Binoga ta’sir etadigan aktiv va passiv yuklar
rasm. Poydevor to’sinlari
Download 1.04 Mb.
|
5 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir qavatli binolar karkasi
- Poydevor va poydevor to’sinlari
rasm. Poydevor to’sinlari.
a-kolonnaning qadami 6 m 6o’lganda; b-kolonnaning kadami 12 m bo’lganda; v-to’sinni tayanishi; 2-tashqi qatordagi kolonnani ostidagi poydevorning detallari; 1-2 sm li nabetonka; 4-poydevor to’sini; 5- qum; 6 – 13-15 sm shag’al asos; 7-asfalьt (1,5-2 sm); 8-gidroizolyatsiya; 9-devor paneli; 10-kolonna; 11-to’shama qatlam; 12-shlak. Zilzilaviy tumanlarda temir-beton konstruktsiyalari binoning oralig’i 24 m gacha va balandligi 18 m, ko’priksimon kranni yuk ko’tarishi 32 tonnagacha bo’lganda qo’llanadi. Bir qavatli binolar karkasi Bir qavatli binolar karkas turida loyihalanadi. Bir qavatli sanoat binolarini temirbetondan tayyorlangan karkaslari 50-60% metallni tejaydi. Temirbeton karkas binoning yuk ko’taradigan asosini tashkil qilib, ko’ndalang ramalardan iborat bo’lib, ular bir-biri bilan yopma plitalari yoki progonlar bog’lovchi va boshqa elementlar yordamida bog’lanadi. Ko’ndalang ramada kolonna poydevoriga bikr, tomning gorizontal yuk ko’taruvchi elementlari (ferma yoki to’sin) kolonnaga sharnir bog’lanadi. Kolonnaning rigellar bilan sharnir bog’lanishi konstruktsiyani universalligini ta’minlaydi. Masalan, kolonnani har xil oraliqlarda qo’llash mumkin (agar kolonnani zo’riqishi uni yuk ko’tarish qobiliyatidan oshmasa), tomning gorizontal yuk ko’taruvchi konstruktsiyasini har xil turdagi va balandlikdagi kolonnalarda qo’llash mumkin. Kolonnani ferma yoki to’sin bilan sharnir bog’lanishi bikr bog’la-nishga nisbatan sodda, lekin ikkala holatda xam material sarflanishi bir xil. Bir qavatli sanoat binolarining yig’ma temir-beton konstruktsiya elementlari tarkibiga poydevor kolonna, rigel va bog’lovchilardan tashqari poydevor to’sinlari, kran osti to’sini (agar tsexda ko’priksimon kran bo’lsa), bog’lovchi to’sin (mayda elementdan terilgan devorlar uchun) va stropil osti konstruktsiyasi, agar kolonnani qadami stropil konstruktsiyasini qadamidan katta bo’lsa ( -rasm). Poydevor va poydevor to’sinlari Sanoat binolarini karkas kolonnalari asosan stakan shaklidagi kolonna tagidagi (podkalonnik) aloxida turuvchi temir-beton poydevor-lariga, devorlari esa poydevor to’sinlariga o’rnatiladi. Kolonna ostiga lentasimon va bino tagiga yopma poydevorlar kam ishlatiladi. Ular faqat bo’sh yoki cho’kuvchan gruntlarda va texnologik agregatlardan katta zarbali kuch ta’sir qiladigan hollarda qo’llanadi. Poydevorni qurish binoning umumiy tannarxini ancha qismini tashkil etadi. Poydevor qurilishi sermehnatligi bo’yicha, qurilishni umumiy hajmini 6-8% ni, temir-beton mahsulotlari sarfi 20% ni tashkil etadi. Poydevorlar tayyorlash usuliga qarab qo’yma va yig’ma bo’ladi. Kichik va o’rta o’lchamdagi poydevorlar (blokni hajmi 6 t), shuningdek yengillashtirilgan qobirg’ali va ichki g’ovakli poydevor konstruktsiyalarni yig’ma bloklardan qurish mumkin. Tushayotgan yuklar, kolonna kesimi va poydevorni asosi qanday chuqurlikda o’rnatilishiga qarab poydevor quyidagi o’lchamlarda olinadi: bloklarni balandligi 1,5 m va 4,2 metrgacha (0,6 oshib boradi), taglik (podoshva) o’lchami rejada 1,5 x 1,5 m dan 6,6 x 7,2 metrgacha (moduli 0,3 m), kolonna tagi stakani rejadagi o’lchami 0,9 x 0,9 metr dan 1,2 x 2,2 m, moduli 0,3 m, zinapoya (stupenь) balandligi 0,3 va 0,45 m, stakan chuqurligi 800, 900 va 1250 mm qabul qilingan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling