Biofizika kitob yangisi 2013. doc


§ 7.5. Biopotensiallar va ularni o’lchash


Download 2.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/116
Sana14.09.2023
Hajmi2.18 Mb.
#1678267
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
Bog'liq
BIOFIZIKA (1)

§ 7.5. Biopotensiallar va ularni o’lchash 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


137
Tirik organizm turli qismlari orasida mavjud bo’lgan potensialar farqi 
biopotensiallar deyiladi. Biopotensiallar hayvon va o’sim-liklarning hujayralarida, 
to’qimalarida va organizmlarida paydo bo’ladi. Ularning ba’zilari doimiy mavjud, 
ayrimlari tashqi ta’sirlar tufayli paydo bo’ladi. 
Elektr impulslari nerv, muskul to’qimalarining faoliyati vaqtida paydo bo’ladi 
va tirik organizmlarda kechadigan fiziologik va patologik jarayonlarni aks ettirishi 
mumkin. Bioelektrik hodisalarni o’rganish 1771 yilda L.Galvani tajribalaridan 
boshlandi.1838 yilda Matteuchi muskulning tashqi sirti musbat, ichki sirti manfiy 
zaryadga ega ekanligini aniqladi. Tinch holatdagi musqulning tashqi va ichki 
sirtlari orasidagi potensiallari esa muskulning qisqarishi, bezlar sekresiyasi, 
hujayralar-ning ta’sirlanishi paytida hosil bo’ladi. 
Biopotensiallar quyidagi turlarga bo’linadi: 
1. G’alayonlanmagan holatda bo’lgan hujayraning tashqi va ichki qismidagi 
potensiallar farqiga tinchlikdagi potensial deyiladi (7.7-rasm). 
2. Hujayraga tashqi ta’sir ko’rsatilganda u g’alayonlanadi. Bunda o’lchangan 
potensiallar farqi harakat potensiali deb ataladi (7.8-rasm). 
Δφ Δφ
x x 
 
7.7-rasm. Tinchlikdagi potensialni  
7.8-rasm. Harakat
o’lchash.
 
 
potensialini o’lchash
1875 yilda rus fiziologi V.Ya.Danilevskiy birinchi bo’lib bosh miyaning 
biopotensialarini aniqladi. Biopotensialarning hosil bo’lishi ancha murakkab 
masala bo’lib, hozirgacha uning to’liq nazariyasi yaratilmagan. Hozirgi vaqtda 
1952 yilda Xodjkin, Xaksli, Katslar taklif kilgan nazariya ko’p qo’llaniladi. 
Shu nazariya bilan qisqacha tanishamiz. 
Biror to’qimaning potensialini uning tarkibidagi hujayralar potensiallari 
yig’indisi deb qarash mumkin. U holda hujayra tirik orga-nizmning asosiy 
struktura elementigina emas, asosiy elektrik elementi hamdir. Hujayra va uni o’rab 
olgan hujayradan tashqaridagi biologik muhitni, tashqi muhitdan yarim 
o’tkazgichli hujayra membranasi bilan ajralgan murakkab tizim deb qarash 
mumkin. Hujayra ochiq termodinamik tizim bo’lib tashqi muhit bilan uzluksiz 
energiya, modda va informasiya almashinadi. Bu almashinuv membranalar orqali 
amalga oshiriladi. Membrana oddiy holda lipid qatlamidan iboratdir. Lipidlar 
qatoriga neytral yog’lar, efirlar kiradi. Hujayrada lipidlar, oqsil qatlamlari bilan 
o’rab olingan. Membrana lipid qatlamida diametri 0,7-0,8 nm li teshiklar mavjud 
bo’lib, ular orqali suv va boshqa mayda molekulalar o’tadi, katta molekulalar esa 
o’ta olmaydi. Teshiklar, elektr zaryadiga ega bo’lganligi uchun, hujayraga ma’lum 
ishorali ionlar o’tishiga imkon beradi va teskari ishorali ionlarning o’tishiga halaqit 
beradi. Ayniqsa ko’p valentli ionlar o’tishi qiyin bo’ladi, chunki ularning zaryadi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


138
katta bo’lgani uchun gidrat qatlami bilan qoplanadi va effektiv diametri oshadi. 
Turli ionlar o’tkazuvchanligi har xil bo’lgani uchun membrananing turli tomonida 
ba’zi bir ionlarning nosimmetrik tarqalishini biopotensiallar paydo bo’lishining 
asosiy sababi deb qarash kerak. Biopotensiallar paydo bo’lish mexanizmi bo’yicha 
kuyidagi turlari mavjud: 
1. Diffuz potensial 
ϕ

paydo bo’lishi uchun (7.10-rasm) turli konsentrasiyali 
va anionlar , kationlar harakatchanligi turlicha bo’lgan elektrolitlarning kontakti 
bo’lishi kerak (

+
>>
Cl
H
U
U
). Chegara sirti ikkala ion uchun bir xil 
o’tkazuvchanlikka ega. H
+
va Cl ionlar o’tishi kichik konsentrasiyalar tomoniga 
bo’ladi. 
7.9-rasm. Hujayrada biopotensial hosil bo’lish. 
Vodorod ionlarining kattaroq harakatchanligi tufayli chegaradan o’ng 
tomonda ularning kattaroq konsentrasiyasi paydo bo’ladi, 
ϕα

potensiallar farqi 
hosil bo’ladi.
Cl


Download 2.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling