Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Bino va inshootlarni quriladigan joyida rejalashtirish
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
Bino va inshootlarni quriladigan joyida rejalashtirish. Bino poydevorlari
uchun kotlovanlarni rejalashtirish ishchi rejalashtirish chizmalari asosida bajarilib, bu yerda koordinatlar o’qi sifatida binoning o’zaro perpendikulyar o’qlarining kesishish joyi qabul qilinadi. Binoning vertikalg’ bog’lanishi Davlat to’rining geodezik reperiga nisbatan amalga oshiriladi. Reperni balandlik belgisi qurilish maydoniga nivelir yordamida ko’chiriladi va mavjud yaqin binoga yki gruntga mustahkam qilib kirgizilgan metall quvurga mahkamlanadi. Qurilish maydonida yer ishlarini bajarishga ro’xsat faqat yer inshootlarini rejalashtirish geodezik ishlari bajarilib va kerakli rejalashtirish belgilari o’rnatilgandan so’ng beriladi. Rejalashtirish ishlari geodezik instrumentlar – teodolit va nivelir yordamida bajariladi. Yer inshootlarini joyida rejalashtirish yki ularning o’lchamlarini chizmadan qurilish maydoniga ko’chirish, yahni bino o’qlarini naturaga ko’chirish davlat geodezik xizmati tomonidan bajariladi. Keyingi geodezik ishlar, barpo etilaytgan bino elementlarini rejalashtirishni pudrat tashkilotining geodezik xizmati amalga oshiradi. Poydevorlar uchun kerakli kotlovan va transheyalarni rejalashtirish bino va inshootlarni rejalashtirish bilan birga amalga oshiriladi, binoning o’qlari kesishish o’rni qoziqlar bilan belgilanadi. Loyiha ―natura‖ga qo’chirilganda asosiy va detallashtirilgan geodezik ishlar bajariladi. Asosiy ishlarga mahalliy joyda binoni bosh va asosiy o’qlarini aniqlash va mahkamlash kiradi. Detallashtirilgan ishlar bino elementlari konfiguratsiyasini, o’lchovlarini va balandliklarini mahkamlashni tahminlaydi. Bosh o’qlar – o’zaro perpendikulyar chiziqlar bo’lib, ularga nisbatan bino va inshootlar simmetrikdir. Ular murakkab ko’rinishdagi va katta o’lchovlarga ega obhektlar uchun rejalashtiriladi. Asosiy o’qlar bino va inshootni plandagi konturini aniqlaydi. Kotlovanni rejalashtirish uni qazishdan oldin tarang tortilgan simlardan shoqul yordamida aniqlanib qoziqlar yordamida belgilanadi. Bino va inshootlarni rejalashtirish tekshiriladi va dalolatnoma asosida qabul qilinadi. Qurilish jaraynida vaqti-vaqti bilan obnoska va rejalashtirish belgilari holati nazorat qilinadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling