Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 4.3. Membranalarda fazaviy o’tishlar
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 4.3. Membranalarda fazaviy o’tishlar
Tabiiy va sun’iy membrana tizimlari ikki asosiy faza holatida : qattiq ikki o’lchamli kristall (gel) yoki suyuq kristall (erigan) holatda bo’lishi mumkin. Asosiy faza o’tishining harorati (T F ) lipidlar uglevodorod zanjirlari to’yinmaganligi darajasiga va uzunliklariga kuchli bog’liq. Fazaviy o’tish harorati zanjir uzunligi uzayishi bilan oshadi va yog’li kislotalar qoldiqlari tuyinmaganlik darajasi oshishi bilan kamayadi. Tabiiy lipidlar yog’li kislotali zanjirlari odatda to’yinmagan bog’larga ega. Shuning uchun ko’pchilik tabiiy membranalar uchun T F manfiy haroratlar sohasida yotadi, ya’ni fiziologik sharoitda ular «suyuq » holatda bo’ladi. Fazali o’tishda yog’li kislotali zanjirlar erishi burilish izomerlashuvi bilan bog’liq. Eng kichik energiya trans-, eng katta energiya sis- konfigurasiya ega. Gosh-konformasiyalar (trans-konformasiyaga nisbatan 120 0 ga burilgan) energiya jihatidan trans-konformasiyadan kam farq qiladi (2-3 kJ/mol), biroq bu holatlar balandligi 12-17 kJ/mol bo’lgan energetik to’siq bilan ajratilgan. Trans- konformasiyada uglevodorod zanjirlari chiziqli tuzulishga ega bo’lsa, gosh- konfigurasiyalar paydo bo’lishi uglevodorod zanjirida «kinki» (sirtmoq) hosil qiladi. Kinkilar soni oshishda membranalar uglevodorod zonasida tartibsizlikni oshiradi. Bunda lipidlar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari kamayadi, lipidlar harakatchanligi oshadi. Fazali o’tish zonasida fosfolipidlar yog’li kislotali zanjirlari zich joylashishida buzilishlar bo’lishi mumkinligi natijasida membrana o’tkazuvchanligi keskin oshadi. Asosiy faza o’tish nuqtasidan yuqori haroratlarda egiluvchan uglevodorod zanjirlar statistik o’ram konfigigurasiyasini olishga intiladi. Biroq bunga sirt taranglik kuchlari to’sqinlik qiladi. Natijada molekulaga to’g’ri keluvchi effektiv maydonning birmuncha oshishi kuzatiladi, ammo bunda membranalarda zanjirlar konformasiyalarining ayrimlari amalga oshmaydi. Membranalarda faza o’tishda tizim entropiyasi va hajmi sakrab o’zgaradi, ya’ni bunday o’tish birinchi turdagi o’tishga mansubdir. Membranalardagi lipidlarning faza o’tishlarini nazariy yo’l bilan tushuntirish uchun bir necha modellar taklif etilgan (J.Naygl, S.Marcheli). Umumiy holda faza o’tishlarini Landauning nazariyasi yordamida tavsiflash mumkin. Bu usulda xolestirin va oqsillarning faza o’tishlariga ta’siri ko’rib chiqilgan va olingan natijalar Marcheli modeli yordamida olingan xulosalar bilan bir xil bo’lib chiqdi. Landau nazariyasi termodinamik potensialni (erkin energiya) faza o’tish nuqtasida nematik tartib parametri S bo’yicha darajali qator sifatida ko’rsatadi: 4 3 2 4 1 3 1 ) ( 2 1 ) , ( CS BS S T A G T S G iSO + + + = (4.3) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 76 Bunda -izotrop modda uchun erkin energiya, A, V va S qatorga yoyish koeffisiyentlari. Membranalardagi lipidlar faza o’tishlarini quyidagi diagrammasi yordamida sxematik ko’rsatish mumkin. 4.4-rasm. Izotropik-nematik va nematik-smektik faza o’tishlarining sxematik diagrammasi. A (T) parametrning haroratga bog’likligini quyidagi formula bilan berish mumkin: A (T)=A 0 (T-T f ) (4.4) bunda T f -fazali o’tishning kritik harorati, A 0 -doimiy son. Faza o’tish parametrlarini topish uchun erkin energiyani S bo’yicha differensiyallaymiz va nolga teng deb olamiz: 0 ) ( 3 2 = + + = CS BS S T A ds dG (4.5) Bundan erkin energiyaning lokal maksimumi yoki minimumi sharti kelib chiqadi: C AS B B S 2 4 2 − ± − = (4.6) Rentgenostruktur analiz, fluroressent analiz, infrakizil spektroskopiya va boshka fizik tekshirishlar harorat pasayishida fosfolipid membrana suyuq kristall holatidan gel holatga o’tishi (uni shartli ravshda qattiq kristal holati deb atashadi) aniqlangan. Gel holatda molekulalar suyuq kristall holatga nisbatan yanada tartibliroq joylashgan. Fosfolipid molekulalarining gidrofob uglevodorod dumlari bir-biriga paralel holatda joylashgan (to’la trans-konformasiya holatda). Suyuq kristalda issiqlik harakati tufayli trans-gosh o’tishlar ro’y beradi, molekula dumlari egilib, ularning bir-biriga paralelligi buziladi. Изотропик Нематик Смектик Гель Суюқ кристалл PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 77 4.5-rasm. Harorat o’zgarishida membrana strukturasining suyuq kristall holatdan gel holatga o’tishlari. 4.5-rasmdan ko’rinadiki gel holatda membrana qalinligi suyuq kristaldagidan kattaroq. Ammo qattiq holatdan suyuq kristall holatga o’tishda hajmi oshadi, chunki bitta molekulaga to’g’ri keluvchi membrana yuzasi ko’payadi. (0,48 nm 2 dan 0,58 nm 2 gacha). Qattiq kristall holatda tartib ko’proq bo’lgani uchun bundagi entropiya suyuq kristall holatga nisbatan kamayadi. Membrana normal faoliyat ko’rsatish uchun suyuq kristall holatda bo’lishi kerak. Shuning uchun tirik organizmlarda atrof-muhit haroratining ko’p vaqt pasayishidan membranalarda fazali o’tish haroratining kamayishini yuzaga keltiradigan kimyoviy tarkibdagi adaptasion (moslashuvchan) o’zgarishlar kuzatiladi. Lipidli membranalar kimyoviy tarkibiga qarab gel-suyuq kristall faza o’tishi harorati -20 0 dan (to’yinmagan lipidli membranalar) -60 0 gacha (to’yingan lipidlardir) o’zgarishi mumkin. Gel-suyuq kristal faza o’tishlarda lipid qo’shaloq qatlamda radiusi 1-3 nm bo’lgan kanallar hosil bo’ladi, ular orqali membranadan ionlar va kichik molekulalar (moddalar) o’tishi yaxshilanadi. Membranalar ionli o’tkazuvchanligining oshishi hujayralarni sovuq ta’sirida buzilishlardan qutqazadi. Bunga hujayradan suv va tuzlar chiqishi oshganligi uchun hujayra ichidagi suvning muzlashiga to’sqinlik qiladi. Membrana orqali ionlar ko’chishi biopotensiallar hosil bo’lishiga sababchi ekanligi ma’lum. Demak, harorat o’zgarishi haqidagi nerv impulsi membrana lipidlarining faza o’tishdagi lipid qatlami ion o’tkazuchanligining o’zgarishi sababli paydo bo’ladi. Membrana lipidlarining faza o’tishlari nafaqat harorat o’zgarishi orqali, balki muhit kimyoviy tarkibi o’zgarishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Tajribalarda ma’lum haroratda membranalarning suyuq kristal holatdan gel holatga o’tishi, membranani o’rab turgan suv eritmasida Sa 2+ konsentrasiyasining 1 dan 10 mmol/l gacha oshishi hisobiga ro’y berishi aniqlangan. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling