Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 10.3. Radioaktiv nurlarni qayd qilish usullari


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 10.3. Radioaktiv nurlarni qayd qilish usullari 
Atom yadrolarini va yadrodagi ichki jarayonlarni o’rganishda juda ham kichik 
zarrachalar (elektronlar, protonlar. 
α
-zarrachalar va hokazolar) bilan ish ko’rishga 
to’g’ri keladi. Bu mikrozarrachalarni kuzatish va qayd qilish uchun yadro fizikasi 
asosan quyidagi asboblar va usullardan foydalanadi: ionizasion hisoblagich
ssintillyasiya hisoblagich, Vilson kamerasi, pufakli kamera, qalin qatlamli 
fotografiya emulsiyasi va boshqalar. 
Ionizasion schyotchigi - bu harakatlanayotgan zaryadlangan mikrozar-racha 
gazni ionlashtirishida gazda razryad paydo bo’lishini qayd qiladi. 
10.2-rasm. Geyger – Myuller hisoblagichi: 1-shisha ballon, 2-kondensor,
3-metall tola, 4-batareya, 5-qarshilik. 
U shisha idishdan iborat bo’lib, ichi 100 - 200 mm.sm ust. bosimida gaz bilan 
to’ldirilgan. Metall tolaga batareyadan yuqori omli qarshilik orqali kuchlanish 
beriladi. Agar idishga zaryadlangan zarracha uchib kirsa, gazni ionlashtiradi va gaz 
razryadi vujudga keladi. 
Kondensator zanjiridan o’tadigan qisqa muddatli tok tufayli qarshilikdagi 
kuchlanish hosil bo’ladi. Kuchlanishning bunday tebranishi odatdagi radiotexnik 
usullarda kuchaytiriladi va so’ngra signal lampochkasinng chaqnashi yoki 
elektrotexnik hisoblagich strelkasining harakati bilan qayd qilinadi. Bu hisoblagich 
har sekundda 10000 zarrachani qayd qila oladi. 
Ba’zi detektorlar zarrachalarning trayektoriyasini aniqlashda qo’lla-niladi. 
Vilson kamerasi, diffuzion va pufakchali kameralar shular jumlasidandir. 
Vilson kamerasini 1912 yilda ingliz fizigi Vilson ixtiro qilgan. Bu kamera ishi 
havoda uchib o’tayotgan mikrozarracha hosil qiladigan ionlarning o’ta to’yingan 
bug’ uchun kondensasiyalanish markazlari bo’lib qolishiga asoslangan. Vilson 
kamerasini tuzilishi 10.3-rasmda keltirilgan. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


221
10.3 – rasm. Vilson kamerasi. Bunda 1- yorug’lik manbai, 2 – kondensor,
3 – kamera, 4 – porshen, 5 – radioaktiv preparat, 6 – nurlar, 7 – elektr 
kuchlanishni berish uchun yupqa simdan yasalgan to’r, 8 – stereofotokamera
 
Bunda suv bug’i o’ta to’yingan holatga o’tadi va kameraga silindr devorining 
yupqa 
qismidan 
o’tib 
kirgan 
mikrozarracha 
hosil 
qilgan 
ionlarda 
kondensasiyalanadi.
Zarrachalarning butun yulini suv tomchilari qoplaydi. 
Kameraning ichki hajmini yoritib, bu yo’lni – treklarni kuzatish yoki suratga olish 
mumkin. Trekning ko’rinishiga qarab ionlashtiruvchi zarachaning tabiati 
to’g’risida fikr yuritish mumkin (masalan, elektronning treki 
α
– zarrachasidan 
ingichkaroq va uzunroq bo’ladi). 

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling