Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Qurilish maydonini birinchi bor tekislash


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Qurilish maydonini birinchi bor tekislash oldin ko’rib o’tilgan barcha 
tayyrlov ishlaridan keyin va maydondagi kotlovan uchun muljallangan maydonni 
tayyrlash va o’zlashtirishdan oldin bajariladi. 
3. 
Er usti va grunt suvlarini qaytarish 
Bu tsikldagi ishlarga kiradi: 
• 
balandlikda joylashgan va suvni qochiradigan ariqlarni qurish, do’ngliklar 
hosil qilish; 
• 
ochiq va ypiq drenajlar; 
• 
omborlar va montaj maydonlari yuzalarini tekislash. 
Er usti suvlari atmosfera yg’inlaridan hosil bo’ladi (ymg’ir va qor-muzni erigan 
suvlari). Yer usti suvlari ―begona‖, qushni yuqori uchastkalardan keluvchi va ―yaqin‖ 
yahni bevosita qurilish maydonida hosil bo’luvchilarga ajraladi. 
Qurilish maydoni ye r usti ―begona‖ suvlaridan himoya qilingan bo’lishi 
kerak, buning uchun kelaytgan suvlar to’xtatilib maydondan tashqariga qaytariladi. 
Suvlarni to’xtatib qaytarish uchun balandlikda joylashgan va suvni qochiradigan 


29 
(chiqaradigan) ariqlar quriladi yuki qurilish maydonini balandroq qismida 
do’ngliklar hosil qilinadi. Suvni qochiradigan ariqlar ymg’ir va erigan suvlarni qurilish 
maydonidan tashqari tarafdagi pastroq joylarga o’zatadi. Rejalashtirilgan kelaytgan suv 
hajmiga qarab suvni qochiruvchi ariqlar chuqurligi 0.5 m , kengligi 0.5...0.6 m dan 
kam bo’lmasligi, qirg’og’ini balandligi hisobiy suv sathidan 0.1...0.2 m dan kam 
bo’lmasligi kerak. Ariq novini suv yuvib ketmasligi suvni harakat tezligi qum uchun 
0.5....0.6 m/s, qumoq gruntlarda 1.2...1.4 m/s dan oshmasligi kerak. Ariqlar doimiy 
qazilmalardan kamida 5 m va vaqtinchalik qazilmalardan kamida 3 m narida 
joylashishi kerak. Loydan to’lib qolmasligini oldini olish uchun suvni qochiradigan 
ariqlarni bo’ylama profili buylab nishabligi kamida 0.002 dan oshmasligi kerak. Ariqni 
devori va tubi chim, toshlar, shox-shabbalar bilan himoya qilinadi. 
―Yaqin‖ yer usti suvlarini qaytarish uchun maydonni vertikalg’ tekislaganda 
unga mahlum qiyalik berilib ochiq yki ypiq suv oqib tushish tarmoqlari quriladi, hamda 
majburan qo’yilish hisobiga eletronasos yordamida ishlovchi suv qaytaruvchi quvurlar 
tarmog’i hosil qilinadi. 
Er osti grunt suvlari sathi baland bo’lib maydonda suv ko’payganda, quritish 
ochiq yki ypiq turdagi drenaj sistemalari orqali amalga oshiriladi. Drenaj sistemalari 
umumsanitar va qurilish sharoitlarini yaxshilash uchun va yer osti grunt suvlari sathini 
tushirishga xizmat qiladi. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling