Binoga ta’sir etadigan aktiv va passiv yuklar
rasm. Temirbeton kolonnalari asosiy turlari
Download 1.04 Mb.
|
5 maruza
rasm. Temirbeton kolonnalari asosiy turlari.
a-to’g’ri burchakli 6 m li kolonnalar kransiz binolar uchun; b-to’g’ri burchakli 12 m li kolonnalar kransiz binolar uchun; v-to’g’ri burchakli 6 va 12 m li kolonnalar ko’prik-simon kranli binolar uchun; g-ikki tavrli 6 va 12 m li kollonalar ko’priksimon kranli binolar uchun; d-ikki tarmoqli 6 va 12 m li kolonnalar ko’priksimon kranli binolar uchun; ye-ikki tarmoqli 6 va 12m li kolonna kran osti to’sini to’g’risida o’tish joyi bilan; j-"T" shaklidagi kolonna; i-kesim yuzasi xalqasimon kolonna; k-kolonnani asosiy bog’lovchi (zakladnыe) detallari; 1-stropil konstruktsiyasinn bog’lash uchun; 5-po’lat plostinka; 6-tasma aylanma. Yig’ma poydevorlar bitta blokdan (kolonna tagi bloki stakani bilan) yoki kolonna tagi bloki va tayanch (opornыy) plitalardan bo’lishi mumkin (7.4- rasm). Kolonna tagi bloki tayanch plitalariga bir qatlam qum-tsement qorishmasiga qo’yiladi. Yig’ma poydevorlar ьsosini yuzasi 27 kv m dan oshmaydi. Qobirg’ali va g’ovak konstruktsiyali poydevorlar (7.4-rasm), oddiy blokli poydevorlarga nisbatan massasi yengil va o’zaklash uchun kam metall sarflanadi. Oxirgi paytlarda koziqsimon (svaynыy) poydevorlar keng qo’llan-moqda. Temirbeton koziqlar kvadrat yoki aylanma yuzaga ega. Koziqlarni tepasi quyma yoki yig’ma rostverk bilan bog’lanadi. Rostverklar bir vaqtni o’zida kolonna tagi bloki xizmatini bajaradi (7.4-rasm). Koziqsimon poydevorlar qo’llash natijasida, tuproq ishlarini hajmi kamayadi va material kam sarflanadi. rasm. Faxverkali kolonnalarning turlari. a-binoning enlama tomonidagi temirbeton faxverk kolonnalar; b-bo’ylama po’lat faxverk kolonnalap; 1-enlama temirbeton faxverk kolonna; 2-biriktiruvchi elementlar; 3-yopmani to’suvchi; 4-stropila konstruktsiyasi; 5-M.150 beton; 6- qalinligi 20 mm po’lat plostina; 7-bo’ylama po’lat faxverk kolonnalar; 8-tirgak yoki vertikal bog’lovchining o’qi; 9-payvadlash uchun qistirma; 10- qo’shtavr № 30. Rejada stakanni o’lchami, kolonna kesim yuzasidan ustida 150 mm, tagida 100 mm, katta bo’ladi. Stakan devorlari va kolonna orasidagi, kolonna tagi bilan stakan tagi orasidagi tirqish (zazor) mayda shag’alli beton bilan to’ldiriladi. (7.5-rasm) Kolonnalarni o’lcham turini sonini kamaytirish maqsadida, poydevor qanday chuqurlikda o’rnatilishidan qat’iy nazar, poydevorni ustki yuzasi pol yuzasidan 150 mm ga pastga qo’yiladi. Poydevorni loyihadagi chuqurligini ta’minlash uchun, agar namuna-viy bloklar bo’lmasa, poydevorning asosini tagiga kerakli qalinlikda qum va beton to’shaladi. Karkas binolarining devorlari temir-beton poydevor to’sinlariga o’rnatiladi. Poydevor to’sinlari, poydevorni kolonna tagi bloki orasiga yuza o’lchami 300 x 600 mm bo’lgan beton tumbalar ustiga o’rnatiladi (7.5- rasm). Poydevor to’sinlarini turlari va o’rnatilishi 7.5-rasmda ko’rsatilgan. Poydevor to’sinlarining balandligi 300, 400 va 600 mm bo’lganda, ularni o’rnatiladigan tumbani ustki otmetkasi -0,38; -0,45 va -0,65 m bo’ladi. To’sinlarni kesimi tavr va gratsiya shaklida bo’lib, tepasini eni devorning qalinligi va turiga qarab 200-250 mm olinadi (7.5-rasm). Agar devor o’z yukini o’zi ko’taradigan g’isht, mayda blok va panelli bo’lsa, balandligi 450 mm, osma panelli bo’lsa 300 mm poydevor to’sini qo’llanadi. Kolonna qadami 6 metr bo’lganda kolonna tagi yukini eni, qo’yiladigan joyi va tayanish turiga qarab poydevor to’sinining uzunligi 5950, 5050, 4750, 4450 va 4300 mm bo’ladi. Kolonnani qadami 12 m bo’lsa, poydevor to’sinining uzunligi 11950, 10750 va 10300 mm olinadi. Poydevor to’sinining kesim yuzasi trapetsiya shaklida bo’lib, balandligi 400 va 600 mm, tepa qismini eni 300 va 400 mm bo’ladi (7.6-rasm). Poydevor to’sinining tepa qismi pol yuzasiga nisbatan 30 mm pastki, qalinligi 200 mm li tsement-qum qorishmasiga o’rnatiladi (7.6-rasm). Bino devorlarini namlikdan himoyalash uchun, poydevor to’sinlari ustiga bir-ikki qatlam mastikali rulon materiallari yoki nisbati 1:2 bo’lgan, qalinligi 30 mm tsement-qumli qorishmadan gidroizolyatsiya qilinadi. Darvozalar bor joylarga poydevor to’sini qo’yilmaydi. Bino parametri bo’yicha eni 0,9 – 1,5 m, qiyaligi devordan kamida 1:12 bo’lgan asfalьtli yoki betonli to’shama o’rnatiladi. Karkassiz yoki karkasi to’liq bo’lmagan karkasli binolar yuk ko’taruvchi devorlari, xuddi fuqaro binolaridek yig’ma elementli poydevorlarga tayanadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling