Bino va inshootlar qurilishi
Download 1.84 Mb.
|
БИР қўлланма
Ustunlarni tekshirish.
Ustunlarni tekshirish turli-tuman asboblar bilan laboratoriya usullarida utkaziluvchi kurik orkali amalga oshiriladi. Tekshirish jarayonida ustunlarning konstruktsiyasini, kesimini, terma sifatini, mavjud deformatsiyalarni, vertikaldan ogishini, darzlarni ustun yunalishini aniklash buyicha ishlar bajariladi. Undan tashkari tekshirish jarayonida ustun materialining asliy mustaxkamligini aniklash uchun ONIKS-2,5 yoki Kashkarov, Fizdel bolgalaridan foydalaniladi. Tekshiruv poldan 1,2-1,5 m yukorida ikki karama-karshi tarafdan amalga oshiriladi. Betonning ximoya katlamini kalinligi, kuyilma detal va armaturalarning joylashuvini POISK-2,5 yoki IMP, IZS-2, ISM kabi asboblar yordamida aniklanadi. Ustunning geometrik xolati buyicha ma’lumotlar odatdagi tekshiruvdan utgan ulchov asboblari bilan olinadi. Ustunning fazodagi xolati esa ulchashning geodezik usullari orkali aniklanadi. Temirbeton ustunlarda buylama va kundalang darzlar, betonlashdagi nuksonlar, zang doglarining mavjudligi, ishchi va konstruktiv armaturalarning ochilib kolishi yoki surilib chikishi, xamda turli mexanik shikastlanishlar belgilab kuyiladi. Metall ustun va tirgaklarni tekshirishda devorlarni shishib chikishiga, joylardagi egilishlarga, panjara unsurlarini kiyshayishiga, asosiy metaldagi, payvand choklaridagi chok atroflaridagi darzlarga, kiyshayishlarga boltlar va parchinmixlarni surilishi va kimirlashiga axamiyat berish kerak. Metall ustunlarni zanglashdan zararlanish darajasini baxolash uchun ustunning ayrim uchastkalari yaraklagunga kadar zangdan tozalanadi va elementning asliy kalinligi ulchanadi. Metall ustunlarning payvand choklari sinchiklab kurib chikiladi, ularning xakikiy ulchamlari va shikastlari ulchanadi. Buning uchun choklar va chok atroflari metall chutkalar bilan chang, buyok va zangdan yaraklagunga kadar tozalanadi. Sanoat binolarida kran osti va tuxtatish balkalarning maxkamlangan joylari sinchiklab tekshirilishi lozim. CHunki bu joylarda charchok darzlari paydo bulish extimoli bor. Katta mikdorda issiklik ajratiladigan tsexlarda va ustunlarning suyuk metall tegishi mumkin bulgan joylarida metall ustunlarining kiyshayishi, deformatsiyalanishi va kuyishi mumkinligiga axamiyat berish kerak. Temirbeton ustun va tirgaklarda darz, kirralarida yoriklar va boshka shikastlar borligini aniklash uchun ustun konsollari sinchiklab tekshiriladi. Yulingan kuyilma detallari va kesilmas rigellarni maxkamlash uchun muljallangan armatura kuyilmalarining uzilgan joylari belgilab chikiladi. Betonga olov ta’sir etganda beton katlamining kuchishi, xamda betonning olmashinib muzlashi va erishida, namlanishi va kurishida beton yuzasining shuralashi yuz beradi. Tosh ustunlar uchun balka va tepadonlar tayanadigan joylarda darzlar bulishi, kirralarda yoriklar, kesim joylarining kesilishi, xamda ustunning yuk kutarish kobiliyatining yetarli emasligida darzlar bulishi tavsiflidir. Yogoch ustunlar va tirgaklarda yogochning chirishi mavjudligi, yogoch kurtlari bilan zararlanganligi, xamda notugri ekspluatatsiya natijasida turli nukson va shikastlar bulganligi belgilanadi. Ustun va tirgaklar tekshirilganda ularga tushadigan yuklar oydinlashtiriladi, materialning fizik-mexanik va geometrik tavsiflari aniklanadi. Tekshiruv xisoblashlari bajarilganidan sung esa xakikiy yuk kutarish kobiliyati aniklanadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling