Binolarda sodir bo‘ladigan fizikaviy jarayonlar va bu jarayonlarning insonga va binoga ta’siri


Download 19.1 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi19.1 Kb.
#1265452
Bog'liq
Qurilish fmnmhjj


Binolarda sodir bo‘ladigan fizikaviy jarayonlar va bu jarayonlarning insonga va binoga ta’siri
Binoda yoki uning kismlarida sodir buladigan fizikaviy jarayonlar asosan uch xil tabiatga ega: - issiklik; - yorug‘lik; - akustika. Shu sababli arxitektura fizikasi iklimshunoslik va issiklik texnikasi, yorug‘lik texnikasi, akustika bulimlardan iborat:
Issiklik texnikasi bino va uning kismlarida issiklik energiyasining xarakatini va suv buglaridan tashkil topgan massa almashinish jarayonlarini urganadi. Ya’ni bir tomondan bino ichida insonning yashashi va muayyan faoliyati uchun maksadga muvofik bulgan ichki xavo xaroratini va namlikni yaratish bulsa, ikkinchi tomondan bino kismlarini uzok muddatga xizmat kilishini ta’minlash uchun sharoit yaratishdir.
Issiqlik texnikasi sohasida qurilish materiallarining issiqlik texnikaviy xususiyatlari; bino to‘siqlarida issiqlik oqimi harakatining nazariy asoslari; issiqlik texnikaviy nuqtai nazardan bino to‘siq konstruksiyalarini yoz va qish sharoitlarini hisobga olib loyihalash; binolar konstruksiyalarining namlik rejimlarini baholash.
Tabiiy yoritilganlik sohasida yorug‘likning fizikaviy tabiati, binolarda yoritilganlik miqdorini me’yorlash asoslari; binolar tabiiy yoritilganligini ta’minlovchi konstruksiyalar(deraza, fonar)ni loyihalash asoslari, binolarda quyosh radiatsiyasini tartibga solish vositalarini loyihalash asoslari. Asosiy maksad xonalar ichida insonning muayyan kurish faoliyatiga mos keladigan tabiiy yoritilganlikni xosil kilish va tejamkor tabiiy yoritish tizimlalari [ derazalar ] ni loyixalashga asoslangan
Akustika sohasida tovushning fizik va fiziologik xususiyatlari; bino xonalarining maqsadga muvofiq akustikasini ta’minlash; binolarni shovqindan himoyalash kabi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash lozim bo‘ladi.
Akustika bino ichida va uning kurilmalarida tovush tulkinlarining tarkalish konuniyatlarini urganadi. Akustika ikkita kismga bulib urganiladi. me’moriy akustika va kurilish akustikasi (shovkinlarga karshi kurashning arxitekturaviy va konstruktiv choralari.)
1 Me’moriy akustika xona ichida insonning anik eshitishini ta’minlaydigan tovush maydonini yaratish konuniyatlarini urganadi.
2. Kurilish akustikasi xonalar ichini shovkindan ximoyalash konuniyatlarini urganadi.


Qurilish iqlimshunosligi
Binolar va ularning tashqi to’siq konstruksiyalari turli xil iqlimiy ta’sirlarni qabul qiladilar. Bu ta’sirlar xonalarda istalgan issiqlik rejimni ta’minlashni, binolar va ularning tashqi to’siq konstruksiyalarini normal ekspluatasiya qilishni qiyinlashtiradilar. Bunga qarshi maxsus tadbirlar ko’rilishi lozim.
Qurilish iqlimshunosligining asosiy vazifasi - aholi yashaydigan joylar rejalarini, binolar va to’siq kontruksiyalarning maqsadga muvofiq bo’lgan loyiha yechimlarini, qurilish bo’ladigan xududning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, ilmiy asoslab berishdir. Buning uchun binolarning me’moriy va konstruktiv yechimlariga iqlimning ta’siri haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish zarur.
Muhim iqlimiy ko’rsatkich - havo temperaturasidir. Kishiga issiqlik ta’siri nuqtai nazaridan havo temperaturasining quyidagi turlarini ajratish mumkin:
- sovuq (+8 5 0S dan past) - binolarni isitish talab qilinadi;
- salqin (8-15 5 0S) - bunda derazalar odatda berk holda bo’ladi, yozgi xonalardan uzoq vaqt foydalanib bo’lmaydi;
iliq (16-28 5 0S) - yozgi xonalardan uzoq vaqt foydalanishga imkoniyat bo’ladi;
- issiq (+28 5 0S dan yuqori) - xonalarning haddan ziyod isib ketishini cheklash zaruriyati paydo bo’ladi.
Bundan tashqari, temperatura juda sovuq (-12 5 0S dan past) va juda issiq - jazirama (+32 5 0S dan yuqori) bo’lishi ham mumkin. Bunday ob-havo kishiga yoqimsiz ta’sir ko’rsatadi. Kunning ish vaqtidagi (soat 13 dagi) havo temperaturasining qiymati tkurt bo’yicha ob-havo turi haqida fikr yuritiladi. Uning qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
tkurt = toyurt + 0,7 Atn, 0S (2.1)
bu yerda toyurt - yilning ma’lum oyidagi o’rtacha harorati, 0S;
Atn - kecha-kunduz davomida temperatura o’zgarishining o’rtacha amplitudasi, 0S;
0,7 - kunning ish vaqtidagi temperaturasini aniqlash uchun kiritilgan koeffisiyent.
Ob-havo turining yil davomida kuzatiladigan muddati iqlimning asosiy xususiyatini belgilaydi. Masalan, yoz oylari uchun aniqlangan tkurt ning qiymati +29 0S bo’lsa, o’sha joyning yozi issiq, qish oylari uchun aniqlangan tkurt ning qiymati -2 0S bo’lsa, qishi sovuq degan fikr yuritiladi.
Binolarda ob-havoning iliq va issiq davrida xonalarni qizib ketishdan saqlash choralari ko’rilishi lozim. Har bir xonadonda yozgi xona bo’lishi, quyoshdan himoya qilish qurilmalari qo’llanilishi, bino atrofini ko’kalamzorlashtirish talab qilinadi.
Muhim iqlimiy ko’rsatkichlardan yana biri - iqlim namligini binolar va ularning to’siq konstruksiyalariga umumiy ta’sirini belgilovchi quyidagi ko’rsatgichdir:
(2.2) ) ( t A Q з f
bu yerda R - yillik suyuq yog’in miqdori, kg; ( - yilning issiq oylaridagi havoning nisbiy namligi, %;
Q - quyosh radiasiyasining bir yillik miqdori, Vt/m2;
At - temperatura yillik o’zgarishining amplitudasi, 0S.
(2.2) ifodaning suratida konstruksiyada namlik miqdorini oshishiga sabab bo’luvchi omillar, maxrajida esa konstruksiyani quritishga imkon yaratuvchi omillar keltirilgan. Ushbu ( - ko’rsatkichning qiymatlariga qarab, iqlim quruq, mo’tadil (normal) va nam zonalarga bo’linadi. Namlik zonasi konstruksiyalarning namlik xolatiga va shunga mos ravishda materiallarning issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi.
Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling