Biofizika kitob yangisi 2013. doc
§ 7.3. Suyuqliklarda elektr toki
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
§ 7.3. Suyuqliklarda elektr toki Elektr toki metallar yoki yarim o’tkazgichlardan o’tganda hyech qanday kimyoviy o’zgarishlar sodir bo’lmaydi. Bunday moddalar birinchi tur o’tkazgichlar deb ataladi. Elektr toki ayrim moddalardan o’tganda kimyoviy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bunday moddalar ikkinchi tur o’tkazgichlar yoki elektrolitlar deb yuritiladi. Elektrolitlarga tuz, ishqor yoki kislotalarning suvdagi va boshqa suyuqliklardagi eritmalari, ayrim organik birikmalar kiradi. Shuning uchun elektr tokini o’tkazuvchi suyuqliklarni fizik xossasini o’rganish biologiyada katta ahamiyatga egadir. Elektrolitlarda elektr toki tashuvchilar bo’lib molekulalari eritilgan modda eritmalarida dissosiasiyalanadigan, ya’ni parchalanadigan ionlar xizmat qiladi. Dissosiasiya natijasida xosil bo’lgan ionlar eritmada erkin xarakatlanadi, agarda turli ishorali ionlar yetarlicha kichik masofaga yaqinlashsa, qaytadan birlashib molekulaga aylanishi mumkin. Dissosiasiyaga teskari bo’lgan bu jarayon ionlarning rekombinasiyasi deb ataladi. Eritmalardan tok o’tganda bu ikki jarayon bir vaqtda sodir bo’ladi. Erigan modda molekulalarining qanday qismi dissosiasiyalangan holatda bo’lishini ko’rsatuvchi − α dissosiasiyalanish koeffisiyentini xarakter-laydi. Agarda xajm birligida erkin modda molekulalarining soni n ga teng bo’lsa, u xolda n n α = / ta molekula eritmada ion ko’rinishda bo’ladi yoki n n ) 1 ( // α − = ta molekula dissosiasiyalangan molekula ko’rinishida bo’ladi. Elektrolitlar orqali tok o’tishi elektrodlarda elektrolitlarning tarkibiy qismlari ajralish bilan kuzatiladigan xodisaga elektroliz deyiladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 134 Elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqqan modda massasi eritmadan o’tayotgan tok kuchiga va uning o’tish vaqtiga proporsional bo’lishligini Faradey tajriba natijasida 1836 yilda aniqladi va bu qonun elektrolizning I-qonuni deyiladi. m = k J t = k q (7.15) k – moddaning tabiatiga bog’liq bo’lgan elektroximiyaviy ekvivalent deyiladi, m- ajralgan modda massasi. q=1 Kl bo’lsa, k=m bo’ladi, ya’ni elektrokimyoviy ekvivalent deb eritmadan 1Kl zaryad o’tganda ajralib chiqqan modda massasiga aytiladi. A/Z – moddaning kimyoviy ekvivalenti, bu yerda A - atom og’irligi. Z – berilgan moddaning valentligi, u holda Z A F K ⋅ = 1 (7.16) Elektrolizning II-qonuni quyidagicha ta’riflanadi. Barcha moddalarning elektrokimyoviy ekvivalentlari uning kimyoviy ekvivalentiga to’g’ri proporsionaldir. (7.15) va (7.16) dan birlashgan formulani olamiz FZ AJt q Z A F m = ⋅ ⋅ = 1 (7.17) Z A m = bo’lsa F= q bo’ladi. Faradey soni kattalik jihatidan shunday elektr zaryadiga tengki, bu elektr zaryadi eritma orqali o’tganda elektrodda 1 kilogramm ekvivalent modda ajralib chiqadi. Tajriba yo’li bilan экв кг к F ⋅ ⋅ = 7 10 652 . 9 teng ekanligi aniqlangan. Elektrolizdan sanoatda mis, alyuminiy olishda, nikellash, xromlashda, nusxa ko’chirishda, galvanoplastikada foydalaniladi. Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling