Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari h. T. Avezov z. A. Sulaymonova


 – ish. MOYLARNING SOVUNLANISH VA EFIR SONINI ANIQLASH


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/40
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1728864
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Bog'liq
13064 1 211BE9300271E6666E098B42512219971A5D3823

 
9 – ish. MOYLARNING SOVUNLANISH VA EFIR SONINI ANIQLASH 
 
Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlik moylari, KOH ning spirtdagi 0,5 n 
eritmasi, toluol, butil, propil, amil spirtlar, xlorid kislotaning 0,5 n eritmasi, 
fenolftalein yoki timolftalein, suv hammomi, kolba, probirka, pipetkalar. 
Sovunlanish soni deb, 1 g moy tarkibidagi sof kislotalarni neytrallash va 
murakkab efirlarni sovunlash uchun sarflangan KOH ning milligramm miqdoriga 
aytiladi. Sovunlanish soni yog’ (moy) lar tarkibiga kiruvchi yog’ kislotalarning 
o’rtacha molekulyar massasini xarakterlovchi ko’rsatgich ham hisoblanadi. 
O’simlik moylarining sovunlanish soni har xil o’simliklar uchun turlichadir. 
I SH N I N G B O R I SH I 
Analitik tarozida 2 g yog’ tortib olib, 200 ml hajmdagi kolbaga solinadi. 
Unga KOH ning spirtdagi 0,5 n eritmasidan 25 ml qo’shiladi. Kolbaga teskari 
sovutgichni vertikal holatda o’rnatib, qaynab turgan suv hammomida 1 soat 
davomida sekin qizdiriladi. Shunda kolbadagi yog’ butunlay sovunlanishi lozim. 
Gidroliz mahsulotlari suvda erib, tiniq eritma hosil qilishi kerak. Bunda eritma 
ustiga yog’ tomchilari suzib yurmasligi va kolba ichidagi eritmaga suv 
qo’shilganda u loyqalanmasligi kerak. 
Qizdirish vaqtida KOH ning spirtdagi eritmasi o’zgarib ketishi mumkin, 
shuning uchun asosiy tajriba bilan birgalikda nazorat tajriba ham qo’yiladi. 
Nazorat tajribada yog’ qo’shilmaydi. 
Qizdirish to’xtatilgandan so’ng tezda har ikkala kolbaga 25 ml dan issiq suv, 
1 ml dan fenolftalein eritmasi qo’shib kolbalardagi suyuqlik rangsizlanguncha 
reaksiyaga kirishmay ortib qolgan KOH ni xlorid kislotaning 0,5 n eritmasi bilan 
titrlanadi. 


37 
Agar tahlil uchun olingan moy qiyinlik bilan sovunlansa, jarayonni 
tezlashtirish uchun ozgina ksilol qo’shib, ko’proq qizdiriladi. Agar sovunlanish 
mahsulotlari rangli bo’lsa, fenolftalein o’rniga timolftalein ishlatiladi. 
Sovunlanish soni S. s quyidagi formula orqali hisoblanadi. 
P
V
V
С
С
055
,
28
)
(
.
2
1



bunda: 
V
1
- nazorat tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 n xlorid kislotaning ml 
miqdori; 
V
2
– asosiy tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 n xlorid kislotaning ml 
miqdori; 
R – tahlil uchun olingan yog’ning massasi; 
28,055 – 0,5 n KOH eritmasining 1 ml da eritilgan KOH ning mg miqdori; 
Sovunlanish va kislota sonlari asosida efir sonini ham aniqlash mumkin. 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling