Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 6.5. Tirik organizmda issiqlik balansi
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 6.5. Tirik organizmda issiqlik balansi
Tirik organizm ochiq termodinamik tizim hisoblanadi. Unda haroratni doimiy saqlab turish uchun tashqi muhit va organizm o’rtasida issiqlik almashib turishi zarur. XVIII – asrda fransuz kimyogari Lavuazye tassavvuriga binoan hayot bu «sekin yonish» jarayonidan iborat, ya’ni nafas olishda havodagi kislorodning vodorod va uglerodga qo’shilish reaksiyasi tufayli energiya chiqishdan iboratdir. XIX asrda yashagan nemis olimi Mayer xulosalariga binoan tirik organizmdagi oksidlanish reaksiyasida energiya qisman issiqlikka aylanadi, bir qismi esa ishga sarf bo’ladi. Demak, Mayer birinchi marta termodinamikaning birinchi qonunini tirik organizmga qo’llash mumkinligini aytgan va shu bilan bioenergetikaga asos soldi. Hamma hayotiy jarayonlar asosini organizm qabul qilgan oziq- ovqatlarning parchalanishi va organizmda energiyaning yuzaga kelishi, hamda issiqlik ajralishi tashkil qiladi. Organizm qabul qilgan va ajratgan issiqlikni taqqoslash kerak. Bu ishni Gess qonuniga asosan amalga oshirsa bo’ladi. Turli xil ketma-ket holatlardan o’tuvchi kimyoviy reaksiyadagi issiqlik effekti kimyoviy tizim boshlang’ich va oxirgi holatlar energiyalari farqiga bog’liqdir. Gess qonuni oziq-ovqatlar kalloriyaligini aniqlashda ishlatiladi. Organizmda yuz beradigan asosiy reaksiya, bu glyukozaning oksidlanish reaksiyasidir. Agar 1 mol glyukozani (0,18kg) 6 mol kislorodga (134,4l) qo’shsak, u holda 6 mol SO 2 (0,288kg) va 2870 kJ issiqlik ajraladi. кЖ O H CO O O H C 2870 6 6 6 2 2 2 6 12 6 + + = + (6.13) Tirik organizmda energiya almashinuvi 6.3-jadval T/r Energiya almashinuvi turi Energiya almashinadigan organizm qismi 1 Kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga o’tish. Muskul to’qimasida 2 Kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga o’tishi. Hamma to’qimalarda 3 Kimyoviy energiyaning yorug’lik energiyasiga o’tishi. Hashoratlar va baliqlar terisida. 4 Yorug’lik energiyasining kimyoviy energiyaga o’tishi Ko’z to’qimasidagi fotoresep-torlarda, teri to’qimasida, bakteriyalarda, o’simlik barglarida (fotosintez) 5 Akustik to’lqinlar mexanik energiyasining elektr energiyasiga o’tishi. Quloq ichidagi, Korti organida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 120 6 Hamma energiyalarning issiqlik energiyasiga o’tishida Hamma to’qima va hujayralarda. Demak, organizm 1l kislorod yutishda yoki 1l karbonat angidrid chiqarishda 2870/13,34 = 21,35kj issiqlik chiqarar ekan. U holda har qanday jonzod uchun issiqlik chiqarishni 21,35 kj ni yutgan kislorod yoki chiqargan karbonat angidridga ko’paytirish yo’li bilan aniqlash mumkin. Issiqlik mashinasidagi kabi tirik organizmda ham oziq-ovqatlarning, ya’ni oqsil, uglevod va yog’larning hazm bo’lishida energiya ajralib chiqadi. Bundan tashqari o’simliklarda birlamchi energiya manbai bo’lib quyosh energiyasi hisoblanadi. Shu sababli karbonad angidrid va suvda uglevodorodlar hosil bo’ladi. Tirik organizmda energiyaning hosil bo’lishi murakkab biokimyoviy birikmalarda yuz beradi. Ulardan eng asosiysi adenozintrifosfor kislotadir (ATF). Bu birikma molekulasi adinin organik birikma, riobaza uglerodi va uchta fosfor kislota qoldig’idan iborat. Bular manfiy zaryadlangan bo’lib, ular orasida itaruvchi elektrostatik kuchlar ta’sir qiladi. ATF ning gidroliz paytida fosfat gruppaning bog’lanishi susayadi va elektrostatik itarish kamayadi. Gidroliz tufayli hosil bo’lgan manfiy zaryadlangan radikallar o’z-o’zidan qayta hosil bo’lolmaganligi sababli + Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling