Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 10.7 Atom energiyaning zararli ta’siridan saqlanish muammolari


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 10.7 Atom energiyaning zararli ta’siridan saqlanish muammolari 
 
Ma’lumki, uran yoki plutoniy yadrosining bo’linishidan juda katta miqdorda 
energiya ajralib chiqadi. 1 gramm uran-238 elementining parchalanishida: 2 3000 
000 kVt soat issiqlik energiyasi ajralib chiqadi yoki 1 kg uran-238 elementi 
energiyasi 2500 000 kg toshko’mirni, 2000000 kg benzinni, 25000000 kg 
trinitrotoluolni portlagandagi energiyasiga teng. 
Bu keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, atom energiyasidan 
energetik resurs sifatida foydalanish nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi 
vaqtda butun dunyoda 100 dan ortiq atom elektr stansiyalari bo’lib, ularning 
umumiy quvvati bir necha million kilovattdir. 
Hozirgi zamon fani va texnikasi atom energiyasidan foydalanishning turli 
usullarini ishlab chiqmoqda. Keyingi yillarda atom energiyasidan foydalanish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


241
usullari tibbiyotda, veterinariyada va texnikaning turli sohalariga qo’llanilishi 
ikkita masalani ko’ndalang qilib qo’ydi. Birinchidan, atom nurlari bilan bevosita 
shug’ullanuvchilar xavfsizligini ta’minlash bo’lsa, ikkinchidan butun yer yuzidagi 
insoniyatni yoppasiga qirg’in atom qurollari zarbidan saqlashdir. 
Shuning uchun ham yer yuzidagi butun progressiv insoniyat atom, vodorod va 
neytron bombalari ishlab chiqarishning to’xtatilishi va mavjudlarini ham yo’q qilib 
tashlashni talab etmoqdalar. 
Yadro bombalarining 
portlatilishi 
va 
atom energiyasidan 
tinchlik 
maqsadlarida foydalanish ma’lum bir darajada atmosferadagi radioaktivlik fonini 
oshishiga olib kelmoqda. Agarda hamma joyda atom va vodorod bombalari 
portlash to’xtatilganda ham faqatgina tinchlik maqsadlaridagi qo’llanilayotgan 
atom energetik qurilmalaridan ruxsat etilgan me’yorda radiasiya miqdori bo’lsada 
baribir oz miqdorda atrof-muhitga radioaktiv ifloslanish bo’lishi mumkin. Demak, 
radioaktiv ifloslanish atom ta’sirining majburiy faktoridir. Shuning uchun ham 
atrof-muhitni doimiy ravishda kontrol qilib turish kerak. Radioaktiv moddalar 
bilan ifloslanish haqida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borilishi kerak. 
Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyotkorlik bilan radioaktiv ifloslanishdan 
saqlash kerak. Atom nurlaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda radiasiya 
xavfsizligidan saqlash uchun maxsus xizmatchilar mavjuddir. Masalan, 
atmosferaning, dengizlarning, daryolarning va havoning radioaktiv ifloslanishini 
biofizik radiologlar nazorat qilib turish kerak. Aholi yashaydigan punktlarni 
radioaktiv ifloslanishdan saqlash vazifasi radiologlarga topshirilgan. 
Yuqoridagi keltirilgan tashkilotlar nazorat qilish bilan birga radioaktiv 
ifloslanishni 
kamaytirish 
masalalari 
ustida 
ham 
ishlaydilar. 
Radiasion 
xavfsizlikning oldini olish uchun tabiiy radioaktiv fonini aniqlashimiz kerak. 
Tabiiy radioaktivlik foniga kosmik nurlar, tuproqdagi tabiiy radioaktiv nurlar 
kiradi. Hozirgi vaqtda kosmik nurlanishga asosan yuqori atmosfera qatlamiga 
dunyo fazosidan kelib tushadigan protonlar 79%, alfa zarrachalar 20%, uglerod, 
azot va kislorod yadrosidan tushadigani 0,7% va atom yadrosining nomerlari 10 
dan oshiq bo’lganlari kiradi. Birinchidan, kosmik nurlanish zarrachasining 
energiyasi 10
20
ev gacha yetadi. Birinchi kosmik nurlanish atmosferaning atom 
yadrolari bilan o’zaro to’qnashib hammasi protonlar, elektronlar, mezonlar va 
neytronlar hosil qiladi. Dengiz yuzasi balandligida kosmik nurlanish asosan 80% 
mezonlardan, 20% elektronlardan tashkil topadi. Faqatgina 0,05% protonlar dengiz 
yuzasi balandligiga yetib keladi. Kosmik nurlanish geografik kenglikka va 
balandlikka bog’liq bo’ladi. Masalan, dengiz yuzasidan 300 metr balandlikda 
ancha ko’proq bo’ladi. Tabiiy radionuklidlardan asosan to’rtta radioaktiv nuklidlar 
mavjuddir. 
Dinamik jarayonlar yordamida biosferada doimiy ravishda modda 
almashinuvi natijasida radioaktiv moddalar oilasining muvozanati buzilib turadi. 
Ma’lum bo’lishicha, N va S
14
biosferada, ya’ni vodorod bombasining 
portlashigacha 15000 yil davomida radionuklidlar miqdori doimiy bo’lib turgan. 
Ma’lumki yer sharining uran va toriy konlari bor ayrim nuqtalarida radionuklidlar 
ko’proqdir. Masalan: Braziliyada vulkanik jinslarda radioaktivlikning quvvati 12 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


242
rad yiliga, Hindistonning ayrim yerlari qum tarkibida aholi yashaydigan joylarda
radioaktiv nurlanish 0,2-2,6 rad yiliga ekanligi aniqlangan.
Radionuklidlarning manbalari va tarqalishi bilan radioekologiya fani 
shug’ullanadi. Radioekologiya fani asosan radionuklidlarni har xil yer zonalarida 
migrasion mexanizmi bilan shug’ullanadi. 
O’simliklar 
radioaktiv 
uglerodni 
atmosferadan 
oladilar. 
Ko’pincha 
atmosferadan yog’ingarchilik bilan tushadigan radionuklidlarni o’simliklar o’ziga 
singdirib oladilar. Chorvachilikdagi asosiy radioaktiv zararlanish ham ozuqaviy 
o’simliklarda bo’lgan radioaktiv nuklidlar sabablidir. Eng xavfli radioaktiv 
ifloslanish bu reaktorlarda og’ir yadroning bo’linishidan hosil bo’ladigan 
mahsulotlardir. Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor odamning ichki organlarida to’planib 
qoladigan va uzoq yashovchi stronsiy-90 va seziy-137 bo’lib, radiasiyaga eng 
sezgir ichki organlarni nurlantiradi. Odamning ichki organlariga, tuproq – o’simlik 
– odam yoki tuproq-o’simlik –hayvon – odam zanjir orqali insonni ichki 
organlarga radionuklidlar joylashib oladi. Ma’lumki qishloq xo’jalik radiologlari 
radioaktiv ifloslanishni kamaytirish choralarini ham ko’radi. Ya’ni tuproq ekinlari, 
hosillarini dezaktivasiya qilish bilan ham shug’ullanadi. 
Agar ifloslanish aktivligi yer yuzida 10
-3
Ki ga ortiq bo’lsa, bu holatda 
aktivlik 10
-4
Ki bo’lganga qadar dala ishini to’xtatib turish kerak. Agar o’rtacha 
radioaktivlik ifloslanish darajasi 10
-4
, 10
-3
Ki bo’lsa, tuproqning radioaktivligini 
tushirish choralarini ko’rish kerak. 
Qishloq xo’jalik ekinlarining yoki dalaning radioaktivlik bilan ifloslanishini 
kamaytirish muammolari hozircha shartli bo’lib meliorativ va gidrotexnik 
metodlardan foydalaniladi. Meliorativ usul yordamida yerning ustki qismida 
buldozerlar bilan tuproq to’planadi. Bu to’plangan tuproqning aktivligi tushguncha 
saqlanadi. Agar kichik lokal uchastkalar radioaktiv ifloslangan bo’lsa, u holda 
butun iflos tuproq karyerlarga tashlanadi. 
Tuproqning ustki qismini olish metodi kelgusi hosilga zarar keltiradi, ya’ni 
ko’p mineral o’g’it solish kerak bo’ladi. Gidromeliorasiya usulida esa tuproq 
asosan suv bilan yuviladi, yomg’ir yog’diruvchi apparatlar bilan esa qum tuproq 
yerlarda amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina gidromeliorativ inshootlar bor joyda 
amalga oshirilishi mumkin. Radioaktivlikni kamaytirishning kimyoviy meliorasiya 
usullari ham mavjuddir. Kimyoviy meliorasiya usullaridan biri tuproqning 
tarkibiga kimyoviy reagentlar (kislota, tuzlar, komplekslar) yuborish bilan eritib 
radionuklidlarni adsorbsiya qilish radioaktivlik bilan ifloslangan maydonlarda 
amalga oshirish kerak. Agrotexnik usullardan radioaktivlik bilan ifloslangan 
o’simlik maydonlarini chopiq, kultivasiya, suvlash, mineral o’g’it berish yo’li bilan 
o’simliklarni radionuklidlardan oziqlanishini kamaytiradi.

Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling