Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

 



 
4.Alohida ko’rinishdagi texnik murakkab ishga IBL tarkibi va mazmuni 
Ko’p hollarda ishlarni bajarish loyihasi bajarilishi juda murakkab bo’lgan montaj, 
pardozlash yki maxsus ishlarga ishlab chiqiladi. Yig’ma konstruktsiyalarni montaj 
qilish IBLning tarkibiga qo’yidagilar kiradi: 
• 
obhekt bo’yicha ishlarni bajarish kalendarg’ grafigi (smenali, soatli), ishchi 
kadrlar va mexanizmlarga bo’lgan talab grafigi bilan birgalikda. 
• 
ushbu ish turiga qurilish bosh plani, kerakli kranlarni joylashtirilishi, ularning 
harakat yo’llari , omborlar xo’jaligini tashkil etish va maydon ichidagi ruxsat etilgan 
harakat zonalari ; 
• 
ishlarni bajarish usullari va sxemalari, kerak bo’lgan paytda ishlarni bajarish 
texnologik xaritasi albatta bajariladigan va nazorat qilinadigan geodezik ishlar; 
• 
ishlarni bajarish loyihasi bo’yicha texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlar; 
• 
IBLda qabul qilingan yechimlarga ko’ra kerakli izohlar va asoslar bilan 
tushuntirish xati. 
Bino karkasi montajining ishlarini bajarish loyihasi asosiy qoidalarni aniqlashdan 
boshlanadi (ishlarning umumiy kontseptsiyasi), u o’z ichiga montaj usullari , kerakli 
montaj uskunalari va ishlarni bajarish muddatini oladi. 
Ishlarni bajarishning bu asosiy qoidalari loyihaning buyurtmachisi (qurilish yki 
montaj tashkiloti) bilan kelishiladi. Bu kelishuvlar tavsiya etilgan loyihadagi 
konstruktsiyalarni ishchi chizmalariga asoslangan bo’lishi kerak, IBLda ularni o’ziga 
xosligi va montaj qilish texnologiyasi taklif etilishi lozim. Asosiy qoidalar montaj 
ishlarini har bir taklif etiladigan variantlariga ishlab chiqiladi. Ishlarni bajarish 
usullarining variantlari nafaqat qo’llaniladigan montaj mexanizmlari, shuningdek
montaj ishlarining texnologiyasi bilan farqlanishi kerak. Ma’qul variantni tanlash 
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni solishtirish bilan amalga oshiriladi: har biri uchun 
mexanizatsiyalashtirish variantini o’ziga xosligi va qiymati, mehnat sarfi va ishlarni 
bajarish muddati. 
Asosiy qoidalar tarkibida tushuntirish xati ish hajmlari bilan, har bir variant uchun 
qurilish bosh plani fragmenti (qismi), ishlarni bajarish sxemalari va yiriklashtirilgan 
grafik va texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’lishi kerak. Ishlarni bajarish loyihasini 
tayyrlashni boshlash uchun, tavsiya etilgan montaj variantlardan birini pudratchi
montaj tashkilotining rahbari yki bosh pudratchi (qurilishni olib boruvchi qurilish 
tashkiloti) tasdiqlagandan so’ng kirishiladi 
Ishlarni bajarish loyihasida konstruktsiyalar montajini ketma-ketligi, elementlarni 
aniq o’rnatilishi va konstruktsiyalarni fazoviy o’zgarmasligi, bino qismlarini barpo 
etish jaraynlarida turg’unligi, konstruktsiyalarni yiriklashtirish darajasi va albatta ishlar 
bajarilishida xavfsizlikni tahminlovchi tadbirlar o’rnatiladi . 
Murakkab qurilish jaraynlariga yki oddiy qurilish ishlariga tuziladigan IBL 
tarkibidagi asosiy hujjat texnologik xarita bo’lib, u o’z ichiga qo’yidagi bo’limlarni 
oladi: 
1. 
Qo’llanilish sohasi, qurilish jaraynining tarkibi va maqsadi
2. 
Moddiy-texnik resurslar va asosiy mexanizmlarni tanlash – 
loyihalanaytgan ishlar hajmiga material, yarimfabrikatlar va konstruktsiyalarga, 
mexanizm, asbob, uskunalarga bo’lgan ehtiyj mahlumotlari; 
3. 
Mehnat sarfi va mashina vaqti sarfi kalg’kulyatsiyasi ushbu 
operatsiyalarni va ish hajmlarini bajarish uchun ketgan mehnat sarfining ro’yxati; 
4. 
Ishlarni bajarish grafigi soat yki smenada − jarynlarni vaqt bo’yicha 


10 
bog’liqligi, ketma-ketligi va ularni bajarishning umumiy davomiyligi; 
5. 
Kompleks jaraynni texnologiyasi va uni tashkil etish bajariladigan 
operatsiyalarning ro’yxati va texnologik ketma-ketligi. Bu bo’limda montaj 
asboblarining va takelaj uskunalarining ishchi chizmalari; karkasning asosiy 
konstruktiv elementlarini ildirish (stroplash) sxemalari; montaj so’rilarini, to’siqlarini 
(devor), o’tish joylarini va narvonlarni joylashtirish o’rinlari berilishi kerak; 
6. 
Sifatga bo’lgan talablar. Operatsiyalar bo’yicha nazorat. Ishni qabul qilish – 
nazorat uchun qo’llaniladigan pribor va asbob-uskunalar, bajariladigan montaj ishlarini 
va montaj birikmalarini sifatini operatsion nazoratini amalga oshiruvchi majburiy 
tadbirlar, ayrim jaraynlarni sifatini baholash; 
7. 
Xavfsizlik texnikasi – qurilish jaraynlarini xavfsizligi va montaj 
mexanizmlarini xavfsiz ishlashini tashkil etishni tahminlovchi chora- tadbirlar; 
8. 
Texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlar – ish birligiga sarf bo’lgan mehnat sarfi, 
texnologik xarita bo’yicha ishni bajarish muddati. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling