Biofizika kitob yangisi 2013. doc


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


196
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
IX bob. ATOM TUZILIShI VA NURLANIShI 
 
§ 9.1. Atom elektron qobiqlarining tuzilishi 
Atom bo’linmas zarracha ekanligini eramizdan oldingi olimlar (Demokrit, 
Epikur, Lukresiy) aytib o’tgan edi. O’rta asrda fan rivoji deyarli bo’lmadi, faqat 
XVIII asrdagina atom haqidagi ta’limot yana qaytadan rivojlandi (Lavuazye, 
Lomonosov, Dalton). Bu vaqtda atomning ichki tuzilishi haqida hali gap bormas 
edi. Atom tuzilishi haqidagi ta’limot 1869 yil D.I.Mendeleyevning davriy tizimi 
e’lon qilingandan so’ng yangi bosqichga kirdi. XIX asrda elektron atom tarkibidagi
zarrachalardan biri ekanligi tajribada tasdiqlandi, faqatgina XX asr boshida 
atomning ichki tuzilishini o’rganish haqidagi masala o’rtaga qo’yildi. Birinchi bor 
bu masalani 1903 yilda Dj.Tomson amalga oshirishga urindi. Uning modeli 
bo’yicha, atom uzluksiz musbat zaryadlangan shardan iborat bo’lib uning ichida 
o’zining muvozanati atrofida tebranib turuvchi elektronlar joylashgan musbat va 
manfiy zaryadlar yig’indilari nolga teng bo’lib, shu sababli atom normal holda 
neytraldir Atom o’lchami radiusi 10
-10 
m bo’lgan shar shaklidagi zarrachadir. 
Atom tuzilishi haqidagi ta’limotda Rezerford 
α
-zarrachalarning moddada 
sochilish bo’yicha olib borgan tajribasi muhim rol o’ynaydi. 
α
- zarrachalar 
radioaktiv yemirilish paytida hosil bo’ladi. Ular musbat zaryad-langan bo’lib 
zaryadi +2ye va masasi 
e
m
7350
ga teng, tezligi 10
7
m/s 
9.1-rasm. Rezerford tajribalari. Bunda 

F
oltin folga, 

a
lyuminessent ekran, 

M
mikroskop. 
 
Rezerfordning tajribasida qalinligi 1 mkm bo’lgan oltin folgadan 
α

zarrachalarning o’tishi kuzatildi. Natijada asosiy 
α
- zarrachalar yo’nalishidan 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


197
ozroq og’gan holda o’tib ketadi, lekin ba’zi (20000 dan 1 tasi) 
α
- zarrachalar o’z 
yo’nalishidan keskin buralib ketadi (hattoki 180

ga) Elektronlar massasi juda 
kichik bo’lgani uchun bunday og’dirishga qodir emas va demak, qandaydir og’ir 
musbat zaryad ta’sirida shunday hol bo’lishi kerak. Ana shu tajriba natijalariga 
asoslangan holda 1911 yilda Rezerford atomning planetar modelini taklif qildi. Bu 
modelga binoan zaryadi Ze bo’lgan musbat yadro (o’lchami 10
-14
– 10
-15
m) 
atrofida yopiq orbita bo’ylab elektronlar aylanadi. Atom neytral zarracha bo’lgani 
uchun yadro zaryadi, elektronlar zaryadlari yig’indisiga tengdir. Atomning butun 
massasining 99.94 foizi yadroda mujassamlangandir. Bu yerda Z – ximiyaviy 
element tartib nomeri. 
Bu ta’limot klassik fizika qonunlariga mos kelmaydi. Klassik elek-
trodinamikaga binoan elektron yadro atrofida 10
6
m/s tezlik bilan ayla-nib 
(tezlanishi 10
22
m/s
2
) aylanish chastotasiga mos elektromagnit to’lqinlar chiqarishi 
kerak . Bu esa energiyaning kamayishiga olib keladi va elektron yadroga qulab 
tushishi kerak. Elektron yadroga yaqinlashgan sari uning aylanish chastotasi oshib 
boradi. Bu esa atom tutash spektrli nurlanish chiqarishi kerakligini ko’rsatadi. 
Demak, klassik fizika atomning planetar modelini tushuntirib bera olmaydi, chunki 
atom turg’un tizim bo’lganligi uchun atom tutash emas, chiziqli spektr nurlaydi. 
Turli xil gazlarning spektrini o’rganish shuni ko’rsatdiki, har qanday gaz 
ma’lum chiziqli spektrni berar ekan. Spektral chiziqlarni gruppa (seriya)larga 
taqsimlash mumkin. Biror seriyaga tegishli spektr o’zaro ma’lum qonuniyatlar 
bilan joylashadi. Shveysariyalik matematik-fizik Balmer vodorod atomini o’rgandi 
va ularning nurlanish chastotasi quyidagi empirik formula bilan aniqlanishini 
ko’rsatdi. 







=
2
2
1
2
1

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling