Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi
Territoriyani tozalash va tekislash
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
BIBET maruza matni 1- qism 2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashil ko’chatlarni qayta ko’chirib ekish.
- Maydonni kerakmas daraxtlardan tozalash
2.
Territoriyani tozalash va tekislash Territoriyani tozalash ishlari majmuasiga kiradi: • yashil ko’chatlarni ko’chirish yki himoya qilish; • maydonni keraksiz daraxtlardan, butalardan tozalash, tunkalarni qazib olish; • erni unumdor qatlamini ajratish; • kerakmas binolarni buzish yki ajratish; • mavjud muhandislik tarmoqlarini o’chirish (uzib qo’yish) yki maydondan ko’chirish; • qurilish maydonini birinchi bor tekislash. Qurilish maydoni territoriyasini tayyrlash davrida ishlarni bajarishga xalaqit beruvchi aloqa va elektruzatuv liniyalarini, yerosti kommunikatsiyalari va boshqa inshootlarni ko’chirish zaruriyati paydo bo’ladi. Bunday ko’chirish oldin kelishilib keyin loyiha hujjatlariga kiritiladi, ko’chirish jarayni o’zi mahsul tashkilotlar bilan kelishilgan holda va ularning nazorati ostida amalga oshiriladi. Yashil ko’chatlarni qayta ko’chirib ekish. Atrof-mo’hitni himoya qiladigan qonun quruvchilardan tabiatni avaylab, o’simliklarni asrashni talab qiladi. Ishlarga halaqit beruvchi bebaho daraxtlar va butalar qazib olinib yangi joyga yki qurilish maydoni territoriyasidagi himoya zonasiga ko’chiriladi. Kesilmaydigan yki ko’chirib bo’lmaydigan yashil ko’chatlar(daraxtlar) to’siq bilan o’rab olinadi, daraxtlar tanasi pilomaterial chiqindilari bilan mumkin bo’ladigan shikastlanishdan asranadi. Maydonni kerakmas daraxtlardan tozalash mexanik yki elektr arralar, traktorlar yordamida amalga oshiriladi. Sudrab-qazib oluvchi chig’irli traktor yki ag’dargichi baland ko’tarilgan bulg’dozer yordamida daraxtlar yiqitiladi va tunkasi qazib olinadi. Diametri 50 sm gacha bo’lgan tunkalarni qazish uchun usha chig’irli traktorlar, bulg’dozerlar, maxsus qazuvchi-yig’uvchilar qo’llaniladi. Ildiz tizimi ko’chli rivojlangan tunkalarni qazib olish uchun portlatish usulini qo’llash mumkin. Butaqirqqich gusenitsali traktorda osma va almashadigan asbob bo’lib, uning yordamida territoriya butalardan tozalanadi. Butaqirqqich ag’dargich va pichoqdan iborat ramaga ega bo’lib, ular yordamida butalar va diametri 20 sm dan oshmagan kichik daraxtlarni kesadi.. Bu operatsiyalar uchun shuningdek ag’dargichida tish- yumshatgichi bor bulg’dozer va qazuvchi-yig’uvchilar qo’llaniladi. Territoriya tunka va daraxt tanalaridan tozalangandan so’ng, tunka qazuvchi mashinalarni parallel yurishi bilan o’simlik qatlamidagi ildizlarni bo’laklaridan tozalanadi. Ildizlar va daraxtlarni qoldiqlari tozalangan territoriyadan yqish yki olib ketilishi uchun olib chiqiladi. Qurilish maydoni yirik yumaloq toshlardan tozalangan bo’lishi kerak. Kichik toshlar ekskavator cho’michiga (kovsh) sig’adigan bo’lsa transport vositalariga ortiladi, yiriklari bulg’dozer yordamida ish zonasidan tashqariga olib chiqiladi. Yirik toshlar joyida zaryadlar yordamida portlash usuli bilan bo’laklarga bo’linishi mumkin. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling