Binoga ta’sir etadigan aktiv va passiv yuklar


Bino karkaslari materiallar tanlash


Download 1.04 Mb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1248824
1   2   3   4
Bog'liq
5 maruza

Bino karkaslari materiallar tanlash
Bir qavatli sanoat binolarining karkasi asosan yig’ma temirbeton va metall bo’lib, ayrim hollarda quyma temirbeton, g’ishtli kolonna, alyumi-niy, yog’och va plastmassalardan bo’ladi.
Karkas elementlariga material tanlashda oraliq o’lchamlari, kolonna-ning qadami, binoning balandligi, bino karkaslariga ta’sir etadigan yuk (nagruzka)ni kattaligi va xarakteri, ishlab chikarihda havo muhitini parametri va agressivligi, qurilish tumani iqlim sharoiti, yong’in bardoshligi, chidamliligi va texnikaviy-iqtisodiy talablari hisobga olinadi.
Xar xil materiallardan tayyorlanadigan konstruktsiyalarni yutuq va kamchiliklari ustida to’xtalib o’tamiz.



rasm. Temirbeton poydevorlar va ularga kolonnalarni o’rnatish usullari.
a-quyma; b-yig’ma; v-qoziqli; g, d-yig’ma kobirg’ali va ichi g’ovakli poydevorlar; ye-penьka turidagi kolonna osti stakani; j, i-poydevorga kolonnani o’rnatish; k- kolonani poydevor bilan ulanishi: 1-rostverk; 2-koziq; 3-beton; 4-kolonna; 5-po’lat plita; 6- ankor (zulin).

Temirbeton konstruktsiyalar shunisi bilan ajralib turadiki, bu konstruktsiyalar, ya’ni yong’inbardoshligi, kam defarmatsiya beradi: bu konstruktsiyani qo’llash natijasida metall iqtisod qilinadi va ekspluatatsiya davomida ko’p xarajat talab qilinmaydi.


Temir-beton konstruktsiyalarini kamchiligi: uni massasini og’irligi, ulash joylarida ko’p mehnat talab qilinadi. Quyma temirbeton konstruktsiyalarining qishda tayyorlashdagi kiyinchiliklar, zo’riqtirish, ta’mirlash va qayta qurish ishlarini murakkabligi.
Oxirgi o’n yillikda yuqori mustahkamlikdagi beton va oldindan zo’riqtirilgan armaturalarni qo’llash natijasida, kesim yuzasi effektiv yupqa devorli, konstruktsiyalarni hajm og’irligi kamaytirildi, yuk ko’tarish qobiliyati oshdi va ularni qo’llash keng yo’lga qo’yildi.
Metall konstruktsiyalarini afzalligi shundaki, temirbetonga nisbatan yengil, yuk ko’tarish qobiliyati katta, gabaritini kichikligi, yuqori darajada industirlashgan, transportda tashish qulay, zo’riqtirishga ko’p mehnat sarflanadi.
Kamchiligi korroziya kuchli, yuqori harorat ta’sirida yuk ko’tarish qobiliyati kamayadi va ko’p metall sarflanadi. SHuning uchun ham xalq xo’jaligini hamma yo’nalishdagi qurilishlarda metall kam ishlatiladi.
Alyuminiy konstruktsiyalari o’zining yuqori yuk ko’tarishiga qara-masdan yengilligi, korroziyaga yaxshi chidashi. Past haroratda alyuminiyni mo’rtligi metallga nisbatan kam, qattiq narsalar bilan urganda, uchqun chiqarmaydi. Alyuminiy konstruktsiyasini kamchiligi issiqlik ta’sirida kengayishi harorat koeffitsentni kattaligi va bir-biriga biriktirishni qiyinligi.
Yog’och konstruktsiyalari, vaznini yengilligi, chidamligi, temir-beton va metall konstruktsiyalariga nisbatan arzonligi. Kamchiligi: chiriydi, yonadi, yuk ta’sirida deformatsiyalanadi, qurish va namda shishish natijasida yoriladi.
Tosh konstruktsiyalari, asosan tayanchlarga yuklar kam tushganda, kichik oraliqli binolarda, ko’priksimon ko’priklar bo’lmaganda qo’llanadi.
Yutug’iga yong’in bardoshligi, chidamliligi va tabiatda toshlarni ko’pligi kiradi. Kamchiligi ularni qurishda katta mehnat talab qilinadi, qishda ishlash va tayyorlash ishlarini qiyinligi kiradi.
Plastmassa konstruktsiyalari hozircha kam ishlatiladi, asosan bi-nolarni to’suvchi konstruktsiyalarida ishlatiladi. Bu konstruktsiyalar yengil, korroziyaga chidamli, industirlashtirilgan. Kamchiligi: yong’inbardoshligi kam, katta deformatsiyalanadi, tez chiriydi va qimmat turadi.
Sanoat binolarining yuk ko’taruvchi kostruktsiyalarini asosan temir-betondan tayyorlanadi.
Metall konstruktsiyalarini bir qavatli sanoat binolarida qo’llash quyidagi hollarda ruxsat etiladi: isitiladigan binolarda, oralig’i 30 m va undan ortiq bo’lganda stropila va stropila osti konstruktsiyalarida, isitilmaydigan tom qoplamasi asbestotsementli binolarda oralig’i 12 m, osma kranni yuk ko’tarish 2 t, orapigi 18 m, osma kranni yuk ko’tarishi 3,2 t bo’lganda.
Metall konstruktsiyalar binoning oralig’i 30 m va undan ortiq, unda ishlayotgan ko’priksimon kranni yuk ko’tarishi 50 t, ish rejimi og’ir, bo’lganda qo’llanadi.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling