Binoning kunlik iste’moli keltirilgan


-rasm Tarmoqqa ulangan quyosh fotovoltaik tizimi


Download 97.12 Kb.
bet4/10
Sana31.01.2024
Hajmi97.12 Kb.
#1820228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Bino Amaliy 4

3.4-rasm Tarmoqqa ulangan quyosh fotovoltaik tizimi

    1. quyosh panellari; 2- invertor; 3- tarmoq; 4- yuklama.

Bu tizimda xam tarmoqdan xam elektr energiyasi olinishi yoki tarmoqa elektr energiyasi berilishi mumkin va yana akkumlyatorlarga elektr energiyasini zaxira qilinadi. Tarmoqda xam quyosh panelida xam elektr energiyasi mavjud bo‘lmaganda zaxiralangan energiyadan foydalaniladi. Masalan, tunda, xavo bulitli bo‘lganda va fotovaltaik tizim elektr energiyasini yetkazolmay qolganda zaxiralangan energiyadan foydalaniladi. Bu tizimda xuddi tarmoqqa ulanmagan (of-grid) quyosh fotovaltaik tizimlari singari, extiyoj uchun zarur energiya istemolining 100% ni yoki deyarli 100% ni qoplaydigan energiya ishlab chiqariladi. Yuklanmani zaruriy oziqlantirish uchun, ayniqsa tez-tez tarmoqda uzulishlar bo‘lgan vaqtda fotoelektrik tizim katta quvvatga ega bo‘lishi zarur. Agar tarmoq mavjud bo‗lsa, tizim odatdagidek u bilan bog‗langan holda ishlaydi. Tizim quyosh paneli, kontroller, akkumulyator batareyasi, kabellar, invertor, yuklama va tayanch strukturadan iborat [65-75].

3.5-rasm Gibrit quyosh fotovoltaik tizimi

1-quyosh panellari; 2- invertor; 3- akkumlyatorlar; 4- tarmoq; 5- yuklama.

Yetarlicha quyosh panellari ulanganda, uydagi yuklamaning ma'lum bir qismi quyosh elektr energiyasi bilan ta'minlanishi mumkin. Gibrit fotovoltaik tizimlar odatda bir yoki bir nechta panellar, inverter, kabellar, markazlashgan elektr taminot tizimi, akkumlyatorlar va elektr yuklamadan iborat. Inverter quyosh panellarini tarmoqqa ulash uchun xizmat qiladi. Elektr energiyasidan foydalanash rejimiga qarab, quyosh fotovaltaik sistemasi ortiqcha energiya ishlab chiqarishi mumkin. Uni tarmoqdan tashqari tizimda bo‘lgani kabi batareyalarga yuboradi va ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyani tarmoqqa yuborishingiz mumkin va sizga ushbu elektr energiyasi uchun kompensatsiya beriladi. Ortiqcha elektr energiyasini elektr tarmoqlariga sotish mumkin. Agar quyosh energiyasi uchun maxsus oshirilgan tariflar qo‘llanilsa, ikkita hisoblagich o‘rnatiladi - biri ishlab chiqarish uchun, ikkinchisi iste'mol uchun. Shu bilan birga, barcha elektr energiyasi quyosh batareyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi elektr tarmoqlariga yuqori narxda sotiladi, uyning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji esa elektr energiyasini tarmoqlardan oddiy narxda sotib olish orqali qondirilishi xam mumkin. Shu tariqa, nafaqat yil davomida elektr energiyasining nol sarflanishini, balki yiliga nol elektr energiyasi iste'molini ham ta'minlash mumkin (yozda elektr tarmog‘iga ortiqcha energiya beriladi, qishda esa quyosh nuri yetishmasa, elektr energiyasi elektr tarmog‘iga yetkazib beriladi). Hozirgi kunda xonadonlar uchun uncha katta quvvatli bo‘lmagan sistemalarni shunday ish rejimida ulash maqsadga muvofiqdir [76-80].



Download 97.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling