Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 9.4. Lazer nurlarining fizik xossalari va biologik ta’siri
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 9.4. Lazer nurlarining fizik xossalari va biologik ta’siri
Fotolyuminessensiyada lyuminessensiyalanuvchi moddaning atomlari mutlaqo tartibsiz nurlaydi. Ular har xil vaqtda nurlanadi, chastotalari va fazalar ayirmasi turlicha bo’ladi, yo’nalishlar ham har xil. Ammo keyingi vaqtlarda bir xil PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 208 yo’nalishli yorug’likning ingichka dastasini hosil qiluvchi monoxromatik nur hosil qiluvchi qurilmalar paydo bo’ldi. Bularga optik kvant generatorlar (OKG) deyiladi. «Lazer» degan nom quyidagi inglizcha so’zlarning birinchi harflaridan tuzilgan Light Amplification by Stymylated Emission of Radiotion. (Majburiy nurlantirish yuli bilan yorug’likni kuchaytirish). Ishlatiladigan modda turiga qarab qattiq, suyuq va gaz lazerlari mavjud. Lazerlarni N.G. Basov, A.M.Proxorov, Ch.Tauns yaratgan. Lazer ishlay boshlashi uchun uning ishchi moddasidagi ko’p atomlar metastabil holatlarga o’tishi kerak. Unda atom nisbatan uzoq vaqt yashaydi, ya’ni 10 -3 sekund. Buning uchun ishchi moddaga maxsus manbadan yetarlicha katta elektromagnit energiya beriladi, metastabil holdan barcha atomlar deyarli bir vaqtda normal holatga o’tadi. Shu masalani to’laroq qarab chiqaylik. Kvant o’tishlar 2 ga bo’linadi. Agar bu o’tish ichki bo’lib, atom o’z-o’zidan quyi holatga o’tsa, bunday o’tishga spontan o’tish deyiladi. Bu vaqt bo’yicha tasodifiy va xaotikdir. Oddiy yorug’lik manbalari spontan nur chiqaradi. Agar o’tish majburiy bo’lib foton bilan uyg’ongan zarracha ta’sirlanishi natijasida hosil bo’lsa majburiy ( indusirlangan) o’tish deyiladi. Majburiy o’tish paytida 2 ta foton tarqaladi: birlamchi va ikkilamchi fotonlar. Majburiy o’tishlar soni birlamchi fotonlar intensivligi va energetik sohalarning to’laligiga bog’liq. Zarrachalarning energetik sathlar bo’yicha taqsimlanishi Bolsman konuniga bo’ysunadi. Elektromagnit to’lqinlarning kuchayishini kuzatish uchun hyech bo’lmaganda ikki energetik holat uchun Bolsman taqsimotiga teskari holatni yuzaga keltirish zarur. Bu holat Bolsman taqsimotida formal T < OK uchun hosil qilinishi mumkin. Shuning uchun bu holatga manfiy haroratli holat yoki inversli holat deyiladi. Bunday moddada yorug’lik tarqalsa uning intensivligi oshadi, ya’ni yutilish kam bo’ladi. Bu degani Buger qonunida (J = J 0 S - l χ ) χ < 0 ya’ni yutish koeffisiyenti manfiy. Inversiya to’ldirilganlik holati maxsus uyg’otiladi. (elektr yoki yorug’lik bilan). O’z-o’zidan manfiy haroratli holat ko’p vaqt tura olmaydi. Bu OKGlar ishlash prinsipidir. Birinchi o’ta yuqori chastotali radioto’lqinlar diapazonda lazer 1955 yilda yaratilgan. 1960 yilda rubin kristalida lazer yaratildi. Shu yili geliy - neon lazeri yaratildi, unda nurlovchi bo’lib neon atomi hizmat qiladi. Geliy atomi esa yordamchi vazifasini bajaradi. Elektr razryadi vaqtida neon atomlarining bir qismi asosiy 1 holatdan 3 holatgan o’tadi, neon uchun 3 holatda yashash davri kam va tezda u 1 yoki 2 holatga o’tadi. (9.10 a- rasm) Inversiya to’ldirilganlik hosil qilish uchun 3 holatda yashash davrini oshirish zarur. Geliy atomi esa xuddi shu vazifani bajaradi. Geliyning birinchi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling