eskirishi, choklarning kirishishi. Bunda darzlarning xulk- atvori tekshiriladi xamda ularni bartaraf etish yoki zararsizlantirishga oid takliflar ifodalanadi. Keyin orayopma konstruktsiyasining ichki tekshiruvi amalga oshiriladi. Jixozlar yordamida metall tusinlar, armatura va maxkamlash detallarining mavjudligi, joylashuvi va kesimi aniklanadi.
Barcha orayopma elementlari ishlangan materiallarning xolati va mustaxkamligi bu elementlarni ochish yuli bilan tekshiriladi. Orayopmalardagi ochishlar soni ularning turi va maydoniga boglik. Yogoch orayopmalar ayniksa sinchiklab va tulik ochib tekshiriladi, chunki tusinlarning joylashganini fakat shu yul bilan aniklash mumkin. Metall tusinlar buylab yopilgan orayopmalar bu borada ikkinchi urinda, yigma temir- beton konstruktsiyalar uchinchi va, nixoyat, yaxlit temir-beton konstruktsiyalar turtinchi urinda turadi (3.3-jadval).
Orayopma ochilganidan keyin, uning barcha katlamlari tekshiriladi, namunalar olinadi xamda ularning laboratoriya taxlili utkaziladi.
Orayopmalar tekshiruvi natijasida chizmalar tuziladi (3.4-rasm) xamda ularda tusinlar, yogoch tushamalar, lagalar va boshka xildagi tuldirgichlarning joylashish urinlari kursatiladi, ochilgan joylar markalanadi, solkilar aniklangan joylar, shuningdek devorlardagi 0,3 mm dan ortik darzlar va kuchsizlangan uchastkalar (teshiklar, chakka utgan joylar va konstruktsiyadagi boshka kamchiliklar) belgilanadi.
Ulchanadigan kesimlarda yoki ularning detallarida barcha elementlar - tusinlar, yogoch tushama, lagalar, taxtalar, gumbazlar (gumbazchalar) va plitalarning kesimlari kursatiladi.
Pardevorlarni tekshirishdan maksad avvalam bor ularning konstruktsiyasi va amaldagi statik vazifasini aniklashdan iborat. Bunda pardevorlarlar fakat orayopmalarda turibdimi yoki bulmasa orayopmalar tulik tayanadigan yoki solkilik va tebranishni kamaytirish maksadida tirab turgan kavatlaroro yuk kutaruvchi devorlar sifatida xizmat kilayaptimi degan savollarga javob olish kerak. Agar pardevor chukkan bulsa-yu, orayopma tayangan devorlar orasida oralik vertikal tayanchlar bulmasa, bu xolda chukish sababini yuk kutaruvchi kavatlararo devor vazifasini utagan pardevordan izlash kerak.
Pardevorning konstruktiv vazifasini undagi deformatsiyalar va darzlar tavsifiga karab aniklash mumkin. Orayopmada turgan oddiy pardevorda orayopma egilgan paytda turli yunalishlarda betartib darzlar paydo bulishi, shishish kuzatilishi mumkin. Orayopma egilgan paytda orayopma xamda unga tayangan kundalang yunalishdagi pardevorlar egilishidan yuzaga kelgan bosim okibatida kavatlararo yuk kutaruvchi devorda darzlar tizimi xosil bulishi mumkin (4-rasmlar).
Rekonstruksiya kilinishi talab kilingan binolarda pardevorlarning katta kismi yogochdan ishlangan bulgani uchun, ularning uta namlanishga uchragan joylaridan, ya’ni sanitariya xonalari va oshxonalar perimetrlari buylab namunalar olinadi xamda ularning laboratoriya taxlili utkaziladi. Bundan tashkari, kuzdan kechirish va urib kurish yuli bilan tovushdan ximoyalash pasaygan joylar (darzlar, bushliklar, shift va devorlarga zich tutashmagan joylar, tovushdan ximoyalaydigan materiallarning mavjudligi va joylashish urinlari) aniklanadi.
Tosh poyalar va maydonchalarga ega bulgan zinapoyalarning asosiy nuksonlari toshning sinishi bulib, ularni tekshirishda darzlar, bukilgan va egilgan joylar kuzdan kechiriladi va ulchanadi. Ba’zida zararlanish sababini aniklash xamda uni tugrilash choralarini belgilash uchun. zinapoyalarning devorga kiritib ishlangan toshlarini ochishga tugri keladi.
Stropilalardan iborat tomlar, obreshetkalar va tomyopmalar vizual usulda tekshiriladi. Bunda stropila konstruktsiyalarining bugimlari, ularning tayanish joylari va tomning choklari ayniksa dikkat bilan tekshiriladi. Zarurat tugilganda, namunalarning laboratoriya tekshiruvi xam utkaziladi.
Balkon va erkerlarning asosiy turlari konsolli konstruktsiyalardir, shuning uchun ularning puxta maxkamlanishi birinchi darajali axamiyatga ega. Maxkamlash joylarining konstruktiv jixatdan bajarilgani va tekshiruv paytidagi xolati, xususan, ichida zangning rivojlanishiga sabab buladigan temperatura-namlik rejimi xosil bulishi mumkin bulgan dekorativ giloflar (futlyarlar) ga aloxida e’tibor berish kerak. Balkonlarning konstruktiv elementlarini namunaviy yuklanish yordamida tekshirish maksadga muvofikdir.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling