Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 9.2. Rentgen nurlari, xossalari va qo’llanilish sohalari
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 9.2. Rentgen nurlari, xossalari va qo’llanilish sohalari Rentgen nurlari deb to’lqin uzunligi 80 nmdan 10 -6 nmgacha bo’lgan elektromagnit to’lqinlariga aytiladi. Rentgen nurlar 2 xil bo’ladi, tormozli va qattiq (xarakteristik). Rentgen nurlari rentgen trubkalarida hosil qilinadi. 9.5-rasm. Rentgen trubkasi tuzilishi. Havosi surilgan (10 -7 mm ust.gacha) idishdagi anod va katod orasida 10 5 V kuchlanish beriladi. Bunda katoddan chiqayotgan elektronlar 100000 km/s ga yaqin tezlikka erishadi. Bu elektronlar anodda tormozlanganda undan qisqa to’lqinli elektromagnit to’lqinlar (rentgen nurlar) chiqadi. Bunda turli elektronlar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 201 turlicha tezlikka ega bo’lgani uchun hosil bo’layotgan rentgen nurlarning to’lqin uzunligi ham turlicha bo’ladi va u tutash spektrga egadir. Shu sababli ularga oq rentgen nurlari deyiladi. Kuchlanish katta bo’lganda esa xarakteristik rentgen nurlari chiqa boshlaydi va u chiziqli spektrni beradi. Elektronlar anodda tormozlanganda energiyaning faqat bir qismi rentgen nuri hosil qiladi. Qolgan qismi esa anodni qizdirishga sarf bo’ladi. λ min – bu elektron energiyasi foton energiyasiga teng bo’lganda hosil bo’ladi. min max λ υ hc h eU = = (9.9) eU hc = min λ (9.10) Qisqa to’lqin uzunlikka ega rentgen nurlari uzun to’lqin uzunlikli rentgen nurlariga qaraganda modda ichiga kuchli kirish xususiyatiga ega bo’lgani uchun, ularga qattiq rentgen nurlar, uzun to’lqin uzunlikli rentgen nurlarga esa yumshoq rentgen nuri deyiladi. Rentgen nurlar oqimi Z U I k Ф ⋅ ⋅ ⋅ = 2 (9.11) formuladan aniqlanadi. Bu yerda U va I lar rentgen trubkasidagi kuchlanish va tok kuchi, 9 10 − = k 1 − B proporsionallik koeffisiyenti, − Z anod moddasi atomining tartib nomeri. Xarakteristik rentgen nurlar spektri chiziqlidir. Katta tezlikka ega elektronlar atomning ichki elektron qobiqlariga kiradi va undan elektronni urib chiqaradi. Bo’sh o’rinlarga yuqori energetik holatlardan elektron o’tadi va rentgen fotoni chiqadi. Optik spektrlardan farqli holda rentgen spektrlari turli atomlarda o’xshash bo’ladi. Buning sababi turli atomlarning ichki qatlamlari o’xshash bo’lib, faqat energetik jihatdan farq qiladi, ya’ni yadroning ta’siri tartib nomeri ortishi bilan ortib boradi. Bu esa xarakteristik rentgen nurlar spektrining yadro zaryadi ortishi bilan katta chastota tomonga siljishiga olib keladi. Buni Mozli qonuni bilan ifodalash mumkin. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling