Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 5.6. Ho’llash va ho’llamaslik. Kapillyar hodisalar
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 5.6. Ho’llash va ho’llamaslik. Kapillyar hodisalar
Ho’llash ta’sirlashuvchi muhitlarning yuzalaridagi molekulalar o’zaro ta’sir etuvchi kuchlar xarakteriga bog’liq. Ho’llovchi suyuqliklarda suyuqlik molekulalari va qattiq jism molekulalari orasidagi o’zaro tortishish kuchlari katta va suyuqlik qattiq jism bilan ta’sirlashuvchi yuzasini kengaytirishga intiladi. Ho’llamaydigan suyuqliklar molekulalari bilan qattiq jism molekulalari orasidagi tortishish kuchi suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchidan kichik va suyuqlik qattiq jism bilan o’zaro ta’sirlashuvchi yuzasini qisqartirishga intiladi. 5.11-rasmdagi 0 nuqtaga uchta muxitning sirt taranglik kuchlari qo’yilgan va ularning yo’nalishi o’zaro ta’sirlashuvchi ikki muxit sirtiga urinma ravishda tasvirlangan. Ta’sirlashuvchi sirtlarni ifodalovchi chiziqlar 12 σ , 13 σ , 23 σ mos ravishda sirt taranglik kuchlarining vektor ifodasidir. б) 12 σ 13 σ 23 σ 12 σ 13 σ 23 σ а) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 103 5.11-rasm. Ho’llash va ho’llamaslik. Suyuqlik sirti bilan qattiq jism sirti orasiga o’tkazilgan urinma orasidagi burchak ( θ ) chegaraviy burchak deyiladi. Tomchining muvozanat sharti (5.11 a rasm) qattiq jism sirtiga urinma yo’nalgan sirt taranglik kuchlarining yig’indisini nolga tengligi bilan ifodalanadi. 0 cos 23 12 13 = + + − θ σ σ σ Bunda 23 12 13 / ) ( cos σ σ σ θ − = Ushbu formuladan chegaraviy burchak o’tkir yoki o’tmas bo’lishligi 12 σ va 13 σ ning qiymatiga bog’liq bo’ladi. Agarda 13 σ > 12 σ bo’lsa, θ cos >0 va θ - burchak o’tkir, ya’ni suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llaydi. Agarda 13 σ < 12 σ bo’lsa, θ cos <0 bo’ladi va θ - burchak o’tmas, ya’ni suyuqlik qattiq jism sirtini ho’llamaydi. Agarda 13 σ > 12 σ + 23 σ bo’lsa, suyuqlik qattiq jism sirtiga to’lik yopishib ketadi. Bu holat to’liq ho’llash deb yuritiladi(masalan: kerosin shisha ustida). Agarda 12 σ > 13 σ + 23 σ bo’lsa, suyuqlik tomchisi ta’sirlashish nuqtasida sirtini shar shaklida qisqartirishga intiladi va bu xodisa to’liq ho’llamaslik deb yuritiladi (masalan: parafin sirtidagi suv tomchisi). Ho’llash va ho’llamaslik ajoyib xususiyatga ega, ya’ni suyuqliklar biror jism sirtini ho’llasa boshqasini ho’llamaydi. Masalan: suv shishani ho’llaydi, ammo parafinni ho’llamaydi. Simob shishani ho’llamaydi, ammo metallning toza sirtini ho’llaydi. Agarda suyuqlik yuzasi yassi bo’lmasa, ya’ni egrilangan bo’lsa u suyuqlikka qo’shimcha bosim beradi. Bu bosim sirt taranglik kuchiga bog’liqdir. Qo’shimcha bosimni aniqlash uchun suyuqlik erkin sirti radiusi R bo’lgan sferadan iborat deb hisoblaymiz. Egrilangan sirt uchun sirt taranglik kuchi hosil qiladigan qo’shimcha bosim R r R r S F 0> Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling