Odatda kichik quyosh elektr stansiyalari tahminan quvvati (2 kW dan -5 kW gacha ) bo‘lgan uylarning tomlariga yoki quyosh nuri tushishi qulay bo‘lgan joylarga o‘rnatish maqul xisoblanadi. Kichik QESlar bir nechta asosiy qismlardan tashkil topgan. Biz loyihalayotgan 7 qavatli turar-joy binosi uchun kerakli jihozlar quyidagilar. Quyosh Paneli. Mazkur elementlarning ichida eng asosiy va muhim qism hisoblanib quyoshdan hech qanday harakatlanuvchi qismlar, nol emissiya va parvarish qilinmasdan quyosh nurini elektr energiyasiga aylantirib erkin energiya hosil qiladi. Quyosh batareyalari fotoeffekt xodisasi asosida ishlaydi. Ularning bugungi kunda asosan uch xil: monokristalli kremniy, polikristalli kremniy, amorf kremniy quyosh paneli turlari mavjud. Monokristall kremniy quyosh panellari. Monokristalli kremniy asosida quyosh batareyalarini ishlab chiqarish, manba materialining (monokristalli kremniy) eng yuqori tozaligi tufayli, tijorat modullari orasida fotoelektrik konversiya samaradorligining eng yuqori ko‘rsatkichlarini olishga imkon beradi. Ular bitta kremniy kristalini gofretlarga bo‘lish orqali olinadi. Monokristal elementlar dumaloq burchaklarga va bir tekis yuzaga ega. Dumaloq burchaklar monokristalli kremniy ishlab chiqarishda silindrsimon zagatovka olinishi bilan bog‘liq. Monokristalli elementlarning rangi va tuzilishining bir xilligi bu bitta o‘stirilgan kremniy kristal va kristall strukturasi bir hil bo‘lishiga bog‘liq. Ushbu elementlarning samaradorligi 20% dan 25% gacha. 3.6-rasm Monokristall kremniy panellarning umumiy ko‘rinishi
3.2-jadval Asosiy texnik tavsiflari:
Do'stlaringiz bilan baham: |