Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


  Muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

1. 
Muhandislik-geologik tadqiqotlar va geodezik rejalash 
asoslarini yaratish 


24 
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik tadqiqotlarga kiradi: 
• 
gruntlarning muhandislik baholanishi va ularning yuk ko’taruvchanligi; 
• 
qurilish maydonida grunt suvlari sathini aniqlash; 
• 
geodezik rejalash asosini yaratish; 
• 
bino va inshootlarni quriladigan joyda rejalashtirish 
Gruntlarni muhandislik baholanishi oldindan obhektni loyihalashga qadar 
bajariladi. Unga gruntni qurilishga doir xususiyatlari – granulometrik tarkibi, zichligi, 
namligi, yumshatilishi va boshqalarni baholash kiradi. Bu maqsadda maxsus 
tashkilotlar qo’yilgan texnik topshiriqqa asosan chuqurlikdan yki yuzadan burg’ilash 
yordamida namunalar olishadi. Olingan mahlumotlar asosida loyihalanish jaraynida 
tayyrlanish usullari, ko’chaytirish, maqsadga muvofiq mexanizatsiyalashtirish va 
ishlarni olib borish, ayrim hollarda barpo etilaytgan binoni konstruktiv xususiyatlari 
haqida ham kerakli qarorlar qabul qilinadi. 
Er osti grunt suvlari sathini aniqlash ishlarni bajarishni loyihalashda qurilish 
jarynida suv sathini tushirish buyicha tadbirlar ishlab chiqilishini, kerak bo’lgan 
holatda obhektdan foydalanish davridagi suv sathini tushirish bo’yicha takliflarni 
beradi. 
Tayanch geodezik to’rni yaratish. Qurilish maydonini va unda qurilaytgan 
inshootlarni geodezik rejalashtirish yer ishlari va keyingi bajariladigan qurilish ishlarini 
geodezik ta’minoti uchun asos bo’lib xizmat qiladi: 
• 
Tayanch geodezik to’rni yaratish, maydonni kvadratlarga bo’lish va reperlar 
bilan uchlarini mustahkamlash, maydonni tekshirish asosda nivelirlash; 
• 
quriladigan joyda bino va inshootlarni rejalashtirish, va tayanch geodezik 
to’riga yki mavjud qushni binolarga bog’lash; 
• 
bino atrofi bo’ylab obnoska qurish, o’qlarni ko’chirib mahkamlash. 
Boshqa so’z bilan aytganda qurilish maydonini tayyrlash bosqichida keyinoq 
qurilishni hamma bosqichlarida va u tugallangandan so’ng kerakli belgilarni ham 
planda ham vertikal bo’yicha oddiy aniqlab beradigan geodezik rejalash asoslari 
yaratilishi kerak. Rejalashtirish uchun qurilish bosh plani, inshootning ishchi 
chizmalari va rejalashtirish chizmalari boshlang’ich material bo’lib xizmat qiladi. 
Geodezik rejalash asoslari qurilish obhektlarini plandagi o’rnini, va keyingi 
rejalashtirish ishlarida mahalliy yerdagi balandlik belgilarini aniqlash uchun qo’yidagi 
ko’rinishlarda to’ziladi: 
• 
barpo etilaytgan binoning o’rni va o’lchamlarini aniqlovchi bo’ylama va 
ko’ndalang o’qlardan iborat qurilish to’ri; 
• 
qurilishning 
qizil 
chiziqlari, 
shuningdek 
shaharni 
o’zlashtirilgan 
territoriyasida alohida binoning qurilishga muljallangan holatini va o’lchamlarini joyga 
biriktiruvchi bo’ylama va ko’ndalang o’qlari. 
Qurilish to’rini va uning o’rnini loyihalagan paytda qo’yidagilarni tahminlash 
kerak: 
• 
rejalashtirish ishlarini bajarishga maksimal qo’layliklar yaratish; 
• 
barpo etilaytgan asosiy bino va inshootlarni to’r figuralari ichida 
joylashtirish; 
• 
to’r chiziqlarini barpo etilaytgan bino va inshootlarning asosiy o’qlariga 
parallel va mumkin qadar yaqin joylashtirish; 
• 
to’rning hamma tomonlari bo’yicha kerakli uzunliklarni o’lchash; 
• 
to’r belgi ( nishon, reper) larini o’lchash uchun va yn reperlarni ko’rinishi 
qo’layligini tahminlash, hamda ularning buzilmasligi va turg’unligini tahminlovchi 


25 
joyda o’rnatish. 
Er inshootlarini geodezik rejalashtirish qurilish bosh plani kabi masshtabda 
chizilgan qurilish maydonini geodezik plani asosida amalga oshiriladi. Planda Davlat 
triangulyatsion to’riga hamda mavjud bino va inshootlarga bog’lanish beriladi; 
Geodezik reja asosida inshootni joydagi holati, uning gorizontal va balandlik bo’yicha 
bog’lanishi aniqlanadi. 
Qurilishga tayyrlanish jaraynlarida va bo’lajak yer inshootlarini ―natura‖ 
holatiga ko’chirish uchun qurilish maydoni territoriyasi asosiy va qo’shimcha kvadrat 
va turtburchaklarga bulinadi. Relg’efga qarab asosiy figuralarni uzunligi 100...200 m, 
qo’shimcha figuralarniki – 20...40 m bo’ladi. Hosil bo’lgan figuralarning uchlari 
reperlar bilan mahkamlanadi. Kvadrat uchlariga nivelir yordamida qoziqchalar 
o’rnatiladi, ularning balandligi yer sathiga nisbatan reperlarni loyiha balandliklariga 
mos kelishi kerak. Bu keyinroq tekislash ishlarini bajarish uchun, qaerda ko’tarma va 
qaerda qazilma bo’lishini aniqlash uchun bajariladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling