Bino va inshootlar qurilishi


Download 1.84 Mb.
bet10/38
Sana24.10.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1718299
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
БИР қўлланма

Devorlarni tekshirish.
Devorlarni tekshirishni devor konstruktsiyasi va materiallarini terma va koplamalarning xolatini, mavjud deformatsiyalarni (darzlar, vertikaldan ogishlar, katlamlanish, chukish) peremichkalarning buzilganligi va devorlardagi zaiflashgan kismlarini aniklash uchun tashki kurikdan boshlash kerak.
Aniklash uchun 400 sm devorning suvok yoki koplama kismini tozalash lozim va Kashkarov bolgasi bilan bilak zarbasida urtacha kuch bilan beton yuzasiga oralaridagi masofa kamida 30 mm dan iborat 10-12 belgi (chukur) tushurib, chukurchaning diametrini urtacha arifmetik kiymatini topib, solishtirma egri chizikdan foydalanib beton markasi topiladi. Koshkarov bolgasining Fizdel bolgasidan farki, unda maxsus metal uzakning mavjudligidir.
Beton mustaxkamligini aniklash uchun elektron akustik apparat- ulьtratovushli asbob UKB kullaniladi.
Betonning mustaxkamligi betondan ulьtratovushning utish tezligi va beton namunasining sikilishga bulgan mustaxkamligini buzmasdan aniklash usullari ekspluatatsiya kilinayotgan binolarni tekshirishda kullaniladi. Devorlari deformatsiyalangan binolarni tekshirishda deformatsiyaning paydo bulish sababini aniklash lozim buladi.
Devorlarning vizual tadkikini utkazish usulidan kuzlanadigan maksad devorlardagi darzlarning joylashishi va xulk-atvori, ya’ni vaktda uzgarishini taxlil etishdan iborat. 3.2-rasmda devorlarda uchraydigan turli deformatsiya kurinishlari kursatilgan xamda ularning yuzaga kelish sababalri aytib utilgan.
Kurilish amaliyotida yukorida aloxida-aloxida keltirilgan xolatlardan tashkari, yuzaga kelgan ayrim boshka sabablar tufayli, bu xolatlarning turli birikmalaridan iborat darz turlari kuzatiladi. Masalan, 2 m-rasmda aks ettirilgan deformatsiyalar binoning bir kismida kushimcha kavat kurilganda yoki orayopmalarga tushadigan yuklanish oshirilganda xosil bulishi mumkin. Xuddi shunday sabablar tufayli bino devorlarining vertikaldan ogishi xam yuz berishi mumkin.
Devorlar texnik xolatining tashxisi yuqorida aytib utilgan barcha usullarda (ya’ni vizual kuzatuv, asboblar yordamida va ochish yuli bilan) amalga oshiriladi.
SHunday kilib, devorlarning umumiy xolati xakida darzlarning tavsifi, fasadlarning gorizontal va vertikal chiziklaridagi kiyshayishlarga karab xulosa beriladi. SHunday xollar xam buladiki, yer chukishi tuxtaydi, u yuzaga keltirgan deformatsiyalar barkarorlashadi, ularning izlarini esa bartaraf etish mumkin buladi. Ammo yer chukishi yoki boshka deformatsiyalar boshka biron sabablarga kura davom etishi va xatto kaytadan yuzaga kelishi mumkin bulgan xollar xam kuzatiladiki, bu ancha kiyinchilik tugdiradi. Bunday xollarda yukorida kursatilgan usullarning biri yordamida darzlarning xolati va xulk- atvorini vaktda kuzatish va ularning asl sababini aniklashga tugri keladi.
Devorlarning butun kalinligi buylab utgan va yukorida kursatib utilgan darzlardan tashkari, yuzaki darzlar xam kuzatiladi. Bunday darzlar devor kurilgan material va umuman devorning uzini eskirish va mustaxkamlik darajasi xakida guvoxlik beradi.
Agar devorlarning eskirish darajasi uncha katta bulmasa (20%), ular yaxshi xolatda deb xisoblanadi. Bunga termaning yaxlitligi tufayli erishiladi. Bunday termada kuzga kurinadigan uzgarishlar kuzatilmaydi, toshlar va korishma uz mustaxkamligini saklagan, toshlarning korishma bilan boglanishi buzilmagan buladi.
Devorlarning konikarli axvolda deb baxolanadigan 20% dan to 40 % gacha eskirishida urni bilan termaning aloxida toshlarga ajralishi kuzatiladi. Buning sababi garchi korishmaning uzi xali uz mustaxkamligini saklagan bulsa-da, uning tosh bilan birikuvi kuchsizlana boshlagani bilan izoxlanadi. Buning belgisi aloxida toshlar orasidagi choklardan korishmaning tushib ketishida namoyon buladi (3 a-rasm).
Termaning 40-60% ga eskirishi, uning jadal kuchsizlanishi termaning yomon xolatidan dalolat beradi. Buning belgilari: korishma uz mustaxkamligini yukotadi, kilsimon darzlar paydo buladi, ayrim toshlar yemiriladi yoki tushib ketadi, ba’zida devorning ayrim joylari shishadi (3. b-rasm).
Termadagi ayrim uziga xos nuksonlarga karab, terma ishlarining yuklama ostida sikilishi kanday sifatda olib borilganiga baxo berish mumkin. Masalan, terma umumiy konikarli axvolda bula turib, devorlarda vertikal va gorizontal choklardagi darzlar devor uchastkalaridagi yuklama ortib ketgani xakida (masalan, orayopmalarni almashtirganda, ularga tushadigan yuklamalar oshirilganda va binolarga uskurmalar urnatilganda) signal beradi (3.3. v- rasm). Terma xolati yomon bulganda, yuklanish ortganidan xosil bulgan darzlar toshlar buylab utadi (3 g-rasm). Oralik devorlardagi gorizontal darzlar va ravoksimon konstruktsiyalardagi vertikal darzlar termaning yuk kutarish kobiliyatini ayniksa pasaytirib yuboradi.
Devorlarning mexanik va laboratoriya tekshiruvlarining bir necha usullari mavjud. SHulardan ayrimlarini kursatib utamiz. Devor 16-20 mm diametrli shlyambur bilan zondlanadi yoki vizual tekshiruvdan sung olingan namunalar taxlili natijasida aniklangan nosoz urinlar elektr parma bilan ishlanadi.
Turar-joy binosining bitta sektsiyasida, ya’ni binoning taxminan 20 m uzunligida kuprok 1- va 2-kavatlarda 3-4 namuna olinadi.
Aytib utilganidek, ulьtratovushli asbob yordamida ulchovlar paytida kayd etilgan ventilyatsiya kanallari va murkonlarning xolati tekshiriladi, shuningdek devorlarda bushliklarning mavjudligi, ularning joylashuvi va katta-kichikligi aniklanadi.
Ayrim tayanchlar, ya’ni pilonlar1 - katta gul ustun (arka, peshtok, gumbaz kabilarni tutib turadigan ustun) xamda ustunlarning barcha konstruktsiyalari va turlari sinchiklab kurib, urib chikiladi xamda vertikaldan ogishi, ogish mikdori aniklanadi.
Armaturalangan gisht va temir-beton kolonnalarda elektr-magnit asboblar yordamida armaturaning mavjudligi, joylashgan urinlari va kesimi aniklanadi. Soddalashtirilgan mikroskop yordamida metall tayanchlarda mavjud bulgan eng mayda darzlar, shuningdek zanglagan joylar va zanglash sabablari xam aniklanadi.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling