Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 6.2. Biologik tizimlarda energiyaning saqlanish qonuni
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 6.2. Biologik tizimlarda energiyaning saqlanish qonuni Biologik tizimlar ochiq tizimga kiradi, chunki tashqi muhitdan qabul qilingan mahsulot hisobiga organizm rivojlanadi va yashaydi, ya’ni modda almashinuvi doimo yuz berib turadi. Umuman tirik organizm stasionar holatda bo’lmaydigan rivojlanuvchi tizimdir. Ammo odatda kichik vaqt oralig’ida biologik tizimlar holatini stasionar holat deb olish mumkin. Stasionar holatda bo’lganda tizimning turli qismlaridagi parametr-larning qiymatlari odatda bir-biridan farq qiladi: odam tanasining turli qismlari harorati, biologik membrananinng turli qismlaridagi diffuziyalanuvchi molekulalar konsentrasiyasi va hokazolar. Shunday qilib, tizim PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 114 ayrim parametrlarining gradiyenti doimiy tutib turiladi, shu sababli kimyoviy reaksiyalar o’zgarmas tezlik bilan o’tishi mumkin. Har qanday real termodinamik tizim ochiq tizimdir, lekin ma’lum vaqt oralig’ida ideal model yopiq tizim deb olish mumkin. Yopiq tizimning atrofidagi jismlar bilan o’zaro ta’sirini batafsilroq qarab chiqamiz. Issiqlik jarayonlari uchun energiyaning saqlanish qonuni termo- dinamikaning birinchi qonuni kabi ta’riflanadi. Tizimga berilgan issiqlik miqdori tizimning ichki energiyasining o’zgarishiga va tizim bajaradigan ishga ketadi. A U Q + ∆ = (6.1) Biz tizimning ichki energiyasi deganda, uni tashkil etuvchi zarra-chalarning kinetik va potensial energiyalari yig’indisi tushuniladi. Ideal gaz molekulalari o’zaro ta’sirlashmaydi, shuning uchun uning potensial energiyasi nolga teng. U holda U = Yek bo’ladi. Ichki energiya tizimning holat funksiyasi bo’lib, berilgan holat uchun ma’lum qiymatga ega bo’ladi. 1 2 U U U − = ∆ (6.2) Issiqlik miqdori va ish holat funksiyasi emas, balki jarayon funk-siyasidar. Shu sababli u ∆ issiqlik miqdori ∆ siz yoziladi. Q va Α ning juda kichik qiymatlari uchun dA dU dQ + = (6.3) Agar gaz har biri i erkinlik darajasiga ega bo’lgan molekulalardan iborat bo’lsa, u holda ichki energiya T C RT i U V = = 2 (6.4) Bunda R i C V 2 = o’zgarmas xajmdagi issiqlik sig’imi. R - universal gaz doimiysi. Izojarayonlar uchun termodinamikaning birinchi qonuni tadbiq etilsa, agarda const V = bo’lganda, ya’ni gaz xajmi o’zgarmasa, u ish bajarmaydi. Demak (6.3)ni U Q ∆ = yoki dU dQ = (6.5) yuqoridagi kabi yozish mumkin, ya’ni izoxorik jarayonda gazga berilgan issiqlik miqdori, uning ichki energiyasining oshirishga sarflanadi. Agarda const P = , bo’lsa, ya’ni izobarik jarayonda tenglama ko’rinishi (6.3) formula kabi bo’ladi. Agar const T = , ya’ni izotermik jarayonda A Q = yoki dA dQ = bo’ladi. Tashqi muhit bilan issiqlik almashmasa, ya’ni O dQ = adiabatik jarayonda bajarilgan ish ichki energiya o’zgarishi hisobiga bo’ladi. U A O ∆ + = yoki U A ∆ − = dU dA − = o’zgarmas hajmdagi issiqlik sig’imidan tashqari Sr issiqlik sig’imi ham mavjud bo’lib, ular orasida oddiy munosabat bor, ya’ni bunga Mayer tenglamasi deyiladi. R C Cp V + = (6.6) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 115 Energiyaning saqlanish qonuni hisoblangan termodinamikaning birinchi qonuni jarayonlarning borishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarni ko’rsatmaydi. Masalan, termodinamikaning birinchi qonuniga binoan issiqlik almashinishda issiqlikning issiqroq jismdan sovuqroq jismga o’z-o’zidan o’tishi mumkin bo’lganidek, buning teskarisi, issiqlikning sovuqroq jismdan issiqroq jismga o’tishi mumkin. Lekin kundalik hayotda ikkinchi 6.1-rasm. Issiqlik mashinasining chizmasi. jarayon o’z-o’zidan yuz bermaydi. Masalan, xona ichidagi havoni sovitish hisobiga choynakdagi suv o’z-o’zidan isimaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni shu savollarga javob beradi. Termodinamika ikkinchi qonunning bir qancha ta’riflari mavjud. 1. Klauzius ta’rifi: issiqlik o’z-o’zidan harorati past jismdan harorati yuqori bo’lgan jismga o’ta olmaydi. 2. Tomson ta’rifi: ikkinchi tur abadiy dvigatel bo’lishi mumkin emas, ya’ni bir jismning sovishi hisobiga issiqlikning ishga aylanishi mumkin bo’lgan yagona davriy jarayon bo’lishi mumkin emas. Issiqlik mashinasida berilgan issiqlik miqdori hisobiga ish bajariladi, lekin bunda issiqlikning bir qismi albatta sovutgichga o’zatiladi. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffisiyenti kuyidagi formula bilan hisoblanadi. 1 Q A = η (6.6) Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling