Bioethics and Law
Download 347.15 Kb. Pdf ko'rish
|
global-bioetikaning-ahloqiy-muammolari
TSDI & TMA | International Conference | 2022 Tashkent State Dental Institute Google Scholar indexed Tashkent Medical Academy DOI: 10.24412/2181-1385-2022-38-41 Bioethics and Law | Bioetika va huquq 38 May 12, 2022 www.tsdi.uz www.tma.uz GLOBAL BIOETIKANING AХLOQIY MUAMMOLARI G. J. Abdullayeva TDSI Stomatologiya fakul’teti 5-kurs talabasi D. G. Sattorova Ilmiy rahbar: f.f.n, dotsent ANNOTATSIYA Bioetikaning insonni uning hayoti va sog’ligiga tibbiyot va biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish, tibbiyot etikasi faqat vrachlarga taalluqli ekanligi, bioetika qo’mitalari faylasuflar, ekologlar, huquqshunoslar, jamoatchilik vakillari, shahar ma’murlaridan shu bilan birga tibbiyot etikasi, vrachning majburiyatlari haqida, bioetika patsiyentlarning huquqlarini himoya qilishi yoritilgan. Kalit so’zlar: Biotsyentrizm, simpozium, antropotsyentristik, sivilizatsiya, umuminsoniy, ta’limni ijtimoiylashtirish, YUNESKO, dyeontologiya, patyernalizm printsipi, passiv ishtirok , tibbiyot etikasida. Global bioetika bir insonning boshqa odamlarga, hayvonlarga, tabiatga va butun borliqqa hurmat bilan munosabatda bo’lishi zarurligini e’tirof etadi. Ma’naviyatni o’stirish, biotsyentrizm nuqtai nazaridan dunyoqarash va madaniyatni shakllantirish, fanni rivojlantirish antropotsyentristik qarashlardan voz kechish bioetikaning asosiy maqsadlaridir. 1990 yilda o’tkazilgan bioetika masalalari bo’yicha simpozium bergan ta’rifga ko’ra, bioetika- tibbiyot va biologiyaning rivojlanishiga qarab yuzaga keladigan aхloqiy, huquqiy va ijtimoiy muammolarni o’rganuvchi bilim sohasi. Boshqacha qilib aytganda, bu aхloqiy munosabat me’zonlari to’g’risidagi fan, jamiyat manfaatlarini ilm - fan tajovuzidan himoya qiluvchi institut, shuningdek tibbiyot sohasidagi aхloqiy muammolarni hal qilish metodologiyasidir. Bioetikaning asosiy maqsadi - insonni uning hayoti va sog’ligiga tibbiyot va biologiyaning salbiy ta’siridan himoya qilish. Agar tibbiyot etikasi faqat vrachlarga taalluqli bo’lsa, bioetika qo’mitalari faylasuflar, ekologlar, huquqshunoslar, jamoatchilik vakillari, shahar ma’murlaridan tuziladi. Tibbiyot etikasi vrachning majburiyatlari haqida so’z yuritsa, bioetika patsiyentlarning huquqlarini himoya qiladi. Tibbiyot etikasi rivojlanishining asosiy bosqichlarini bioetika haqida, biz faqat tibbiyotda 1970-yildan keyin sodir bo’lgan хodisalar nuqtai nazaridan so’z yuritishga Download 347.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling