Biofizika kitob yangisi 2013. doc


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

W
W
=
η
(9.16) 
Lyuminessensiya spektri lyuminessensiyalanuvchi moddaning tabiatiga va 
lyuminessensiya turiga bog’liq. Yuqorida ko’rib o’tilgan lyuminessensiya-lardan 
fotolyuminessensiya amalda ko’proq ahamiyatga ega, shu sababli uni mufassalroq 
qarab chiqamiz. Lyuminessensiya spektri va uning maksimumi uyg’otishda 
9.7-расм. Оқсил (1) ва нуклеин 
кислоталар (2) ютилиш спектри. 
λ- тўлқин узунлиги, D-оптик 
зичлик. 
9.8-расм. Ароматик аминокисло-
таларнинг хона ҳароратида PH 
7,0 
сувдаги 
люминес-ценция 
спектрлари: 1-фенила-ланин, 2-
тирозин, 3-триптофан, I-интен-
сивлик

λ
 тўлқин узунлиги 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


206
foydalanilgan spektrga nisbatan uzunroq to’lqinlar tomonga birmuncha siljigan 
bo’ladi. Bunga Stoks qoidasi deyiladi. Buni kvant nazariyasiga asosan tushuntirish 
mumkin. Yutilayotgan h
υ

kvant energiyasining bir qismi boshqa energiyaga 
aylanadi. Masalan, issiqlik energiyasiga. Shuning uchun lyuminessensiya 
energiyasi h
υ
<
h
υ
0
bo’ladi. Bunda 
υ
0
>
υ
yoki
λ

<
λ
9.9-rasm. Stoks qonunini ifodalovchi chizma. 
Ba’zida antistoks lyuminessensiya ham bo’ladi. 
λ


λ
Avval uyg’ongan 
molekula yorug’lik kvantini yutgan xolda ro’y beradi. Bu holda lyuminessensiya 
kvantiga yutilgan foton energiyasining bir qismidan tashqari yana molekulaning 
uyg’onish energiyasi kiradi. Demak, h
υ
> h
υ
0
va
λ


λ
Suyuq 
va 
qattiq 
lyuminoforlarning 
muhim 
xususiyati, 
ularning 
lyuminessensiya spektrining yorug’lik to’lqinlarining uzunligiga bog’liq 
bo’lmasligidan iborat. Shu tufayli fotolyuminessensiya spektriga qarab suyuq va 
kattik lyuminoforlarning tabiati to’g’risida fikr yuritish mumkin. 
Atom yoki molekula ketma-ket oraliq nurlanishlardan asosiy holga o’tadi. 
Lyuminessent 
analiz 
– 
bunda 
ultrabinafsha 
nurlar 
bilan 
uyg’otilgan 
fotolyuminesensiya spektriga qarab modda tarkibi aniqlanadi. Bu juda sezgir usul 
bo’lib 10
-10
gramm moddani aniqlash mumkin. Lyuminessensiya usuli bilan qishloq 
xo’jalik mahsulotlarining buzila boshlanishini aniqlanadi. Farmakologik 
mahsulotlarni saralashda va kasalliklarga tashxis qilishda qo’llaniladi. Maxsus 
mikroskoplar yordamida obyektlarning lyuminessent tahlili olib boriladi. Bu 
mikroskoplarda yorug’lik manbai sifatida yuqori bosimli simob lampalari va 2 ta 
svetofiltrlar ishlatiladi. Bulardan bittasi kondensor oldida joylashtiriladi va u 
lyuminessensiya uyg’otuvchi nurni ajratadi. 
Fotolyuminessensiya yordamida mashinalar detallari va boshqa buyumlar 
sirtidagi yoriqlarni ham payqash mumkin. Buning uchun detal sirti lyuminofor 
modda bilan moylanib 15-20 minutdan so’ng yuviladi. Yoriqlarda qolgan 
lyuminofor shula’lanishi tasvirga olinadi.. Fotolyuminessensiya yashirin yoritish 
va dekorativ maksadlarda (buyoq ranglar) foydalanilmoqda. 
Lyuminessent analiz deb, ultrabinafsha nurlar ta’sirida moddalarning 
shulalanishiga qarab, ularning tarkibini aniqlash usuliga aytiladi. Bu holda 
tekshirilayotgan moddaning xususiy lyuminissensiyasi yoki unga kiritilgan 
lyuminoforning nurlanishi kuzatiladi. Bu usulda moddaning buzilishisiz tahlil 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


207
o’tkazishga imkon beradi. Lyuminessent analiz fan va amaliyotning turli 
sohalarida ishlatiladi. Masalan, kriminalistikada ultrabinafsha nur bilan nurlantirish 
yordamida qonning ko’rinmaydigan izlarini aniqlash mumkin. Odamlar, hayvonlar 
va qushlar qonining nurlashi bir-biridan farq qiladi. Xuddi shunday haqiqiy va 
qalbaki pullar ham turlicha nurlaydi. Lyuminessent analiz yordamida suratlarning 
haqiqiy yoki nusxa ekanligini aniqlash mumkin.
Veterinariya-sanitariya ekspertizasida ham bu usuldan keng qo’llaniladi. 
Masalan go’sht-sut stansiyalarida, bozorlardagi veterinariya laboratoriyalarda 
mahsulot sifatini nazorat qilishda ekspres analiz uchun mahsulotlar ultrabinafsha 
nurlar bilan nurlantirilganda uning buzilish darajasining ko’payishiga qarab qizil 
binafsha rangdan, zangori-ko’k rang ko’rinishida, baliqlar – sariq rangdan sarg’ish-
zangori rang ko’rinishida, sut – zangor sarg’ish rangdan ko’k rang ko’rinishiga 
qarab o’zgaradi. Lyuminessent analiz bir necha minut ichida mahsulotlarning 
boshlang’ich buzilishini aniqlab berishi mumkin. Bundan tashqari, lyuminessent 
mikroskoplar yordamida ham mahsulotlar sifatini, mikropreparatlar nurlanishiga 
qarab infeksion kasalliklarni uyg’otuvchilarni, immunofluoressent usul yordamida 
hayvonlarda infeksion kasalliklarning boshlanishini aniqlash mumkin.
Biokimyoviy 
lyuminessensiya 
deb 
tirik 
to’qimalarning 
kuchsiz 
shu’lalanishiga aytiladi.
Biolyuminessensiyada ba’zi tirik organizmlarning nurlanishning ko’rinadigan 
sohasida lyuminessent nurlanishiga aytiladi. Bu holda kimyoviy energiyaning 
yorug’lik energiyasiga o’tish darajasi ancha yuqori bo’ladi. Buning mexanizmi 
ancha murakkab va to’la o’rganilgani yo’q. Ko’p tirik organizmlarda vodorod bilan 
boy organik birikmalarda fermentativ oksidlanish, ya’ni lyusiferinoz yuz beradi. 
Oksidlanishni tezlatuvchi fermentlarga lyusiferedlar deyiladi.
Alohida olingan lyusiferin oksidlanishi va nurlashi uncha katta emas, lekin 
lyusiferin ta’sirida lyuminessensiya intensivligi 10000 marta oshishi mumkin. 
Biolyuminessensiya bo’lishi uchun, lyusiferin molekulalari bo’lishi zarurdir. 
Uning tarkibida atigi 10
-9
gramm bo’lsa lyuminissensiya yuz beradi. Ba’zi hollarda 
fermentlar bo’lmasa ham nurlanish bo’lishi mumkin.
Biolyuminessensiya ko’plab har xil jonivorlar uchun xos bo’lgan 
xususiyatdir. Masalan, bakteriyalar, hashoratlar baliqlar, malyuskalar va hokazo. 
Taxminan 250 turga yaqin jonzodlarda bu hol kuzatiladi. Ko’plari bu xususiyatdan 
o’ljasini ushlashda, ba’zilari dushmanini qo’rqitishda qo’llaydi. Bunday hollarda 
nurlanish energiyasi 0,02 kJ bo’lishi mumkin. Ko’plab o’simlik va jonzodlarda 
nurlanish intensivligi kuchsiz bo’lib, ularni fotokuchaytirgichlar yordamida qayd 
qilish mumkin. Bu lyuminessensiya hujayradagi bo’linishlar bilan bog’liq 
bo’lganligi sababli tirik organizmdagi o’zgarishlar haqida qo’shimcha axborotlar 
berishi mumkin.

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling