Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir
keyingi ishni oldingi ish to’gagandan so’ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig’indisidan iborat, yahni bu holatda obhektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar yetarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, yahni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so’ng boshlansa, binolarni quraytgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o’tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko’paytmasiga teng bo’ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o’zoq vaqt bir yerda harakatda bo’lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo’ladi. 2. Binoda bajariladigan ishlarni parallel usulda olib borish. Parallel usulda bir paytning o’zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko’rilaytgan obhektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to’gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo’lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o’xshash bo’ladi. 3. Ishlarni oqim usulida bajarish Qurilishning oqim usuli o’zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq. Ko’rsatilgan qurilish usullarni beshta bir xil binolar qurilishi misolida kerakli hisoblar va diagrammalar yordamida namoyish etamiz. Bir binoga sarf bo’ladigan mehnat xarajati q = 300 odam-kun, brigada n = 10 odam sonidan iborat, binoni qurilish davomiyligi (bir qamrovdagi ishlar) t=30 ish kuni, N— ishchilar soniga bo’lgan kundalik maksimal talab. 2.1-rasmda binolarni ketma-ketlik usulida barpo etishni kalendarg’ grafigi berilgan. Ishlarni bajarish davomiyligi T= mt = 5 • 30 = 150 kun. Inson resurslari (ishchilarga bo’lgan talab) p = N (har kuni 10 odam). Umumiy mehnat sarfi Q = Tp = 150 • 10 = 1500 odam-kun. Binolarni parallel usulda barpo etish 2.2-rasmda keltirilgan. Ishlarni umumiy bajarish davomiyligi T = t =30 kun. Ishchilarga bo’lgan talab N = mn = 5 • 10 = 50 odam (ishchi ) bir kunda. Umumiy mehnat sarfi o’zgarmaydi Q = NT= 50 • 30 = 1500 odam-kun. Ishlarni oqim usulida bajarishning o’ziga xos tomoni qurilish ishlari va ularning kompleks (majmua)larini bosqichlarga yanada kichikroq tashkil etuvchilarga 12 bo’lishdir. Qamrovlar Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 0 0 0 0 0 0 0 0 0 00 10 20 30 40 50 1 2 3 4 5 2.1-rasm. Binolarni ketma-ket usulda barpo etishning kalendarg’ grafigi Qamrovlar Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 0 0 0 2 3 4 5 2.2-rasm. Binolarni qamrovlarda parallel usulda barpo etishning kalendarg’ grafigi Qamrovlar Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 8 7 6 5 4 3 1 2 3 4 13 5 2.3-rasm. Binolarni qamrovlarda oqim usulida barpo etishning kalendarg’ grafigi Bino qurilishini boshlagan hamma brigada ahzolarini kerakli qurilish kasblarini mukammal o’zlashtirgan, yer ishlaridan boshlab binoni pardozlash ishlariga qadar barcha ishlarni sifatli bajaradi deb tasavvur qilish qiyin. SHu boisdan, qurilish ishlarini ketma-ket bajariladigan uch tsiklga bo’lish ma’quldir: binoni yer osti qismini barpo etish − yer ishlari, poydevorlarni va yerto’lani qurish, gidroizolyatsiya va boshqa ishlarni bajarish; yer usti qismini barpo etish – ichki devorlar bilan birgalikda binoni karkasi, pardevorlar, deraza va eshiklarni o’rnatishdagi bo’shliqlarini to’ldirish hamda maxsus ishlarni bajarish va oxirgi tsikl − binoning ichkari va tashqarisini pardozlash. SHartli ravishda qabul qilgan holda, har bir tsikldagi ishlarni bajarishda mustaqil, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali 10 odamdan iborat bo’lgan brigada ishlaydi va ular har bir binoda o’zining ishini 9 kunda bajaradi. Ishlarni oqim usulida olib borishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ixtisoslashtirilgan brigada bir binoda o’z tsiklini to’gatib ikkinchi binoga o’tadi va o’z o’rnini keyingi tsikl ishlarini bajaruvchi brigadaga bo’shatib beradi (2.3-rasm). SHuningdek, ketma-ket ravishda ikkinchi brigada birinchi obhektdan ikkinchi obhektga ( bir qamrovdan ikkinchi qamrovga) ko’chadi. SHunga o’xshash uchinchi brigada ishlaydi, agar tsikllar soni ko’p bo’lsa , u holatda to’rtinchi va hokazo. Bu yerda ixtisoslashgan va tajribaga ega har bir brigada o’zining ishini 10 kunda emas 9 kunda bajaradi. 2.4- rasm. Ishlarni oqim usulida ishchi kuchi harakati grafigi Har bir vaqt intervalida ishlaydigan ishchilar soni 2.4-rasmda keltirilgan. Ishlarni umumiy davomiyligi T= 63 kun. Umumiy mehnat sarfi Q= 10*9*2 + 20*9*2 + 30*93 = 1350 odam-kun. Ishlar ning tsikli Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 8 7 6 5 4 3 Er osti qismi Er usti qismi Ishchila r soni, odam Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda 8 7 6 5 4 3 2 1 3 0 1 0 14 Binoni pardozlash 2.5-rasm. Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo’yicha kalendarg’ grafigi Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo’yicha kalendarg’ grafigi 2.5- rasmda ko’rsatilgan. Ishlarni bajarish usullarini solishtirish 2.1-jadvalda keltirilgan Brigadalarni ixtisoslashtirilishi oqim usulida maksimal darajada mehnatni mexanizatsiyalashtirishga, tashkil etishni yaxshi tahminlashga, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga imkon beradi. Muddatlarni qisqartirish bir turli ishlarni ketma-ket va har turli ishlarni parallelg’ bajarish hisobiga erishiladi. Ishlarni bajarishning turli usullarini solishtirish. 2.1-jadval. Usullar Ishlarning davomiyligi, kunlar Ishchilarning minimal soni Kompleks brigadalar soni Umum iy mehnat sarfi, odam- kun Ketma-ket 150 10 1 1500 Parallelg’ 30 50 5 1500 Oqim 63 30 3 (ixtisoslashtirilgan) 1350 Bino va inshootlar qurilishida oqim usuli asosiy usul bo’lib, chunki uni qo’llaganda qurilish – montaj ishlarining uzluksizligi va bir maromda bajarilishi tahminlanadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling