Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Download 469.04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rodopsin + yorug’lik
Rang ko’rish - ko’zning to’lqin uzunligi turlicha bo’lgan yorug’likni sezish
qobiliyatiga aytiladi. Ma’lumui, odam ko’zi 302-950 mmk atrofidagi yorug’lik nurlarini sezadi va idrok eta oladi. Rang ko’rish, uch komponentli nazariyaga ko’ra, yutish maksimumlari 445 nm, 535 nm va 670 nm sohalar bilan xarakterlanadigan, rodopsinlarga ega uch tip kolbachalar mavjudligi bilan shartlangan. Rodopsinlar tomonidan yorug’likning yutilishi, kolbachalarda potentsial paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ranglar va ular orqali tasvirning qabul qilinishi, to’r pardadagi kolbachalargina emas, balki butun bir ko’rish analizatori faoliyatidir. Kolbacha hujayralari pigmenti tarkibida ham rodopsin kabi II-tsis-retinal mavjud bo’lib, bu pigmentning oqsilli qismi boshqacha strukturaga ega va shu tufayli yodopsin deb ataladi. Odamning kolbacha hujayralari yutilish maksimumlari to’lqin uzunligi 445, 535 va 570 nm ga teng yodopsinlardan tashkil topgan va bu uch komponentli rang sezish nazariyasiga asos qilib olingan. Yodopsin oqsil strukturasidagi izdan chiqish holatlari organizmda ko’rish apparati faoliyatida turli xil patologiyalarning kelib chiqishiga olib keladi. Masalan, daltonizm kasalligida yodopsin oqsillarning sintezlanishi buziladi va ko’z qizil hamda yashil ranglarni ajratish qobiliyatini yo’qotadi. Yorug’lik nuri, spektral xossalar bilan xarakterlanib, ko’rish pigmentlari, masalan, rodopsin, nur energiyasining qamrovchilaridir. Nur yutish evaziga ularning elektronli qo’zg’algan holatga o’tish qobiliyati ko’rish signalining paydo bo’lishini ta’minlovchi jarayonlar zanjirini boshlab beradigan triggerlik xossasini shartlaydi. Fotoretseptsiyaning umumiy reaktsiyasini, quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin: Rodopsin + yorug’lik ––– nerv impulsi Ko’rish pigmentlarining yutish spektrlari, ko’rish retseptsiyasining ta’sir spektrlariga mos tushadi. Yorug’likka sezgir hujayralar, kuchaytirish koeffitsenti 105 - 106 bilan xarakterlanadi. Yorug’lik kvanti, rodopsin orqali, nerv impulsi paydo bo’lishining asosida yotuvchi, ionlarning membrana orqali yuzaga keladigan kuchli oqimni boshlab beradi. Energetik nuqtai nazardan, fotoretseptsiya yuksak endergonik jarayon hisoblanadi. To’r parda fotoretseptorlari ko’p qavatli hujayralardan tashkil topgan. Pigmentli epiteliyda hosil bo’ladigan tasvir, kirish signali vazifasini bajaradi. Chiqish signali esa ko’rish nervida impulslar bilan kodlangan, neytral tasvirdir. Fotoretseptor hujayralar tayoqcha va kolbachalar molekulyar fotoretseptor strukturalarini o’z ichiga olgan, parallel disklarning ketma-ketligidan iborat, cho’ziq shakldagi qurilmadir. Disklar qalinligi, taxminan 12-15 nm, ular orasidagi masofa esa 14-16 nm ni tashkil etadi. Kolbachalar rangli ko’rishni ta’minlasa, tayoqchalar kuchsiz yoritilganlikdan ta’sirlanadi. To’r pardadagi hujayralararo sinaptik kontaktlar mavjud. Gorizontal hujayralar qo’shni retseptorlarni bir-biri bilan bog’lab, informatsiyaning lateral yo’nalishdagi o’tkazilishini ta’minlasa, bipolyar hujayralar informatsiyaning ichki sinaptik qatlamga o’tkazilishini ta’minlaydi. Ganglioz hujayraning xar biri cheklangan sondagi fotoretseptor hujayralardan informatsiya oladi. Ko’rish pigmentlari lipoxromoproteidlar, ya’ni oqsil, lipid hamda xromofor retinaldan iborat kompleksdir. Download 469.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling