Bioelektrogenez. Elektro’tkazuvchanlik ionlarning muvozanat potensiali, membrananing stasiolar
Muvozanatlanmagan termodinamik jarayonlar kechishining xarakteri
Download 469.04 Kb.
|
BIOELEKTROGENEZ
Muvozanatlanmagan termodinamik jarayonlar kechishining xarakteri.
Kuchli darajada muvozanatlanmagan termodinamik oqimlar bilan kuchlar o’rtasidagi aloqa chiziqli bo’lmaydigan, demak, Ongazer aloqadorligiga bo’ysunmaydigan sistemalar termodinamikasi bir qator tadqiqotchilar, birinchi navbatda I.Prigojin va P.Gnensdorf tomonidan rivojlantirildi. Mazkur yangi, hali ham oxiriga yetkazilmagan nochiziq jarayonlar termodinamikasi deb nom olgan ta’limot turli tabiatga ega, kuchli darajada muvozanatlanmagan ochiq sistemalarda o’zligidan tartiblangan strukturalar paydo bo’ladi, ya’ni ularda o’zligidan tashkillanish ro’y beradi, deb ta’kidlaydi. Nemis olimi G.Xaken, shu xil o’zligidan tashkillanish jarayonlari uchun umumiy bo’lgan, "sinergetika" atamasini taklif etdi (synergeia- yunoncha birgalikdagi yoki kooperativ harakat). Sinergetikaning fizikaviy mohiyati shundan iboratki, muvozanatdan uzoqdagi nochiziq sohada, sistema o’z barqarorligini yo’qotadi, katta bo’lmagan funksiyalar, sistemani ko’p sonni zarrachalarning birgalikdagi harakati orqali yangi rejimga olib chiqadi. Kuchli darajada muvozanatlanmagan sistemalarda bunday o’zligidan tashkillanishning qaror topish hodisasi fizika, kimyo, ayniqsa, biologiyada muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlar va ularning organsistemalari kuchli darajada muvozanatlanmagan mikrosistemalar bo’lnib, ularda har doim turli gradiyentlar konsentrasiya, harorat, elektr va bosim gradiyentlari mavjud. Mazkur xulosa, dunyoqarash nuqtai-nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Sinergetika, tabiat qonunlari asosida betartib sistemalarda qanday qilib muayyan bir tartiblangallikning paydo bo’lishi va paydo bo’lgan tartiblanganliklarning murakkabnasha borib rivojlanishini izohnab beradi. M.Eygen, kuchli darajada muvozanatlanmagan murakkab sistemalarda kodlar tarzida yozingan informasiya shakllangan strukturalarning o’ziga o’xshaganini yaratish jarayenini boshqarib turiladi, deb ko’rsatdi. Nochiziq termodinamikaning rivojlanishi natijasida, hayotning paydo bo’lishiga doir fizikaviy gipotezani ilgari surishga imkon yaratindi. Nochiziq termodinamika ikkinchi qonunining statusini tubdan o’zgardi. Haqiqatdan ham, bu qonun, ko’rib o’tganimizdek, muvozanatga yaqin qaytmas jarayonlar faqat strukturaning inqirozigina emas, muvozanatdan uzoqdagi qaytmas jarayonlar tufayli ham strukturalar paydo bo’lishini bashorat etadi. Termodinamikaning ikkinchi muqaddimasi barcha o’zida real jarayonlarning qaytmasnigini aks ettirish bilan birga materiyaning taraqqiyet qonunini ham ifodanaydi. Ikkinchi muqqadimaning mana shu tarzda tushuninishi, mazkur qonun (berk sistemalarda entropiyaning oshishi, demak, tartiblanmaganlikning oshishi haqidagi qonun) bilan tirik tabiatda, murakkabnasha boruvchi va o’z-o’zni hosil qiluvchi strukturalar paydo bo’lishi va ularning rivojlanishi hoqidagi Darvin ta’limoti o’rtasidagi juz’iy zidlikka barham berdi. Ta’kidlash lozimki, bu yerda so’z tirik sistemaning ochiq emas, balki uning tashqi muhit bilan birgalikda yopiq sistema hosil qilishi haqida, ya’ni tirik sistema murakkablik darajasining oshishi barobari sistema entropiyasining oshib borishi haqida boryapti. Gnensdorf-Prigojin kriteriysiga binoan, muvozanatdan uzoqdagi ochik sistemalarda tartiblangallik qaytmas jarayonlar tufayli, nochiziq sohada, sistema parametrlari ma’lum bir kritik darajadan oshganda paydo bo’ladi. Prigojin bunday tartiblangan strukturani dissipativ struktura deb atadi. Dissipativ strukturalarning fazoviy, zamonaviy va fazo-zamoniy strukturalar deb ataladigan turlari mavjud. Download 469.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling