Biofizika kitob yangisi 2013. doc
Download 2.18 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOFIZIKA (1)
м
Oм ⋅ - 10 8 м Oм ⋅ oralig’ida joylashgan bo’ladi. Ular yarim o’tkazgichlar deb yuritiladi va elektrik xossalari bilan metallardan farq qiladi. Masalan: xarorat ortishi bilan yarim o’tkazgichning qarshiligi kamayadi. Metallardan farqli ravishda yarim o’tkazgichlarda elektr toki faqat erkin elektronlargina emas, balki atom bilan bog’lanishda bo’lgan elektronlarning xarakati bilan xam yuzaga keladi va uning o’tkazuvchanligida asosiy rolni o’ynaydi. Yarim o’tkazgichlarda kam miqdorda qo’shilgan aralashma solishtirma qarshiligini keskin o’zgartirib yuboradi. Elektronlar asosan atomlar bilan bog’langan holatda bo’ladi va past haroratda erkin elektron miqdori kam bo’ladi. Yarim o’tkazgich elektr maydoni ta’sirida bo’lganda erkin elektronlar maydonga qarshi yo’nalishda harakat qilib, zaif tok xosil qilishi mumkin. Erkin elektronlarning bunday xarakatidan yuzaga keluvchi o’tkazuvchanlik “elektron” o’tkazuvchanlik yoki “n” tip o’tkazuvchanlik (negative – manfiy) deyiladi. Atom bilan bog’langan elektronlarni bog’lanishdan ozod qilish uchun yetarli ishga teng bo’lgan tashqi energiya, ya’ni issiqlik energiya berish kerak. Bu holda yarim o’tkazgichlarning qarshiligini kamayishi yoki o’tkazuvchanligini oshishiga sabab bo’luvchi erkin elektronlarning miqdori ortadi. Yarim o’tkazgichlar qarshilik termometri “termistor” shu xodisaga asoslangan xolda ishlaydi. Bu termistor yordamida o’simlik va jonli organizmlarning nuqtaviy qismlarining xaroratini o’lchash mumkin. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 132 Yorug’lik intensivligini o’lchash uchun foydalaniladigan termistorlar fotoqarshiliklar deyiladi. Yarim o’tkazgchlar uchun bog’langan elektronlarning ko’chishi bilan bo’lgan, ya’ni bir tur o’tkazuvchanlik xarakterlidir. 7.3-rasm. Elektron yarim o’tkazgich chizmasi. 7.3-rasmda germaniy atomlari orasidagi elektron bog’lanishlarning tekislikdagi sxemasi ko’rsatilgan. Doirachalar bilan germaniy atomlari, nuqtalar bilan tashqi elektronlar, chiziqlar bilan atomlarning elektron bog’lanishlari belgilangan. Tashqi qizdirish yoki yoritish ta’sirida atom bog’lanishdan bitta elektron ozod bo’ladi va uning o’rnida kattalik jixatdan teng bo’lgan musbat “teshik” deb ataladigan zaryad paydo bo’ladi, ya’ni elektronni ozod bo’lishi bilan teshik xosil bo’ladi. Ayni vaqtda tashqi maydon ta’sirida bog’langan elektronlarning bir qo’shni bog’lanishdan ikkinchisiga va ayni vaqtda teshiklarning qarama-qarshi tomonga harakati boshlanadi. Teshiklarning bunday tartibli harakati ham yarim o’tkazgichda tokning xosil bo’lishini ta’minlaydi va bunday o’tkazuvchanlik teshikli o’tkazuvchanlik yoki r tipli o’tkazuvchanlik (positive - musbat) deyiladi. Yarim o’tkazgichlarda elektron va teshiklarning umumiy xarakati elektr tokini vujudga keltiradi va yarim o’tkazgichning xususiy o’tkazuvchanligi deyiladi. Xususiy o’tkazuvchanlik sof yarim o’tkazgichlarda bo’ladi, sof yarim o’tkazgich esa tabiatda yo’q. Vaholanki, yarim o’tkazgichga ozgina qo’shilgan aralashma uning o’tkazuvchanligini keskin o’zgartirib yuboradi. Ba’zi aralashmalar yarim o’tkazgichni erkin elektronlar bilan boyitadi va n – tip aralashma deb yuritiladi. N – tip aralashma donor (beruvchi) deb atalib, bu holda elektron o’tkazuvchanlik oshadi. Ayrim arlashmalar yarim o’tkazgichni teshiklar bilan boyitadi va teshikli o’tkazuvchanlikni oshiradi. Bunday aralashma akseptor deyiladi va yarim o’tkazgich r – tip yarim o’tkazgich deb ataladi. Germaniyga 0,0001% mыshyak aralashmasi qo’shilganda tashqi issiqlik xarakati yoki boshqa ta’sir tufayli erkin elektronlar soni 1000 marta ortadi. Bunda teshiklar soni ortmaydi. Germaniyga kam miqdorda indiy qo’shilganda, uning har bir atomi yarim o’tkazgichda bittadan teshik xosil qiladi va bunda erkin elektronlar soni ko’paymaydi. Natijada germaniy teshiklar bilan boyiydi va germaniy aralashmali teshikli yarim o’tkazgichga aylanadi. Dielektrik kirituvchanlikni bilgan holda tirik organizmda bo’la-digan ba’zi o’zgarishlar haqida xulosa chiqarish mumkin. Organizmdagi hujayrani va uni o’rab olgan hujayralardan tashqari biologik muhit tashqi muhitdan yarim o’tkazuvchi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 133 hujayra membranasi bilan ajralgan murakkab tizim deb qarash mumkin. Hujayra ochiq termodinamik tizim bo’lib, tashqi muhit bilan uzluksiz energiya, modda va ma’lumot almashinadi va bu almashinuv membranalar orqali amalga oshadi. Membrana oddiy holda lipid qatlamidan iborat bo’lib, lipidlar qatoriga neytral yog’lar, efirlar kiradi. Hujayrada lipidlar oqsil qatlamlari bilan o’rab olingan bo’ladi. Ko’pchilik membranalar taxminan 40% lipidlardan, 60% oqsillardan iborat. Sitoplazmatik membrananing qalinligi taxminan 5-10 nm. Hujayra membranalarining umumiy yuzasi juda katta. Masalan, kalamush jigarining massasi atigi 6 g. Uning membranalarining umumiy yuzasi 100 m 2 . Membranada lipid qatlami borligi uning dielektrik xossalarini belgilaydi. Membranalar solishtirma qarshiligi juda katta 10 8 om.m. atrofida bo’ladi, bu esa sitoplazma va hujayralararo muhit qarshiligidan o’n millionlab kattadir. Membranalar dielektrik harakteristikalari ko’pchilik texnik izolyatornikidan katta. Masalan, mitoxondriya membranasining qalinligi 8nm bo’lgan holda sirtlardagi potensiallar farqi 200 mVga teng. Shunday qilib, membranadagiga elektr maydon kuchlanganligi Ye= 200 . 10 -3 V = 25 . 10 6 V/m 8 . 10 -9 m Shuni aytib o’tish kerakki, dielektrik sifatida ishlatiladigan chinni bu kuchlanganlikdan yuz marta kichik kuchlanganlikda «teshiladi». Download 2.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling